Ташкент
logo
SavatKirish

GEPATO RITZ kapsulalar N50

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Gruziya
Ishlab chiqaruvchi:GM Pharmaceuticals Ltd.
Vakil:GMP
ATX kodi:A05В
Barcha Gepato dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

GEPATO RITZ kapsulalar N50 o'xshash dorilari

BONDJIGAR kapsulalar  N20
Retseptsiz
BONDJIGAR kapsulalar N20
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (Pvt) Ltd
Narxi
23 500 so'm dan
ODESTON tabletkalari 200mg N50
Retseptsiz
ODESTON tabletkalari 200mg N50
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed S.A.
•131 ta dorixonada bor
Narxi
139 000 so'm dan
Narxi
63 747 so'm dan

GEPATO RITZ kapsulalar N50 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Preparatning bir kapsulasi 140 mg dogʻli rastoropsha (Silybum marianum) ning quruq ekstrakti, 100 mg qonchoʻp (Chelidonium majus) ning quruq ekstrakti va 25 mg sariq imbirning suyuq ekstrakti va 40 mg letsitin saqlaydi.

Yordamchi moddalar: jelatinlangan kraxmal (Uni-pure DW-L), mikrokristallik sellyuloza, laktoza, magniy stearati.

Farmakologik ta'siri

GEPATO-Ritz oʻsimliklardan olinadigan majmuaviy preparat.

Oʻt-safro haydovchi va spazmolitik taʼsirga ega gepatoprotektor. Preparat jigar faoliyatini normallashtiradi, ishtaha va ovqat hazm boʻlishini yaxshilaydi.

GEPATO-Ritz ning taʼsiri preparat komponentlarining umumiy samarasi bilan bogʻliq. Dogʻli rastoropshada saqlanadigan flavonoid silibinin jigarning oʻtkir va surunkali intoksikatsiyalarida gepatoprotektorlik taʼsirini namoyon qiladi, xujayralar membranasini mustahkamlaydi va ularning parchalanishiga toʻsqinlik qiladi. Oqsillar va fosfolipidlar sintezini ragʻbatlantirib, jarohatlangan gepatotsitlarning regeneratsiyasini tezlashtiradi. Xujayraga baʼzi gepatotoksik moddalarning kirishiga va alkogolning taʼsiriga toʻsqinlik qiladi.

Xelidonin qonchoʻpning eng muhim alkaloidlaridandir. U ogʻriqni qoldiruvchi, spazmolitik va oʻt-safro haydovchi taʼsir koʻrsatadi. Erkin radikallarning bogʻlanishi hisobiga antioksidant taʼsir koʻrsatadi, gepatotsitlarning regeneratsiyasiga yordam beradi.

Kurkumin – sariq imbirning faol moddasi – kuchli yalligʻlanishga qarshi vosita, jigarning intoksikatsiyani kamaytiradi, oʻt pufagi ishini, oʻt-safro ishlab chiqarilishi va ajralishini yaxshilaydi. Jigarning detoksikatsion faoliyatini oshiradi, ichak infeksiyalarining baʼzi qoʻzgʻatuvchilariga nisbatan bakteritsid va bakteriostatik faollikka ega.

Letsitin jigar xujayralari membranalarining regeneratsiyasi va biologik strukturalarini hosil boʻlishi va mustahkamlanishi uchun zarur boʻlgan, almashtirib boʻlmaydigan fosfalipidlarning majmuasidir. Jigarning turli kasalliklarida letsitin limfotsitlarning sitotoksik taʼsirini va gepatotsitlarning nekrozini kamaytiradi. Oqsil va yogʻ almashinuvini meʼyorlashtiradi, jigarning xujayra strukturasini himoyalaydi, limfotsitlar va makrofaglarning immun faoliyatini tiklaydi.

Nojo'ya samaralari

Preparat yaxshi oʻzlashtiriladi. Kam hollarda yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatiladi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Sariqlik va oʻt-tosh kasalligida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Preparat homiladorlik va laktatsiya davrida faqat koʻrsatmalar boʻyicha qabul qilinadi.

18 yoshgacha boʻlgan bolalarda preparatni qoʻllash samaradorligi va xavfsizligi toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

Qo'llanilishi

Jigar faoliyatini buzilishlarida oldini oluvchi, himoyalovchi va davolash vositasi sifatida quyidagilarda qoʻllanadi:

jigar kasalliklarini oldini olish;
jigarning surunkali yalligʻlanish kasalliklari;
jigarni alkogolli va nur taʼsiridagi shikastlanishi;
jigarni toksik shikastlanishi;
turli etiologiyaga ega jigarning yogʻli degeneratsiyasi;
jigar sirrozida tutib turuvchi davolash (yoki majmuaviy davolash tarkibida);
NYAQV, antibiotiklar va boshqa dorilarni uzoq muddat qibul qilgandan keyin.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

GEPATO-Ritz preparatini dorilar bilan oʻzaro taʼsiri taʼriflanmagan.

Dozirovkasi

Davolash, oldini olish va tutib turuvchi davolash uchun GEPATO-Ritz 1 kapsuladan kuniga 3-marta buyuriladi.

Kasallikni ogʻir kechishida ikki hafta davomida 2 kapsuladan kuniga 3-marta buyuriladi, keyinchalik davolash kursi 1 kapsuladan kuniga 3-martalik tutib turuvchi doza bilan davom ettiriladi. Davolash kursining davomiyligi 1-3 oy. Davolash kursi 1-3 oylik interval bilan takrorlanadi. Preparatni ovqatdan oldin qabul qilish lozim. Kapsulalar chaynamasdan, koʻp boʻlmagan miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilinadi.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborish simptomlari taʼriflanmagan.

Analoglar GEPATO RITZ kapsulalar N50
Analoglari yo'q

GEPATO RITZ kapsulalar N50 savollari

GEPATO RITZ kapsulalar N50 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil