ESZOL
ESZOL chiqarilish shakllari

ESZOL qo'llanmasi
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ESZOL ®
ESZOL
Preparatning savdo nomi: Eszol ®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): itrakonazol
Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
Qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 100 mg itrakonazol;
yordamchi moddalar: qandli pelletlar, gidroksipropilmetilsellyuloza, laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmellozasi, K30 povidon, quyi almashingan gidroksipropilsellyuloza, natriy kraxmalglikolyati (A tipi), suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, pushti Opadry II 85G54039 qobig‘i.
Ta‘rifi: pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, har bir tabletkaning bir tomonida «ITR 100» o‘yma yozuvi bo‘lgan, kapsulasimon shakldagi tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: tizimli qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi preparatlar.
ATX kodi: J02AC02.
Farmakologik xususiyatlari
Farmokodinamikasi
Itrakonazol – keng ta‘sir diorasiga ega bo‘lgan triazol qatori preparati hisoblanadi.
In vitro sharoitdagi tadqiqotlarda itrakonazol zamburug‘lar hujayralarida ergosterol sintezini izdan chiqarishi namoyish etilgan. Ergosterol zamburug‘lar hujayra membranasining hayotiy muhim komponenti bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli bu moddani ishlab chiqarilishini buzilishi zamburug‘larga qarshi ta‘sirga olib keladi.
Itrakonazol uchun sezuvchanlikning nazorat nuqtalari faqat yuzaki mikozlarda ajratib olingan Candida zamburug‘lari shtammlari uchun aniqlangan (CLSI M27-A2 usuli bo‘yicha, EUCAST mezonlari bo‘yicha baholash o‘tkazilmagan). Undan keyin CLSI mezonlari bo‘yicha mikroorganizmlar sezgirligining nazorat nuqtalari belgilangan: sezgir ≤ 0,125; sezuvchan, sezgirlik 0,25–0,5 dozaga bog‘liq va rezistentligi ≥ 1 mkg/ml bo‘ladi. Miselial zamburug‘lar uchun interpretasiya qilinadigan nazorat nuqtalari aniqlanmagan.
In vitro sharoitdagi tadqiqotlarda itrakonazol odatda ≤ 1 mkg/ml konsentrasiyalarda odam uchun patogen bo‘lgan keng doiradagi zamburug‘larning o‘sishini ingibisiya qilishi namoyish etilgan. Ular orasida: dermatofitlar (Trichophyton spp., Microsporum spp., Epidermophyton floccosum); achitqilar (Candida spp., shu jumladan C. albicans, C. tropicalis, C. parapsilosis va C. krusei, Cryptococcus neoformans, Malassezia spp., Trichosporon spp., Geotrichum spp); Aspergillus spp.; Histoplasma spp., shu jumladan H. capsulatum; Paracoccidioides brasiliensis; Sporothrix schenckii; Fonsecaea spp.; Cladosporium spp.; Blastomyces dermatitidis; Coccidiodes immitis; Pseudallescheria boydii; Penicillium marneffei; va achitqi hamda zamburug‘larning boshqa turlari bor.
Candida krusei, Candida glabrata va Candida tropicalis odatda turli Candida shtammlaridan itrakonazolga nisbatan eng kam sezgirlik bilan tavsiflanadi, ularning ayrim izolyatlari in vitro sharoitlarida itrakonazolga nisbatan turli darajadagi rezistentlikni namoyon qiladi.
Itrakonazol bilan ingibisiya qilinmaydigan zamburug‘larning asosiy turlariga zigomisetlarni (masalan, Rhizopus spp., Rhizomucor spp., Mucor spp. va Absidia spp.), Fusarium spp., Scedosporium proliferans va Scopulariopsis spp. ni kiritish mumkin.
Azol qatori zamburug‘larga qarshi preparatlarga rezistentlik sekin rivojlanadi, ko‘pincha bir nechta genetik mutasiyalar oqibati bo‘lib hisoblanadi. Rivojlanishning aniqlangan mexanizmlari preparatni nishonga o‘xshashligini pasaytirishga va/yoki tarqatuvchining yuqori darajada haddan ortiq sinteziga olib keladigan 14α-demetilaza maqsadli fermentini kodlovchi ERG11 genini haddan ortiq sintezini, ERG11 genining nuqtali mutasiyalarini ichiga oladi, bu esa efflyuksning oshishiga olib keladi. Candida spp. uchun, garchi sinfning bitta vakiliga rezistentlikning mavjudligi boshqa preparatlarga rezistentlikni bildirmasa ham, azol qatori preparatlari ayrim vakillari orasida kesishgan rezistentlik aniqlangan. Itrakonazolga rezistent bo‘lgan Aspergillus fumigatus shtammlari haqida xabar berilgan.
Farmakokinetikasi
Itrakonazolning plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga peroral qabul qilinganidan keyin 2–5 soat davomida erishiladi. Proporsional bo‘lmagan farmakokinetikasi oqibatida itrakonazol ko‘p marta qabul qilinganida qon plazmasida to‘planib boradi. Itrakonazolning muvozanat konsentrasiyasiga, odatda, taxminan 15 kun davomida erishiladi, bunda itrakonazolning maksimal konsentrasiyasi (Cmax) ko‘rsatkichlari kuniga 1 marta 100 mg, kuniga 1 marta 200 mg va kuniga 2 marta 200 mg dan qabul qilinganda muvofiq ravishda 0,5 mkg/ml, 1,1 mkg/ml va 2,0 mkg/ml ga teng bo‘ladi. Yarim chiqarilishining yakuniy davri odatda bir marta qabul qilinganida 16–28 soatni, ko‘p marta qabul qilinganida 34–42 soatni tashkil etadi. Qon plazmasida itrakonazol konsentrasiyasi davolash to‘xtatilganidan keyin buyurilgan dozaga va davolash davomiyligiga bog‘liq ravishda 7–14 kun davomida deyarli aniqlanmaydigan ko‘rsatkichgacha pasayadi. Itrakonazolning umumiy klirensi vena ichiga yuborilganidan keyin minutiga 278 ml ni tashkil etadi. Itrakonazol klirensi uning jigarda metabolizmga uchrashi yo‘llari to‘yinishi munosabati bilan ancha yuqori dozalarda kamayadi.
So‘rilishi
Itrakonazol ichga qabul qilinganidan keyin tez so‘riladi. Qon plazmasida o‘zgarmagan itrakonazolning maksimal konsentrasiyasiga ichga qabul qilinganidan keyin 2–5 soat davomida erishiladi. Itrakonazolning mutloq biokiraolishligi preparat qabul qilinganida taxminan 55% ni tashkil etadi. Tabletkalar peroral yuborilganida biokiraolishligining maksimal darajasiga to‘yib ovqatlangandan keyin erishiladi.
Eszol® preparatining so‘rilishi me‘da shirasining kislotaliligi, masalan, me‘dada xlorid kislotasi sekresiyasini susaytiruvchi preparatlarni (H2-gistamin reseptorlari antagonistlari, proton pompasi ingibitorlari kabi preparatlarni) qabul qilish fonida pasaygan pasientlarda yoki turli kasalliklar fonida axlorgidriyali pasientlarda past bo‘ladi («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang). Bunday pasientlarda Eszol® tabletkalari preparatini nordon ichimliklar (noparhez kola kabi) bilan bir vaqtda qabul qilinganida och qoringa itrakonazolning so‘rilishi oshadi. H2-gistamin reseptorlari antagonisti bo‘lgan ranitidinni dastlab qabul qilinganidan keyin Eszol® tabletkalari preparati 200 mg dozada bir marta och qoringa noparhez kola bilan bir vaqtda qabul qilinganida itrakonazolning so‘rilishi faqat Eszol® tabletkalari preparatining o‘zi qabul qilinganida uning so‘rilishi bilan bir xil darjada bo‘lgan («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).
Itrakonazol tabletkalar ko‘rinishida qabul qilinganida itrakonazolning ekspozisiyasi aynan shu dozani ichga qabul qilish uchun eritma ko‘rinishida qabul qilinganidagi itrakonazolning ekspozisiyasiga nisbatan past bo‘lgan («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).
Taqsimlanishi
Plazmada itrakonazolning katta qismi oqsillar bilan (99,8%), asosan albumin bilan (gidroksiitrakonazol uchun 99,6%) bog‘lanadi. Shuningdek itrakonazolni lipidlarga yaqinligi qayd etilgan. Plazmada itrakonazolning faqat 0,2% bog‘lanmagan ko‘rinishda bo‘ladi. Taxminiy taqsimlanish hajmi > 700 l, bu uning to‘qimalarda sezilarli ravishda keng tarqalganidan dalolat beradi: qon plazmasidagi tegishli konsentrasiyalariga qaraganda o‘pka, buyraklar, jigar, suyaklar, me‘da, taloq va mushaklardagi konsentrasiyalari ikki–uch marta yuqori bo‘ladi, bunda keratinni saqlaydigan to‘qimalarda, ayniqsa terida preparatning konsentrasiyasi qon plazmasidagi konsentrasiyasidan taxminan 4 marta yuqori bo‘ladi. Orqa miya suyuqligidagi konsentrasiyasi qon plazmasidagiga nisbatan sezilarli darajada past bo‘ladi, ammo shunga qaramay, orqa miya suyuqlikda mavjud bo‘lgan infeksiyalarning qo‘zg‘atuvchilariga qarshi itrakonazolning samaradorligi namoyon bo‘lgan.
Metabolizmi
Itrakonazol ko‘p sonli metabolitlarni hosil qilib, jigarda jadal metabolizmga uchraydi. Itrakonazol eng avvalo SYP3A4 izofermenti ishtirokida metabolizmga uchrashi in vitro sharoitdagi tadqiqotlarda namoyish etilgan. Gidroksiitrakonazol asosiy metaboliti bo‘lib, u in vitro sharoitda itrakonazol ta‘siri bilan bir xil zamburug‘larga qarshi ta‘sirga ega. Plazmada mazkur metabolitning konsentrasiyalari itrakonazolning tegishli konsentrasiyalariga qaraganda ikki marta yuqori bo‘ladi.
Chiqarilishi
Itrakonazol ichga qabul qilish uchun eritma qabul qilinganidan keyin bir hafta davomida ko‘proq faol bo‘lmagan metabolitlari ko‘rinishida siydik bilan (35%) va axlat bilan (54%) chiqariladi. Itrakonazol va uning faol metaboliti bo‘lgan gidroksiitrakonazolning buyrak ekskresiyasi vena ichiga yuborilgan preparat dozasidan 1% dan kamroqni tashkil etadi. Radiofaol izotop bilan nishonlangan dozani ichga yuborilishi natijalariga asoslangan holda o‘zgarmagan itrakonazolning axlat bilan chiqarilishi qabul qilingan dozadan 3% dan 18% gacha oralig‘ida o‘zgarib turadi.
Qo‘llanilishi
Itrakonazolga sezgir patogenlar chaqiradigan mikozlar: vulvovaginal kandidamikoz; dermatologiya va oftalmologiyada mikoz kasalliklari: dermatomikoz, kepaksimon temiratki, kelib chiqishi zamburug‘li bo‘lgan keratit, og‘iz bo‘shlig‘ining kandidozli shikastlanishi; dermatofitlar va/yoki achitqilar chaqiradigan onixomikozlar; tizimli mikozlar: tizimli aspergillyozlar, kriptokokkozlar (shu jumladan kriptokokkli meningit): immun tizimi susaygan pasientlar va markaziy nerv tizimi kriptokokkli shikastlangan barcha pasientlar. Eszol® preparatidan faqat zamburug‘larga qarshi boshqa preparatlar bilan davolash samara bermagan hollardagina foydalaniladi; gistoplazmoz, sporotrixoz, parakoksidioidoz, blastomikoz va boshqa kam uchraydigan zamburug‘li zararlanishlar, shuningdek tropik mikozda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Eszol® ichga qabul qilinadi. Optimal so‘rilishi uchun Eszol® tabletkalarini ovqatlangandan keyin darhol qabul qilish zarur.
Tabletkalarni butunligicha yutish lozim.
Tabletkalarni chaynamasdan yutish lozim.
Kattalar uchun har bir ko‘rsatmaga muvofiq davolash sxemasi quyida taqdim etilgan:
| Ko‘rsatma | Dozalari | Izoh |
| Vulvovaginal kandidoz | 1 kun davomida kuniga ikki marta 200 mg dan | |
| Kepaklanuvchi temiratki | 7 kun davomida kuniga bir marta 200 mg dan | |
| Silliq teri dermatomikozi,
chov dermatomikozi |
15 kun davomida kuniga bir marta 100 mg dan yoki 7 kun davomida kuniga bir marta 200 mg dan | |
| Oyoq kafti, qo‘l panjasining zamburug‘li kasalligi | 30 kun davomida kuniga bir marta 100 mg dan | |
| Orofaringeal kandidoz | 15 kun davomida kuniga bir marta 100 mg dan | OITS ga chalingan bemorlar yoki neytropeniyali pasientlar uchun ularda so‘rilishning buzilishi tufayli, dozani 15 kun davomida kuniga bir marta 200 mg gacha oshiriladi |
| Onixomikoz
(Oyoq kafti barmoqlarining tirnoqlari qo‘ldagi tirnoqlarni qamrab olgan yoki qamrab olmagan holda) |
3 oy davomida kuniga bir marta 200 mg dan |
Optimal klinik va mikologik samaralarga teri infeksiyalari, vulvovaginal va og‘iz-bo‘g‘iz infeksiyalarini davolash kursi yakunlanganidan keyin 1–4 hafta o‘tgach hamda tirnoq plastinalari infeksiyalarini davolash kursi yakunlanganidan keyin 6–9 oy o‘tgach erishiladi. Ushbu holat itrakonazol qon plazmasiga nisbatan teri, tirnoqlar va shilliq qavatlardan sekinroq chiqarilishi bilan izohlanadi.
Tizimli zamburug‘li infeksiyalarni davolash kursi davomiyligi klinik va mikologik samaralar bilan aniqlanishi kerak:
| Ko‘rsatma | Dozalari1 | Izoh |
| Aspergillyoz | sutkada 1 marta 200 mg | Invaziv yoki tarqalgan kasallik holatida dozani sutkada 2 marta
200 mg gacha oshirish |
| Kandidoz | sutkada 1 marta 100–200 mg | Invaziv yoki tarqalgan kasallik holatida dozani sutkada 2 marta
200 mg gacha oshirish |
| Kriptokokkoz
(meningit belgilarisiz) |
sutkada 1 marta 200 mg | |
| Kriptokokkli meningit | sutkada 2 marta 200 mg | «Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang |
| Gistoplazmoz | sutkada 1 marta 200 mg dan
sutkada 2 marta 200 mg gacha |
|
| OITS da qo‘llab-quvvatlovchi davolash | sutkada 1 marta 200 mg | So‘rilishni
nazorat qilish |
| Neytropeniyani
oldini olish |
sutkada 1 marta 200 mg | So‘rilishni
nazorat qilish |
1 Davolash davomiyligiga klinik samaralarga qarab tuzatish kiritish kerak.
OITS va neytropeniyali bemorlarda so‘rilishini buzilishi qonda itrakonazolning past konsentrasiyalariga va past samaradorlikka olib kelishi mumkin. Bunday hollarda qonda preparat darajasi monitoringini o‘tkazish va zarurat bo‘lganida dozani kuniga ikki marta 200 mg gacha oshirish tavsiya etiladi.
Pasientlarning alohida guruhlari
Bolalar
Eszol® tabletkalarini bolalarda qo‘llanilishiga doir klinik ma‘lumotlar cheklangan. Eszol® tabletkalarini bolalarni davolash uchun qo‘llash tavsiya etilmaydi, davolashdan kutiladigan foyda potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Keksa yoshdagi pasientlar
Keksa yoshdagi pasientlarni davolash uchun preparat dozasi tanlanganida jigar, buyrak va yurak funksiyasini pasayishini, shuningdek yondosh kasalliklarning mavjudligi yoki boshqa dori vositalarining qabul qilinishini inobatga olish tavsiya etiladi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanilishi
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda itrakonazolning peroral dori shakllarini qo‘llashga oid ma‘lumotlar cheklangan. Itrakonazolning ekspozisiyasi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan ayrim pasientlarda pasaygan bo‘lishi mumkin. Preparatni pasientlarning mazkur toifasiga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim, ayrim hollarda dori preparati dozasini o‘zgartirish talab qilinishi mumkin.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanilishi
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda itrakonazolning peroral dori shakllarini qo‘llashga oid ma‘lumotlar cheklangan. Preparatni pasientlarning mazkur toifasiga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya reaksiyalar a‘zolar tizimining har biriga nisbatan uchrash tez-tezligiga bog‘liq holda quyidagi tasnifdan foydalangan holda tasniflangan: juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha); tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha); kam hollarda (1/10000 dan < 1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000).
| Noxush reaksiyalar | |
| Infeksion va parazitar kasalliklar: | |
| Tez-tez emas | rinit, sinusit, yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari |
| Qon yaratish va limfatik tizim tomonidan buzilishlar | |
| Kam hollarda | leykopeniya |
| Immun tizimi tomonidan buzilishlar | |
| Tez-tez emas | yuqori sezuvchanlik* |
| Kam hollarda | zardob kasalligi, angionevrotik shish, anafilaktik reaksiya |
| Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar | |
| Kam hollarda | gipertrigliseridemiya |
| Nerv tizimi tomonidan buzilishlar | |
| Tez-tez | bosh og‘rig‘i |
| Kam hollarda | gipesteziya, paresteziya, disgevziya |
| Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar | |
| Kam hollarda | ko‘rishni buzilishi (shu jumladan diplopiya va ko‘rishni xiralashishi) |
| Eshitish a‘zolari tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari | |
| Kam hollarda | eshitishni vaqtincha yoki doimiy yo‘qotilishi*, quloqlarda jaranglash |
| Yurak tomonidan buzilishlar | |
| Kam hollarda | dimlangan yurak yetishmovchiligi* |
| Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar | |
| Kam hollarda | hansirash |
| Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar | |
| Tez-tez | qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi |
| Tez-tez emas | dispepsiya, qabziyat, meteorizm, diareya, qusish |
| Kam hollarda | pankreatit |
| Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar | |
| Tez-tez emas | jigar funksiyasini buzilishi |
| Kam hollarda | og‘ir gepatotoksiklik (shu jumladan o‘lim bilan yakunlanadigan o‘tkir jigar yetishmovchiligi hollari)*, giperbilirubinemiya |
| Teri qoplamalari va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar | |
| Tez-tez emas | toshma, qichishish, eshakemi |
| Kam hollarda | toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, o‘tkir tarqalgan ekzantematoz pustulyoz, ko‘p shaklli eritema, eksfoliativ dermatit, leykositoplastik vaskulit, alopesiya, yorug‘likka sezuvchanlik |
| Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar | |
| Kam hollarda | pollakiuriya |
| Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan buzilishlar | |
| Tez-tez emas | hayz siklining buzilishi |
| Kam hollarda | erektil disfunksiya |
| Umumiy xarakterdagi asoratlar va yuborish joyidagi reaksiyalar | |
| Kam hollarda | shish |
| Laboratoriya va instrumental tekshiruvlar natijalari | |
| Kam hollarda | Qonda kreatinfosfokinazaning oshishi |
*«Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Itrakonazolga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
CYP3A4 izofermenti substratlari prepatlarini Eszol® tabletkalari bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas. Itrakonazol bilan bir vaqtda qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ushbu preparatlardan ayrimlarining konsentrasiyalarini oshishi terapevtik samaralarini ham, nojo‘ya samaralarini ham shunday darajagacha kuchaytirishi yoki uzaytirishi mumkinki, bu potensial jiddiy vaziyatga olib kelishi mumkin. Qon plazmasida ushbu preparatlardan ayrimlarining konsentrasiyalarini oshishi QT intervalini uzayishiga va yurak qorinchalari taxiaritmiyasiga, shu jumladan «piruet» tipidagi yurak qorinchalari taxikardiyasi xurujlariga, hayot uchun potensial xavfli aritmiyaga olib kelishi mumkin. Aniq misollar «Dorilarning o‘zaro ta‘siri» bo‘limida keltirilgan.
Eszol® tabletkalari dimlangan yurak yetishmovchiligi yoki anamnezda dimlangan yurak yetishmovchiligi kabi yurak qorinchalari disfunksiyasi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas, hayot uchun xavf soluvchi infeksiyalar yoki boshqa og‘ir infeksiyalarni davolash bundan mustasno («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).
Eszol® tabletkalarini homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas, hayot uchun xavf soluvchi holatlar bundan mustasno («Homiladorlik va emizish» bo‘limiga qarang).
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Itrakonazol ko‘proq CYP3A4 izofermenti bilan metabolizmga uchraydi. Mazkur izoferment ishtirokida shuningdek metabolizmga uchraydigan yoki uning faolligini o‘zgartiradigan boshqa substansiyalar itrakonazol farmakokinetikasiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Itrakonazol mazkur izoferment ishtirokida shuningdek metabolizmga uchraydigan dori vositalari farmakokinetikasiga shunga o‘xshash tarzda ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Itrakonazol CYP3A4 izofermenti va P-glikoproteinning kuchli ingibitorlariga taalluqlidir. Itrakonazolni boshqa dori vositalari bilan birga qo‘llanilganida preparatning metabolizmga uchrashi usulini aniqlash va uning dozasini o‘zgartirish zarurati haqidagi masalani hal qilish lozim.
Qon plazmasida itrakonazol konsentrasiyasini pasaytirishi mumkin bo‘lgan dori preparatlari
Me‘da shirasi kislotaligini pasaytiruvchi dori preparatlari (masalan, alyuminiy gidroksidi kabi antasid vositalari yoki H2-gistamin reseptorlari antagonistlari va proton pompasi ingibitorlari kabi xlorid kislotasi sekresiyasini susaytiruvchi vositalar) Eszol® tabletkalari preparatining so‘rilishini buzadi. Mazkur dori preparatlarini Eszol® tabletkalari preparati bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi.
Itrakonazolni me‘da shirasi kislotaligini pasaytiruvchi dori vositalari bilan birga qo‘llanilganida nordon (noparhez kola kabi) ichimliklar bilan qabul qilish tavsiya etiladi.
Xlorid kislotasini neytrallovchi dori preparatlarini (masalan, alyuminiy gidroksidini) Eszol® tabletkalari preparati qabul qilinishidan eng kamida 1 soat oldin yoki qabul qilinganidan keyin 2 soat o‘tgach qabul qilish tavsiya etiladi.
Dori vositalari birga qo‘llanilganida itrakonazolning zamburug‘larga qarshi faolligini nazorat qilish va zarurat yuzaga kelganida preparat dozasini oshirish tavsiya etiladi.
Itrakonazolni CYP3A4 izofermentining kuchli induktorlari bilan birga qo‘llanilishi itrakonazol va gidroksiitrakonazolning biokiraolishligini shunday darajagacha pasayishiga olib kelishi mumkinki, bunda dori vositasining samaradorligi sezilarli ravishda pasayib boradi. Quyidagi preparatlar bunga misol bo‘la oladi:
Antibakterial vositalar: izoniazid, rifabutin («Qon plazmasida itrakonazol konsentrasiyasi oshishini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan dori preparatlari» bo‘limiga qarang), rifampisin.
Tirishishga qarshi preparatlar: karbamazepin («Qon plazmasida itrakonazol konsentrasiyasi oshishini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan dori preparatlari» bo‘limiga qarang) fenobarbital, fenitoin.
Viruslarga qarshi preparatlar: efavirenz, nevirapin.
Shunday qilib, itrakonazolni CYP3A4 izofermentining kuchli induktorlari bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Itrakonazolni qabul qilish boshlanishiga qadar ikki hafta davomida va preparat bilan davolash vaqtida mazkur dori preparatlarini buyurishdan saqlanish tavsiya etiladi, kutiladigan foyda itrakonazol samaradorligi pasayishi bilan bog‘liq potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollar bundan mustasno. Dori vositalarini birga qabul qilinganida itrakonazolning zamburug‘larga qarshi faolligini nazorat qilish va zarurat yuzaga kelganida preparat dozasini oshirish tavsiya etiladi.
Qon plazmasida itrakonazol konsentrasiyasi oshishini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan dori preparatlari
Itrakonazol va CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilinishi itrakonazol biokiraolishligini oshishiga olib kelishi mumkin. CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlariga misollar:
Antibakterial preparatlar: siprofloksasin, klaritromisin, eritromisin.
Viruslarga qarshi vositalar: ritonavir bilan kuchaytirilgan darunavir, ritonavir bilan kuchaytirilgan fosamprenavir, indinavir («Itrakonazol bilan birgalikda qo‘llanilganida qon plazmasida konsentrasiyasi oshishi mumkin bo‘lgan dori vositalari» bo‘limiga qarang), ritonavir («Itrakonazol bilan birga qo‘llanilganida qon plazmasida konsentrasiyasi oshishi mumkin bo‘lgan dori vositalari» bo‘limiga qarang).
Mazkur dori preparatlarini Eszol® tabletkalari preparati bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi. Itrakonazolning farmakologik samaralari kuchayishi yoki uzayishi simptomlari va belgilarini o‘z vaqtida aniqlash uchun itrakonazolni CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarning holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish tavsiya etiladi, zarurati bo‘lganida itrakonazol dozasini pasaytirish mumkin. Imkon qadar qon plazmasida itrakonazol konsentrasiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Itrakonazol bilan birga qo‘llanilganida qon plazmasida konsentrasiyasi oshishi mumkin bo‘lgan dori vositalari
Itrakonazol va uning asosiy metaboliti bo‘lgan gidroksiitrakonazol CYP3A4 izofermenti bilan metabolizmga uchraydigan dori preaparatlarining metabolizmini buzishi va P-glikoprotein ta‘siri ostida preparatlarning tashilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Bu itrakonazol bilan birga qo‘llanilganida mazkur dori preparatlari va/yoki ularning faol metabolitlarining plazmadagi konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Plazmadagi konsentrasiyasining oshishi o‘z navbatida mazkur dori vositalarining terapevtik samaralarini ham, nozush samaralarini ham kuchayishini yoki uzayishini keltirib chiqarishi mumkin. Ma‘lumki, CYP3A4 izofermenti bilan metabolizmga uchraydigan dori preaparatlari QT intervalini uzayishiga olib kelishi mumkin, shu sababli ularni itrakonazol bilan birga qabul qilish ehtimol mumkin emas bo‘ladi, chunki bunday majmua yurak qorinchalari taxiaritmiyasiga, shu jumladan hayot uchun potensial xavfli aritmiyaga taalluqli bo‘lgan «piruet» tipidagi yurak qorinchalari taxikardiyasi hollariga olib kelishi mumkin. Davolash to‘xtatilganidan keyin itrakonazolning plazmadagi konsentrasiyasi preparat dozasi va davolash davomiyligiga bog‘liq holda 7 kundan 14 kungacha davomida deyarli aniqlab bo‘lmaydigan darajagacha pasayadi. Jigar sirrozi bo‘lgan pasientlarda yoki CYP3A4 izofermenti ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilayotgan shaxslarda preparat konsentrasiyasining pasayishi hatto ancha sekinroq kechadi. Bu metabolizmiga itrakonazol ta‘sir ko‘rsatadigan dori preparatlaridan foydalangan holda davolash o‘tkazishni boshlash vaqtida ayniqsa muhim bo‘lib hisoblanadi.
O‘zaro ta‘sirlashadigan dori vositalari quyidagi toifalarga bo‘linadi:
- «Qo‘llash mumkin bo‘lmagan dori preaparati»: mazkur dori preparatini itrakonazol bilan hech qanday holatda va itrakonazolni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin ikki hafta davomida qo‘llash mumkin emas.
- «Tavsiya etilmaydigan dori preparati»: mazkur dori vositasini itrakonazol bilan davolash vaqtida va itrakonazolni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin ikki hafta davomida qo‘llashdan saqlanish tavsiya etiladi, kutiladigan foyda davolash bilan bog‘liq potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollar bundan mustasno. Agar dori vositalarining mazkur majmuasidan foydalanishdan saqlanish imkoni bo‘lmasa, preparatlar ta‘sirlarining kuchayishi yoki uzayishi simptomlari va belgilarini yoki nojo‘ya samaralar rivojlanishini o‘z vaqtida aniqlash uchun pasient holatini kuzatib borish tavsiya etiladi, zarurat bo‘lganida davolashni to‘xtatib turish yoki dori vositalarining dozasini kamaytirish mumkin. Imkoniyat mavjud bo‘lganida preparatlarning plazmadagi k
ESZOL narxlari
ESZOL barcha rasmlari











