Apteka.uz
SavatKirish

Gelrem

Gelrem chiqarilish shakllari

GELREM kapsulalar  N20
GELREM kapsulalar N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy Group OT MChJ
GELREM kapsulalar  N10
GELREM kapsulalar N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy Group,SP,OOO Uzbeksko-Britanskoe dlya ZEUS PHARMA Ltd.Velikobritaniya
- Gelrem qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Gelremning tarkibi
- Gelrem ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Gelrem narxi Toshkent dorixonalarida

Gelrem haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GELREM®

GELREMUM

Preparatning savdo nomi: Gelrem®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): maydalangan qalampir munchoq g‘unchalari, tog‘dastarbosh gullari, tog‘dastarbosh gullari quruq ekstrakti, maydalangan achchiq ermon o‘ti, achchiq ermon o‘ti quruq ekstrakti, kalsiy stearati yoki magniy stearati.

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

maydalangan qalampirmunchoq g‘unchalari, tog‘dastarbosh gullari, tog‘dastarbosh gullari quruq ekstrakti, maydalangan achchiq ermon o‘ti, achchiq ermon o‘ti quruq ekstrakti, kalsiy stearati yoki magniy stearati.

Ta‘rifi: och-jigarrangdan to‘q jigarranggacha bo‘lgan o‘ziga hos qalampirmunchoq hidli, quruq ekstraktlar va maydalangan o‘simliklar aralashmasi bilan to‘ldirilgan, to‘q sariq rangli, “0” o‘lchamli, qattiq jelatinli kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Antigelmint vosita.

ATX kodi: R02

 

Farmakologik xususiyatlari

Dorivor o‘simliklarning quruq ekstrakti va kukunidan tashkil topgan preparat zaharliligi kam bo‘lgan modda bo‘lib, kuchli ifodalangan gijjalarga qarshi va o‘t haydovchi ta‘sirga ega. Gijjalarga qarshi ta‘siridan tashqari, me‘da-ichak yo‘llarining funksional holatini yaxshilaydi.

 

Qo‘llanilishi

Gijja invaziyalarida, hamda ularning yuqishi havfida, shuningdek me‘da-ichak yo‘llarining buzilgan faoliyatini me‘yorlashtirish uchun qo‘llanadi. Uni gepatit, enterokolit va gipoasid gastritda ham qo‘llash mumkin.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – askaridalarda, ostrisalarda 1-2 kapsuladan kuniga 2-3 marta, ovqatdan 30 minut oldin qo‘llanadi.

Gastrit va kolitlarda 1-2 kapsuladan kuniga 2-3 marta, ovqatdan 30 minut oldin qo‘llanadi.

Davolash kursi 1-2 hafta. Zarurati bo‘lsa, davolayotgan shifokor nazorati ostida 0.4 g li 2 kapsulani haftada bir marta, 2-3 oy davomida qo‘llash tavsiya etiladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Homiladorlik va laktasiya davri, erta bolalik yoshi va preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmain.

Chiqarilish shakli

Kapsulalar 0,4 g dan kontur uyali o‘ramda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Gelrem preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Gelrem haqida savollar

Gelrem haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil