Ташкент
logo
SavatKirish

Emoksi-optik

Emoksi-optik chiqarish shakllari

EMOKSI — OPTIK ko'z tomchilari 5ml 1%
EMOKSI — OPTIK ko'z tomchilari 5ml 1%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez, OAO
EMOKSI — OPTIK ko'z tomchilari 10ml 1%
EMOKSI — OPTIK ko'z tomchilari 10ml 1%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez, OAO
- Emoksi-optik qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Emoksi-optikning tarkibi
- Emoksi-optik ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Emoksi-optik narxi Toshkent dorixonalarida

Emoksi-optik qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

EMOKSI-OPTIK

preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Qayd etish raqami: PN 002264/01

Preparatning savdo nomi: EMOKSI-OPTIK

Guruhlangan nomi: metiletilpiridinol

Kimyoviy nomi: 3-oksi-6-metil-2-etilpiridin gidroxloridi

Dori shakli: ko‘z tomchilari.

Tarkibi:

1 ml eritma saqlaydi:

Faol modda: metiletilpiridinol gidroxloridi – 10 mg;

Yordamchi moddalar: natriy sulfiti, natriy benzoati, kaliy digidrofosfati, natriy gidrofosfat dodekagidrati, metilsellyuloza, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: Rangsiz yoki kuchsiz bo‘yalgan biroz tovlanuvchi suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: antioksidant vosita.

ATX kodi: S05SX.

Farmakologik ta‘siri

Antioksidant (xujayra membranalari lipidlarining perekisli oksidlanishiga to‘sqinlik qiluvchi dori vositasi), angioprotektor (tomirlarning chidamliligini oshiruvchi), antiagregasion (trombositlarning yopishishiga to‘sqinlik qiluvchi) va antigipoksik (to‘qimalarni kislorodning yetishmovchiligiga chidamliligini oshiruvchi) faollikka ega.

Kapilyarlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi va tomirlar devorini mustahkamlaydi (angioprotektor). Qonning qovushqoqligini va trombositlarning agregasiyasini kamaytiradi (antiagregant). Erkin radikalli jarayonlarning ingibitori, membranalarni mustahkamlovchi ta‘sirga ega.

Retinoprotektor xususiyatlarga ega, to‘r parda va ko‘zning boshqa to‘qimalarni yuqori jadallikdagi yorug‘likning shikastlovchi ta‘siridan himoya qiladi. Ko‘z ichki qon quyilishlarining so‘rilishiga yordam beradi, qonning ivuvchanligini pasaytiradi, ko‘zning mikrosirkulyasiyasini yaxshilaydi. Shox pardadagi reparativ jarayonlarini (shu jumladan erta operasiyadan keyingi va jarohatdan keyingi davrda) rag‘batlantiradi.

Farmakokinetikasi

A‘zolar va to‘qimalarga tez kiradi, u yerda uning to‘planishi va metabolizmi yuz beradi.

Ko‘z to‘qimalaridagi konsentrasiyasi qondagiga qaraganda yuqori.

Almashinuvining dealkillangan va kon‘yugasiyalangan mahsulotlari bo‘lgan 5 metaboliti aniqlangan. Metabolitlari buyraklar orqali chiqariladi. 2-etil-6-metil-3-oksipiridin-fosfat ahamiyatli miqdori jigarda aniqlanadi.

Qo‘llanilishi

Kattalarda quyidagi kasalliklarda va holatlarda qo‘llanadi:

  • ko‘zning old kamerasiga qon quyilishi (davolash);
  • keksa yoshdagi shaxslarda skleraga qon quyilishi (davolash va oldini olish);
  • shox pardaning yallig‘lanishi va kuyishlari (davolash va oldini olish);
  • uzoqni ko‘raolmaslikdagi asoratlar (davolash);
  • shox pardani himoya qilish (kontakt linzalar taqqanda).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik. Laktasiya davri (emizish), 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat kon‘yunktiva bo‘shlig‘iga 1-2 tomchidan kuniga 2-3 marta tomiziladi. Davolash kursi 3-30 kun. Zarurati bo‘lganida va yaxshi o‘zlashtirilganida davolash kursi 6 oygacha davom ettirilishi va 1 yilda 2-3 marta takrorlanishi mumkin.

Nojo‘ya ta‘siri

Achishishni his qilish, qichishish, kon‘yunktivani qisqa muddatli giperemiyasi, kam – mahalliy allergik reaksiyalar.

Dozani oshirib yuborilishi. Aniqlanmagan.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri.

Preparatni boshqa dori vositalar bilan aralashtirish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Boshqa ko‘z tomchilarini bir vaqtda qo‘llashning zarurati bo‘lganida preparatni oxirgi bo‘lib, avvalgi tomchilar to‘liq so‘rilganidan keyin (kamida 10-15 minutdan keyin) tomiziladi.

Chiqarilish shakli

Ko‘z tomchilari 1%.

5 yoki 10 ml dan rangsiz shisha flakonlarda.

5 ml yoki 10 ml dan uchlik-dozator va plastik buraluvchi qopqoqchali flakonlarda.

1 plastik flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

1 shisha flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va qopqoq-tomchilagich bilan birga yoki qopqoq-tomchilatgichsiz karton qutiga joylanadi.

Yaroqlilik muddati

2 yil. Flakon ochilganidan keyin 1 oy davomida ishlatilsin.

Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.

Saqlash sharoiti

B ro‘yxati. Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Emoksi-optik savollari

Emoksi-optik fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil