Apteka.uz
SavatKirish

FENOTEK

FENOTEK chiqarilish shakllari

FENOTEK kapsulalar  N20
Retseptli
FENOTEK kapsulalar N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Rusan Pharma LTD
•11 ta dorixonada bor
Narxi
29 000 so'm dan
- FENOTEK qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- FENOTEKning tarkibi
- FENOTEK ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- FENOTEK narxi Toshkent dorixonalarida

FENOTEK haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

-Preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
-Tanadagi temirning to‘planishi bilan kechadigan kasalliklar (aplastik gemolitik anemiya, talassemiya, gemosideroz, gemokromatoz).
-Temirning so‘rilishini buzish (sideroahrestik anemiya, qo‘rg‘oshin anemiyasi, pernitsioz anemiya (V12 vitamini yetishmovchiligi)
-Temir yetishmasligidan kelib chiqmagan anemiya.

Farmakodinamikasi

Preparat antianemik taʼsirini temir sulьfati va muvozanatlashtirilgan polivitamin majmuasi orqali namoyon qiladi.

Temir gemning struktur tarkibiy qismi boʼlib gemoglobin sintezida ishtirok etadi. Аskorbin kislotasi (vitamin S) uglevodlar almashinuvida muhim rolь oʼynaydi, oksidlanish-qaytaralish jarayonlarini regulyatsiya qilishda, temirni soʼrilishini yaxshilashda, temir va folat kislotasi metabolizmida ishtirok etadi, kapilyarlar oʼtkazuvchanligini meyorlashtiradi, kortikosteroidlar va kollagen sintezida ishtirok etadi. 

Tiamin mononitrati (vitamin V1) uglevod, oqsil va yogʼ almashinuvida muhim rolь oʼynaydi va miokardni qisqaruvchi funktsiyasini yaxshilanishiga olib keladi.

Riboflavin (vitamin V2) oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini muvofiqlashtirada, koʼrishni yaxshilaydi, ichak epiteliysida trofik buzilishlarini muvofiqlashtirish va meʼda va ichak faoliyatini meyorlashtirishga zamin yaratadi.

Piridoksin gidroxloridi (vitamin V6) koferment sifatida aminokislotalar va oqsillar metabolizmida, neyromediatorlar sintezida ishtirok etadi.

Pantotenat kislotasi (vitamin V5) va nikotinamid oksidlanish-qaytarilish jarayonlarda ishtirok etadi, turli toʼqima va aʼzolarda temir tanqisligi tufayli xujayra ichi uglevod va yogʼlar metabolizmining buzilishlarini yaxshilaydi.

V guruh vitaminlari temirni soʼrilishiga zamin yaratadi.

Farmakokinetikasi

Og‘iz orqali qabul qilinganidan keyin maksimal plazma konsentratsiyasiga 1-2 soatdan keyin erishiladi. Qonda temirning doimiy konsentratsiyasi 12 soat davomida saqlanadi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlar: nojo‘ya ta’sirlarning kuchayishi (ko‘ngil aynishi, ich qotishi yoki diareya, allergik reaksiyalar, bosh aylanishi).
Davolash: simptomatik.

Maxsus ko‘rsatmalari

Prepartni faqatgina organizmda temir tanqisligida buyuriladi (zardobdagi temir miqdorini, umumiy temir bogʼlovchi xususiyatini, zardob ferritinini kamayishi).
Temir tanqisligi anemiyasini davolashda qon zardobidagi gemoglobin va ferritin miqdorini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Preparatni akusher-ginekologik amaliyotida profilaktik va davolash choralari kompleksida, infektsion va parazitar patalogiyasi boʼlgan bemorlarni kompleks davolashda qoʼllanilishi mumkin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Antatsidlar va tetratsiklin antibiotiklari temirning so‘rilishini kamaytiradi, shuning uchun ularni birgalikda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Preparatning bir qismi bo‘lgan piridoksin levodopaning terapevtik samaradorligini pasaytiradi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Shifokor tavsiyasiga ko‘ra, kattalar kuniga 1-2 kapsuladan yoki ovqat paytida yoki undan keyin, ko‘p miqdorda ichimlik suvi bilan ichishlari kerak. Qo‘llash kursi shifokor tomonidan individual ravishda belgilanadi.
- Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalar: 1 kapsuladan kuniga 2 marta. Qo‘llash kursi: 3 oy.
-15 yoshgacha bo‘lgan bolalar - kuniga 1 kapsula. Qo‘llash kursi: 3 oy.
-Profilaktik maqsadlarda keksa bemorlarga kuniga 1 kapsuladan buyuriladi. Qo‘llash kursi: 1 oy
-Homilador ayollar kuniga 1 marta 1 kapsuladan ichishadi.
Qo‘llash kursi: homiladorlikning 14-haftasidan boshlab, 2 hafta davomida 1 haftalik tanaffuslar bilan tug‘ilishgacha.
-Emizish davrida kuniga 1 kapsuladan ichiladi. Qo‘llash kursi: 3-6 oy.
-Hayz ko‘rish davrida kuniga 1 kapsuladan ichiladi.
Qo‘llash kursi: hayz ko‘rish boshlanishidan 2 kun oldin, butun sikl davomida va uning tugaganidan keyin 2 kun. Qo‘llash muddati (shu jumladan hayz kunlari): 10 kundan ortiq yemas.
Kuchli jismoniy zo‘riqish, shuningdek, gipo- va avitaminoz holatlarda kuniga 1-2 kapsuladan foydalanish tavsiya etiladi. Qo‘llash kursi: 10 kun.
Kapsulalarni chaynamasdan oz miqdorda suv bilan oling.
Kapsulalarning tarkibini murabbo yoki asal bilan aralashtirib ham qabul qilish mumkin.
(Granulalarni chaynash, so‘rish yoki maydalash taqiqlanadi). Preparatni och qoringa, ovqatdan 30-40 daqiqa oldin qabul qilish tavsiya etiladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. FENOTEK preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

FENOTEK narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
CITY PHARM Kardiologiya 27
Mirzo Ulug'bek tumani, Osiyo ko'ch., 17 uy
24/7
29 000 so'm
Bron qilish
Europharm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
36 000 so'm
Buyurtma berish
Shafran №11
Olmazor tumani, Farobiy ko'ch., 3B uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
33 000 so'm
А5
Mirobod tumani,
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-02:00
36 000 so'm

FENOTEK haqida savollar

FENOTEK haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil