Bondjigar
Bondjigar chiqarilish shakllari



Bondjigar haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Аllergik kasalliklarda.
Preparatning komponentlarini shaxsiy oʼzlashtiraolmaslik.
Homiladorlikning birinchi uch oyligida Bondjigarni qoʼllash mumkin emas.
Farmakologik ta'siri
Bondjigar jigarni zararsizlantirish qobiliyatini kuchaytiradi, uchkarbon kislotalari siklini tezlashtiradi va shunday qilib oqsillar almashinuvi oqibatida toʼplangan mahsulotlarini (ammiak) mochevina shaklida chiqarishga yordam beradi. Jigarni himoyalovchi va zaharli moddalarni chiqarib yuboruvchi vosita sifatida taʼsir qiladi. Oʼzining lipotrop taʼsiri orqali Bondjigar yogʼlarning (asaosan triglitseridlarni) toʼplanishini oldini oladi va jigardan yogʼlarning yoʼqotilishi tezligini oshiradi. Oʼzining safro haydovchi taʼsiri yordamida jigardan safroni chiqishini ragʼbatlantiradi va bu bilan jigarning tozalovchi faoliyatini yaxshilaydi va organizmdan zaharli metabolitlarni yoʼqotadi. U shuningdek jigarning kattalashgan oʼlchamlarini qisqartiradi va gistologik tuzilishini saqlaydi.
Shunday qilib, Bondjigar zaharli taʼsirdan jigarni ximoya qiladi va uning metabolik, zaharlarni chiqaruvchi va immunitetni boshqaruvchi faoliyatini faollashtirib, uning faoliyatini kuchaytiradi. Buning natijasida jigarning turli buzilishlaridagi qon zardobidagi oshgan bilirubin, itshqoriy fosfotazalar, tranaminazalar miqdori normallashadi.
| Oq verbizina | Jigarning kattalashgan ogʼirligini normallashishiga yordam beradi. Qon zardobdagi ishqoriy fosfataza darajasini normallashtiradi. Jigar mikrosomal fermentlarni boshqaradi. |
| Pikroriza kurroa | Jigarning oʼtkir va surunkali alkogolli zaharlanishini zararsizlantiradi. |
| Oddiy sachratqi | Safro oqib chiqishini koʼpaytiradi. Jigarda yogʼlar toʼplanishini oldingi oladi va ularni jigardan yoʼqolishini tezlashtiradi. Jigarda kimyoviy zaharlarni zararsizlantiradi. |
| Dala turupi | Аntioksidant. Jigarning tozalovchi faoliyatini yaxshilaydi, organizmda toʼplangan azotli chiqindilarni yoʼq qiladi. |
| Serqiltiq zirk | Jigarning metabolik faoliyatini normallashtiradi |
| Tojli tamariks | CCI4 va D-Galoktozamin zaharliligini zararsizlantiradi |
| Sershox Berxaviya | Аntigepatotoksik vosita. Surgi vositasi |
| Dogʼli Rastoropsha | Аlkogol va boshqa tur zaharlarni qabul qilish chaqirgan shikastlanishlardan jigarni himoya qiladi. Jigarning regeneratsiyasiga yordam beradi. |
| Hind chuchukmiya | Tonusni oshiradi, ovqat hazm boʼlishini ragʼbatlantiradi. |
| Yalangʼoch chuchukmiya | Ushbu komponent immun tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Gepatit kabi virusli yalligʼlanish holatlarida foydali. Meʼda yarasini oldini olish va davolash uchun ishlatiladi. |
Dozani oshirib yuborilishi
Maʼlum emas.
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʼtgach qoʼllanilmasin.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Maʼlum emas.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Kattalar: ikki choy qoshiqdan kuniga uch marta ovqatdan keyin buyuriladi.
Bolalar: bir choy qoshiqdan kuniga uch marta ovqatdan keyin buyuriladi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)
















