Dotsetaksel analoglari


Guruh analoglari
Dotsetaksel
Sut bezining raki
Dotsetaksel-Naprod doksorubitsin va siklofosfamid bilan majmuada limfa tugunlarini shikastlanishi bilan kechuvchi operatsiya qilsa bo'ladigan sut bezi raki bo'lgan bemorlarni ad'yuvant davolash uchun qo'llanadi.
Dotsetaksel-Naprod doksorubitsin bilan majmuada sut bezining mahalliy-tarqalgan yoki metastatik raki bo'lgan, ilgari bu holati bo'yicha sitotoksik ximioterapiya olmagan bemorlarni davolash uchun qo'llanadi.
Dotsetaksel-Naprod monoterapiya ko'rinishida sut bezining mahalliy-tarqalgan yoki metastatik raki bo'lgan bemorlarni, antratsiklinlar yoki alkillovchi preparatlarni o'z ichiga olgan oldingi sitotoksik ximioterapiya samarali bo'lmagan hollarda davolash uchun qo'llanadi.
Dotsetaksel-Naprod trastuzumab bilan majmuada metastazlar yuzasidan ilgari kimyoterapiya olmagan, HER โ 2 onkogeni ekspressiyasi yuqori bo'lgan sut bezining metastatik raki bilan xastalangan bemorlarni davolash uchun qo'llanadi.
Dotsetaksel-Naprod kapetsitabin bilan majmuada sut bezining mahalliy-tarqalgan yoki metastatik raki bo'lgan bemorlarni, antratsiklinlarni o'z ichiga olgan oldingi sitotoksik ximioterapiya samarali bo'lmagan hollarda davolash uchun qo'llanadi.
O'pkaning mayda hujayrali bo'lmagan raki
Dotsetaksel-Naprod o'pkaning mahalliy-tarqalgan yoki metastatik mayda hujayrali bo'lmagan raki bo'lgan bemorlarni, oldingi ximioterapiya samarali bo'lmagan hollarda davolash uchun qo'llanadi.
Dotsetaksel-Naprod sisplatin bilan majmuada o'pkaning rezektsiya qilib bo'lmaydigan, mahalliy-tarqalgan yoki metastatik mayda hujayrali bo'lmagan raki bo'lgan, bu holati bo'yicha ilgari ximioterapiya olmagan bemorlarni davolash uchun qo'llanadi.
Prostata bezining raki
Dotsetaksel-Naprod prednizon yoki prednizolon bilan majmuada prostata bezining gormon-refrakter metastatik raki bo'lgan bemorlarni davolash uchun qo'llanadi.
Me'da adenokartsinomasi
Dotsetaksel-Naprod sisplatin va 5-ftoruratsil bilan majmuada me'daning metastatik adenokartsinomasi, shu jumladan gastroezofagal birikmaning adenokartsinomasi bo'lgan, ilgari metastazlar bo'yicha ximioterapiya olmagan bemorlarni davolash uchun qo'llanadi.
Bosh va bo'yin raki
Dotsetaksel-Naprod sisplatin va 5-ftoruratsil bilan majmuada bosh va bo'yinning mahalliy-tarqalgan yassi hujayrali kartsinomasi bo'lgan bemorlarni induktsion davolash uchun qo'llanadi.
Retseptli
- Kosentrat
Avitsel
Retseptli
- Kosentrat
Taksoter
Retseptli
- Kosentrat















