Ташкент
logo
SavatKirish

Vermin

Vermin chiqarish shakllari

VERMIN tabletkalari 200mg N2
VERMIN tabletkalari 200mg N2
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy Group OT MChJ
•1 ta dorixonada bor
Narxi
24 500 so'm dan
- Vermin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Verminning tarkibi
- Vermin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Vermin narxi Toshkent dorixonalarida

Vermin qo'llanmasi

Ishlab chiqaruvchi
Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston
Nimaga qarshi
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VERMIN®

VERMIN®

Preparatning savdo nomi: Vermin®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): albendazol

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: albendazol.

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘hori kraxmali, magniy stearat, natriy kraxmal glikolyat, krospovidon, polivinilpirrolidon, natriy laurilsulfati.

qobig‘i: gidroksipropilmetilsellyuloza, titan dioksidi, talk, Sunset Yellow bo‘yovchisi.

Ta‘rifi:

200 mg tabletkalar: to‘q sariq rangli, dumaloq, ikkiyoqlama qavariq qobiq bilan qoplangan, o‘ziga hos hidli tabletkalar.

400 mg tabletkalar: oq yoki deyarli oq rangli, uzunchoq shaklli, bir tomonida riskasi bo‘lgan, ikkiyoqlama qavariq, qobiq bilan qoplangan, o‘ziga xos hidli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Antigelmint vosita.

ATX kodi:P02CA03

Farmakologik xususiyatlari

Gijjaga qarshi vosita, mono- va poliinvaziyalarda samarador. Beta-tubulinning polimerizasiyasini tanlab parchalaydi, gijjalarning ichak kanallari hujayralarini  mikrotubulyar tizimi faolligini buzadi; glyukozani utilizasiyasini bostiradi, ularning o‘limiga sabab bo‘luvchi, sekretor granulalar va dumaloq chuvalchanglarning mushak hujayralaridagi boshqa organellalarini harakatlanishini ularni halok bo‘lishi bilan bog‘liq holda bloklaydi. Ayniqsa, sestodlarning lichinkali shakllariga nisbatan faol – Echinococcus granulosus va Taenia solium, nematodlarning  – Strongyloides stercolatis.

 

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan so‘ng, albendazol me‘da-ichak yo‘llaridan yomon so‘riladi, plazmada o‘zgarmagan holda aniqlanmaydi, chunki jigarda gijjaga qarshi faollikka ega bo‘lgan, birlamchi metabolit- albendazol sulfoksidga tezda aylanadi.

Kiraolishligi past. Yog‘li ovqatni qabul qilish albendazolning maksimal konsentrasiyasi (Cmax) ni va so‘rilishini 5 martaga oshiradi. Albendazol sulfoksidining Cmax ga erishish vaqti 2-5 soatni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan 70% bog‘lanadi.

A‘zolar bo‘yicha deyarli to‘liq tarqaladi: siydikda, o‘t-safroda, jigarda, kista devori va kista suyuqligida, orqa miya suyuqligida aniqlanadi. Gijjalar sistalarining devori va suyuqligiga o‘tadi. Albendazol sulfoksidi albendazol sulfoniga (ikkilamchi metabolit) va boshqa oksidlangan mahsulotlarga metabollanadi. Albendazol sulfoksidining yarim chiqarilish davri (T1/2) – 8-12 soatni tashkil etadi.

Faol metabolit albendazol sulfoksidi ko‘rinishida o‘t-safro bilan ichaklar orqali chiqariladi, uning katta bo‘lmagan qismigina siydik bilan chiqariladi. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda klirensi o‘zgarmaydi. Jigarni zararlanishida kiraolishligi oshadi, bunda albendazol sulfoksidining Cmax 2 marta oshadi, T1/2 esa uzayadi. Albendazol mikrosomal fermentlari sitoxrom R-450 (IA) tizimining induktori hisoblanadi; ko‘pgina dori preparatlarining metabolizmini tezlashtiradi.

Qo‘llanilishi

Preparat  gijja invaziyalarida, shu jumladan nematodozlarda qo‘llanadi:

  • cho‘chqa solityorining lichinkalik shakli (Taenia solium) chaqirgan neyrosistiserkoz; it tasmasimon chuvalchangining lichinkalik shakli (Echinococcus granulosus) chaqirgan jigar, o‘pkalar, qorinpardaning exinokokkozi; exonokokkoz kistalarining jarrohlik davolanishida yordamchi vosita sifatida;
  • askaridoz;
  • trixosefalez;
  • ankilostomidoz;
  • enterobioz;
  • nekatoroz;
  • strongiloidoz (strogiloidoz);
  • opistorxoz;
  • mikrosporidioz;
  • toksokaroz;
  • lyamblioz;
  • aralash gijjalar.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqatdan so‘ng tabletkalarni chaynamasdan, suv bilan ichiladi. Sutkalik doza- 0.4 g (bir qabul uchun), bolalar uchun – 6 mg/kg. Curgi dori vositalarini qo‘llashni va maxsus parhezga rioya qilishni talab qilinmaydi.

2 yoshgacha bo‘lgan bolalar – bosh miya sistiserkozi: 15 mg/kg/sut 8 sutka davomida; zarurat tug‘ilsa takrorlanadi.

Ankilostomidoz va askaridoz 0.4 g dan, enterobioz 0,2 g dan bir marta, zarurat tug‘ilsa 3 haftadan so‘ng takrorlanadi.

Strongiloidoz 0.4 g dan va sestodoz 0,2 g dan sutkasiga bir marta, 3 sutka davomida, zarurat tug‘ilsa 3 haftadan so‘ng takrorlanadi.

2 yoshdan katta bolalar va kattalar – bosh miya sistiserkozi: 0.4 g dan sutkasiga 2 marta , 8-30 sutka davomida.

Askaridoz, trixosefalez, enterobioz va ankilostomidoz – 0.4 g dan sutkasiga bir marta, zarurat tug‘ilsa 3 haftadan so‘ng takrorlanadi.

Lyamblioz: 0.4 g dan sutkasiga bir marta, 3 sutka davomida. Strongiloidoz va sestodoz: 0.4 g dan sutkasiga bir marta, 3 sutka davomida, zarurat tug‘ilsa 3 haftadan so‘ng takrorlanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qorinda og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, “jigar” transaminazalar faolligining oshishi.

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, meningeal simptomlar.

Qon yaratish tizimi tomonidan: bosh miya qon yaratilishining cheklanishi, leykopeniya, granulositopeniya, agranulositoz, trombositopeniya, pansitopeniya.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyraklar faoliyatini buzilishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish.

Boshqalar: gipertermiya (tana haroratining oshishi), arterial bosimning oshishi, qaytariluvchan alopesiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktasiya davri (ko‘krak suti bilan emizish), bolalar yoshi (6 yoshgacha – havfsizligi aniqlanmagan).

Ehtiyotkorlik bilan: ko‘mik qon yaratilishining susayishi, jigar yetishmovchiligi, jigar sirrozi, ko‘z to‘r pardasining patologiyasi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Deksametazon, prazikvantel va simetidin qondagi albendazol konsentrasiyasini oshiradi.

Simetidin bilan bir vaqtda qo‘llanilganida, albendazol konsentrasiyasining o‘t-safro va exinokkok kistasida exinokokkozni davolash samaradorligini oshirishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Albendazolni ko‘mik qon yaratilishining susayishida, jigar yetishmovchiligi, jigar sirrozi, ko‘z to‘r pardasining patologiyasida bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Preparat bilan davolash davrida qon tahlilini har 28 kunlik siklning boshida va har 2 haftada o‘tkazish zarur. Leykopeniyani rivojlanganida davolashni to‘xtatish zarur. Albendazol bilan davolashni davom ettirish faqatgina agar umumiy leykositlar va neyrotrofil leykositlarning umumiy miqdorini pasayishi o‘rtacha bo‘lsa mumkin.

Preparatni katta dozalarda qabul qilayotgan pasientlar jigar faoliyatini doimiy nazoratida sinchkov  kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.

Reproduktiv yoshdagi ayollarda davolashni boshlashdan avval, homiladorlikni yo‘qligiga testni o‘tkaziladi. Davolanish vaqtida ishonchli kontrasepsiya shart.

Ko‘zlarni zararlanishi bilan bo‘lgan neyrosistiserkozi albendazol bilan davolashni boshlashdan avval, ko‘z to‘r pardasini tekshirish zarur (uning patologiyasini chuqurlashib ketish havfi uchun).

Neyrosistiserkozi bo‘lgan pasientlar steroidlar (GKS) va tirishishga qarshi preparatlar bilan muvofiq davoni olishlari kerak. Oral va vena ichiga yuboriladigan kortikosteroidlar sistaga qarshi davoni birinchi haftasida gipertenziv hurujlarni bartaraf qilishi uchun qo‘llanadi.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish. Zarurat bo‘lganda simptomatik davo o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 200 mg va 400 mg dan kontur-uyali o‘ramda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Vermin barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Vermin savollari

Vermin fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil