Albendazol
Albendazol chiqarilish shakllari



Albendazol haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
Preparatning savdo nomi: Albendazol (Albendazole)
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): albendazol
Dori shakli: tabletka
Farmakoterapevtik guruhi: Gelmintlarga qarshi vosita.
ATX kodi: P02CA03
Chiqarilish shakli: 1 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. Kontur uyali o‘ramlar 1 (1×1), 2 (2x1), 5(5x1) yoki 10 (10x1) dan qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton pachkaga joylanadi.
Dorixonalardan berish tartibi: Resept bo‘yicha.
Qo‘llash ko‘rsatmalari
Albendazol quyidagi holatlarda buyuriladi:
– neyrosistiserkoz;
– qorin, jigar, o‘pka exinokokkozi;
– sistli exinakokkoz holatida operasiya qilinishiga moneliklar bo‘lganda;
– sistli exinakokkoz holatida sistlar miqdorini kamaytirish uchun jarrohlik aralashuvi zarur bo‘lganida;
– araxnoidal, me‘da ichidagi, rasemoz sistlar;
– askaridoz;
– trixonelez;
– enterobioz;
– ankilostomidoz;
– opistorxoz;
– lyamblioz;
– mikrosporidoz;
– toksokaroz;
– gnatostomoz;
– trixinoz;
– kapillyaroz;
– aralash gelmintozlar holatida buyuriladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Albendazol quyidagi hollarda buyurilmaydi:
– 2 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi gelmintozlar;
– albendazolga o‘ta sezuvchanlik;
– homiladorlik;
– laktasiya davri.
Ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi:
– sistiserkoz fonidagi ko‘z to‘r pardasi patologiyalarida;
– jigar sirrozida;
– ko‘mikda qon yaratilish susaygan holatda.
Homiladorlik: homilador, homilador deb gumon qilingan ayollarga Albendazolni buyurish mutlaq mumkin emas.
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: albendazol – 200,0 mg yoki 400,0 mg;
yordamchi moddalar: natriy kraxmal glikolyat, makkajo‘xori kraxmali, laktoza, mikrokristallik sellyuloza, saxarin, aspartam, povidon, suvsiz limon kislotasi, sariq sanset (Supra), aerosil, apelsinli aromatizator, vanilli aromatizator, tozalangan talk, magniy stearat.
Farmakokinetikasi
Albendazol tez va to'liq metabolizmga uchraydi, uning asosiy metaboliti - albendazol sulfoksidi tizimli qon oqimiga aniqlanadigan kontsentratsiyalarda tushadi. 400 mg bir martalik dozada qo'llanilganda preparatning yarim chiqarilish davri 8 dan 9 soatgacha. 400 mg bir martalik doza qabul qilingandan so'ng plazmadagi albendazol kontsentratsiyasi cho'qqisi 2 soatdan keyin kuzatiladi va 0,20-0,94 mkg/ml ni tashkil qiladi. Preparat qo'llanilgandan so'ng 24 soat ichida siydik bilan albendazol sulfoksidi ko'rinishida ekskretsiya qilinadi. Doza oshirilganda albendazol kontsentratsiyasi biroz oshadi. Albendazol va uning metabolitlari platsenta va gematoensefalik to'siq orqali o'tadi.
Farmakologik ta'siri
Preparat gelmintlarga qarshi faollikka ega. Albendazol β–tubulin polimerizasiyasiga ta‘sir qiladi, uni to‘xtatadi. Natijada, gelmintlar ichagida mikronaychalar hosil bo‘lish jarayoni buziladi, qurtlarning glyukozani hazm qilish qobiliyati bostiriladi, organellalarning hujayra ichidagi normal migrasiyasi, ularning mushak to‘qimalarida ATF sintezi bloklanadi. Albendazolning terapevtik konsentrasiyasi gelmintlarni halok qiladi.
Preparat jinsiy yetilgan va lichinka bosqichidagi gelmintlarga nisbatan faol. Albendazol nematodlarni (Necatoramericanus, Strongyloidesstercoralis, Enterobiusvermicularis, Trichuristrichiura, Ascarislumbricoides, Cutaneous Larva Migrans, Ancylostomaduodenale), sestodlarni (cho‘chqa, ho‘kiz sepenlari va mitti sepenlar), trematodlar (Clonorchissinensis, Opisthorchisviverrini), sodda jonivorlar (lyambliyalar) ni halok bo‘lishiga olib keladi.
Nojo'ya ta'sirlar
Albendazol qabul qilinganda quyidagi noxush samaralar kuzatilishi mumkin:
– leykopeniya;
– pansitopeniya;
– bosh og‘rig‘i;
– trombositopeniya;
– agranulositoz;
– dispepsiya;
– jigar transaminazalari faolligini oshishi;
– qorin og‘rig‘i;
– bosh aylanishi;
– meningial simptomatika;
– terini qichishishi;
– gipertermiya;
– eshakem;
– alopesiya (qaytuvchan);
– gipertenziya;
– buyrak funksiyasi buzilishi.
Bolalar uchun qo'llanilishi
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Albendazolni homilador ayollarga yoki homiladorlikka gumon qilingan ayollarga buyurmaslik kerak. Emizishda qo‘llash mumkin emas
Jigar faoliyati buzilganida
Jigar sirrozida qo‘llash mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi nojo‘ya ta‘sirlar kuchayishi bilan ifodalanadi.
Dori shaklining ta'rifi
Dozasi 200 mg. To‘q sariq rangli, ikki tomoni silliq dumaloq tabletkalar.
Dozasi 400 mg. Cho‘zinchoq, to‘q sariq rangli, bir tomoni sinish chiziqchali va ikkinchi tomoni silliq kapsula ko‘rinishidagi tabletkalar.
Maxsus ko‘rsatmalari
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Prazikvantel, deksametazon, simetidin albendazolning qondagi konsentrasiyasini oshiradi.
Saqlash sharoitlari
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati: 3 yil.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Ichga, ovqatdan keyin. Tabletkalar suv bilan ichiladi. Dozasi patologiyaga qarab belgilanadi. Albendazol qabul qilingandan so‘ng surgi vositasi kerak bo‘lmaydi.
| Patologiya | Dozalash sutkada | Kunlar soni |
| Odatiy gelmintozlar | 400 mg (bolalar – 60 mg/ 10 kg) | Bir marta |
| Bosh miya sistiserkozi | 800 mg (bolalar – 15 mg/kg) | 8-30 sutka |
| Strongiloidoz va sestodoz | 400 mg (200 mg) | 3 sutka, 3 haftadan keyin takrorlanadi |
| Askaridoz | 400 mg (200 mg) | Bir marta, 3 haftadan keyin takrorlanadi |
| Enterobioz | 400 mg (200 mg) | Bir marta, 3 haftadan keyin takrorlanadi |
| Ankilostomidoz | 400 mg (200 mg) | Bir marta, 3 haftadan keyin takrorlanadi |
| Lyamblioz | 400 mg (200 mg) | 3 sutka, 3 haftadan keyin takrorlanadi |
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)

















