Gepato
Gepato chiqarilish shakllari
Gepato haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Farmakologik ta'siri
GEPATO-Ritz oʻsimliklardan olinadigan majmuaviy preparat.
Oʻt-safro haydovchi va spazmolitik taʼsirga ega gepatoprotektor. Preparat jigar faoliyatini normallashtiradi, ishtaha va ovqat hazm boʻlishini yaxshilaydi.
GEPATO-Ritz ning taʼsiri preparat komponentlarining umumiy samarasi bilan bogʻliq. Dogʻli rastoropshada saqlanadigan flavonoid silibinin jigarning oʻtkir va surunkali intoksikatsiyalarida gepatoprotektorlik taʼsirini namoyon qiladi, xujayralar membranasini mustahkamlaydi va ularning parchalanishiga toʻsqinlik qiladi. Oqsillar va fosfolipidlar sintezini ragʻbatlantirib, jarohatlangan gepatotsitlarning regeneratsiyasini tezlashtiradi. Xujayraga baʼzi gepatotoksik moddalarning kirishiga va alkogolning taʼsiriga toʻsqinlik qiladi.
Xelidonin qonchoʻpning eng muhim alkaloidlaridandir. U ogʻriqni qoldiruvchi, spazmolitik va oʻt-safro haydovchi taʼsir koʻrsatadi. Erkin radikallarning bogʻlanishi hisobiga antioksidant taʼsir koʻrsatadi, gepatotsitlarning regeneratsiyasiga yordam beradi.
Kurkumin – sariq imbirning faol moddasi – kuchli yalligʻlanishga qarshi vosita, jigarning intoksikatsiyani kamaytiradi, oʻt pufagi ishini, oʻt-safro ishlab chiqarilishi va ajralishini yaxshilaydi. Jigarning detoksikatsion faoliyatini oshiradi, ichak infeksiyalarining baʼzi qoʻzgʻatuvchilariga nisbatan bakteritsid va bakteriostatik faollikka ega.
Letsitin jigar xujayralari membranalarining regeneratsiyasi va biologik strukturalarini hosil boʻlishi va mustahkamlanishi uchun zarur boʻlgan, almashtirib boʻlmaydigan fosfalipidlarning majmuasidir. Jigarning turli kasalliklarida letsitin limfotsitlarning sitotoksik taʼsirini va gepatotsitlarning nekrozini kamaytiradi. Oqsil va yogʻ almashinuvini meʼyorlashtiradi, jigarning xujayra strukturasini himoyalaydi, limfotsitlar va makrofaglarning immun faoliyatini tiklaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish simptomlari taʼriflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalari
Sariqlik va oʻt-tosh kasalligida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Preparat homiladorlik va laktatsiya davrida faqat koʻrsatmalar boʻyicha qabul qilinadi.
18 yoshgacha boʻlgan bolalarda preparatni qoʻllash samaradorligi va xavfsizligi toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
GEPATO-Ritz preparatini dorilar bilan oʻzaro taʼsiri taʼriflanmagan.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Davolash, oldini olish va tutib turuvchi davolash uchun GEPATO-Ritz 1 kapsuladan kuniga 3-marta buyuriladi.
Kasallikni ogʻir kechishida ikki hafta davomida 2 kapsuladan kuniga 3-marta buyuriladi, keyinchalik davolash kursi 1 kapsuladan kuniga 3-martalik tutib turuvchi doza bilan davom ettiriladi. Davolash kursining davomiyligi 1-3 oy. Davolash kursi 1-3 oylik interval bilan takrorlanadi. Preparatni ovqatdan oldin qabul qilish lozim. Kapsulalar chaynamasdan, koʻp boʻlmagan miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilinadi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













