Gepa-L
Gepa-L chiqarish shakllari


Gepa-L qo'llanmasi
Preparatning ta'sir etuvchi va yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.
Ba'zi buyrak kasalliklarida (qon zardobida kreatininning kontsentrasiyasi 3 g/100 ml dan yuqori bo'lganida) qo'llash mumkin emas.
Infuziya uchun eritmaning har 10 ml quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: L-ornitin-L-aspartat – 5 g;
yordamchi moddalar: natriy metabisulfiti, in'ektsiya uchun suv
L-ornitin Gepa-L preparatining ta'sir etuvchi moddasi bo'lib, mochevinani hosil bo'lish tsikliga ta'sir qiladi. L-ornitin ornitin karbomoiltransferaza va karbomoilfosfatsintetazaning aktivatori sifatida, shuningdek mochevina sintezi uchun substrat sifatida ta'sir qiladi. Ornitin tsiklida mochevina hosil bo'lishini (ammiakdan mochevina hosil bo'lish reaktsiyasini) rag'batlantiradi, shu bilan qon oqimidan ammiakni bartaraf qiladi.
L-aspartat ham Gepa-L preparatining ta'sir etuvchi moddasi bo'lib, uch karbon kislotalari tsikliga ta'sir qiladi. L-aspartat jigarni o'tkir va surunkali kasalliklarida shikastlanishi mumkin bo'lgan vena qon tomirlari atrofidagi gepatositlarda glutamin sintezini rag'batlantiradi. Shu bilan shikastlangan hujayralar faollashib, yangi gepatositlarni generasiyasini rag'batlantiradi.
Ornitinni ham, aspartatni ham yarim chiqarilish davri qisqa – 0,3-0,4 soatni tashkil etadi. Jigarda metabolizmga uchraydi, aminoguruhi ammiakka aylanadi va karbonat angidrid gazi bilan birga mochevinani hosil qiladi va siydik hamda axlat bilan chiqariladi. Aspartatning ahamiyatsiz qismi siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi.
Shifokorning ko'rsatmasi bo'yicha, kuniga o'rtacha 4 ampuladan yuboriladi.
Ong buzilganida (koma oldi, koma holatlari) pasientning og'irlik darajasiga qarab sutkada 8 ampulagacha yuboriladi.
Gepa-L preparatini barcha oddiy infuzion eritmalarga qo'shish mumkin. Shunday bo'lsa ham, venoz tolerantlik rivojlanishi mumkinligi tufayli, 500 ml infuziyaga 6 tadan ortiq ampula qo'shish mumkin emas.
Preparatni maksimal yuborish tezligi soatiga 5 g ni tashkil etadi.
Qo'llash davomiyligi kasallikni davolash kursiga bog'liq.
Bolalarga: preparatni 8 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasi oshirib yuborilishi natijasida intoksikasiya belgilari aniqlanmagan. Dozasi oshirib yuborilganida simptomatik davolash o'tkazish tavsiya etiladi.
Preparat yuqori dozalarda yuborilganida qon plazmasi va siydikda mochevinaning darajasini nazorat qilish kerak.
Jigar faoliyati ahamiyatli darajada buzilganida, ko'ngil aynishi va qusishni oldini olish maqsadida infuziya tezligini pasientning individual holatiga muvofiq ravishda boshqarish kerak.
Gepa-L preparati yuqori dozalarda yuborilganida qon zardobi va siydikda mochevinaning darajasini nazorat qilish kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik davrida preparatni qo'llash yuzasidan ma'lumotlar yo'q, shuning uchun bu davrida preparatni qo'llashdan saqlanish kerak.
Biroq agar preparat bilan davolash hayotiy ko'rsatmalarga ko'ra zarur deb topilsa, havf / foyda nisbatini diqqat bilan ko'rib chiqish kerak.
Preparatni ko'krak sutiga o'tishi noma'lum, shuning uchun emizish davrida preparatni qo'llashdan saqlanish kerak.
Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Kasallik oqibatida preparat bilan davolash vaqtida avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyati yomonlashishi mumkin, shuning uchun davolanish vaqtida bunday faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish kerak.
Kontsentrasiyasi yuqori bo'lgan eritmani penisillin, K vitamini, rifampisin, meprobamat, diazepam, klomektiazolum, tiopental natriy va vinkaminum bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya qilinmaydi.
10 ml dan ampulalarda. 5 ampula PVX taglikda, tibbiyotda qo'llanishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Kam hollarda ko'ngil aynishi, qusish kabi me'da-ichak yo'llari faoliyatini buzilishi kuzatilishi mumkin, ular davolashni to'xtatishga sabab bo'lmaydi, preparatning dozasi kamaytirilganida o'z-o'zidan o'tib ketadi.
Allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkin.
Giperammoniemiyada qo'llanadi, jigarni, jigar tsirrozi, steatozi, gepatit kabi o'tkir va surunkali kasalliklarini natijasi hisoblanadi, ayniqsa ongni buzilishi (koma oldi holati) yoki nevrologik asoratlar (jigar entsefalopatiyasi) ni davolash uchun qo'llanadi.
L-ornitin-L-aspartat jigarda yuz beradigan metabolik jarayonlarga ta'sir ko'rsatadi. Ammiakdan mochevinani hosil bo'lish reaktsiyasini rag'batlantirganligi sababli detoksikasiya samarasini kuchaytiradi.
och sariqdan sariq ranggacha bo'lgan tiniq eritma.
Gepa-L narxlari
Gepa-L barcha rasmlari














