Ташкент
logo
SavatKirish

Gipotiazid

Gipotiazid chiqarish shakllari

GIPOTIAZID 0,1 tabletkalari N20
GIPOTIAZID 0,1 tabletkalari N20
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Xinoin Zavod Farmas. i Xim.produktov, ZAO
GIPOTIAZID 0,025 tabletkalari N20
GIPOTIAZID 0,025 tabletkalari N20
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Xinoin Zavod Farmas. i Xim.produktov, ZAO
- Gipotiazid qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Gipotiazidning tarkibi
- Gipotiazid ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Gipotiazid narxi Toshkent dorixonalarida

Gipotiazid qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Vengriya
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GIPOTIAZID®

HYPOTHIAZID®

 

Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin ushbu ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing. Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing. Ushbu preparat Siz uchun mo‘ljallangan. Uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas. Hatto agar ularning kasallik simptomlari Sizda kuzatilayotganga o‘xshasa ham, bu ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin.

Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Siz uni yana o‘qib chiqishingiz kerak bo‘lib qolishi mumkin.

 

Preparatning savdo nomi: Gipotiazid®/ Hypothiazid®.

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): gidroxlorotiazid/hydrochlorothiazide

Dori shakli: tabletkalar.

Tarkibi

Gipotiazid® 25 mg 1 tabletkasi quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda – 25 mg gidroxlorotiazid.

Yordamchi moddalar: magniy stearati (Ye470), talk (Ye553), jelatin, makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati.

Gipotiazid® 100 mg 1 tabletkasi quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda – 100 mg gidroxlorotiazid.

Yordamchi moddalar: magniy stearati (Ye470), talk (Ye553), jelatin, makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, yassi, bir tomonida “N” gravirovkasi va boshqa tomonida riskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Faolligi past bo‘lgan diuretiklar. Tiazidlar. Gidroxlortiazid.

ATX kodi: S03AA03.

Farmakologik xususiyatlari

Gidroxlorotiazidning diuretik samarasi uchun birinchi navbatda distal kanalchalarda Na+ va Cl reabsorbsiyasini bevosita blokadasiga bog‘liq. Uning ta‘siri ostida Na+ va Cl ni, buning natijasida suv, shuningdek kaliy va magniyni chiqarilishi kuchayadi. Gidroxlorotiazidning diuretik ta‘siri aylanayotgan plazma hajmini kamaytiradi, plazmadagi renin faolligini oshiradi, aldosteronni chiqarilishini kuchaytiradi, buning natijasida siydik bilan kaliy va bikarbonatlarni chiqarilishi oshadi va zardobda kaliy miqdori kamayadi.

Renin-aldosteron tizimini angitenzin-II boshqaradi, shuning uchun angitenzin-II reseptorlarining antagonistlari bilan birga qo‘llash tiazid diuretik bilan bog‘liq kaliyni chiqarilishi jarayoniga teskari yo‘nalish berishi mumkin.

Preparat karboangidrazaga kuchsiz bloklovchi ta‘sir ko‘rsatishi mumkin, shu tariqa bikarbonat sekresiyasini o‘rtacha kuchaytiradi, bunda siydik rN ahamiyatli darajadagi o‘zagarishi yuz bermaydi.

Farmakokinetikasi

Gidroxlorotiazid ichga qabul qilingandan keyin yaxshi so‘riladi, uning diuretik va natriuretik ta‘siri qabul qilingandan keyin 2 soat davomida namoyon bo‘ladi va taxminan 4 soatdan keyin maksimumga erishiladi. Bu ta‘sir 6-12 soat davomida saqlanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 40% ni tashkil qiladi. O‘zgarmagan shaklda, asosan buyraklar orqali chiqariladi. Buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlar uchun yarim chiqarilish davri 6,4 soatni, o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun – 11,5 soatni, kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo‘lgan og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda esa – 20,7 soatni tashkil qiladi. Gidroxlorotiazid yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va kam miqdorda ko‘krak sutiga ajraladi.

Qo‘llanilishi

  • Gipertenziya (engil shakllarda – monoterapiya shaklida ham, boshqa antigipertenziv preparatlar bilan majmuada ham).
  • Yurak, jigar yoki buyrak etiologiyali shishlar, predmenstrual shishlar, farmakoterapiya bilan kechuvchi shishlar, masalan kortikosteroidli.
  • Nefrogen qandsiz diabetda, poliuriyani kamaytirish uchun (paradoksal ta‘siri)
  • Giperkalsiuriyani kamaytirish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Dozalash shaxsiy ravishda tanlanishi kerak va shifokorning doimiy nazoratini talab etiladi. Davolash jarayonida kaliy va magniyni yo‘qotilishini kuchayishi sababli (zardobda kaliy miqdori 3,0 mmol/l dan kamayishi mumkin), kaliy va magniyni o‘rnini to‘ldirish zarurati paydo bo‘ladi. Yurak yetishmovchiligi, jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda yoki digitalis glikozidlari bilan davolanayotgan bemorlarda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Tabletkalarni ovqatdan keyin qabul qilish kerak.

Kattalarda

Antigipertenziv vosita sifatida: monoterapiya shaklida yoki boshqa antigipertenziv vositalar bilan majmuada odatdagi boshlang‘ich sutkalik dozasi bir marta 25-50 mg ni tashkil qiladi. Ba‘zi bemorlarga monoterapiya ko‘rinishida ham, majmuada ham 12,5 mg boshlang‘ich doza yetarli bo‘ladi. Sutkada 100 mg dan oshmaydigan minimal samarali dozani qo‘llash kerak. Agar Gipotiazid boshqa gipotenziv preparatlar bilan majmuada qo‘llansa, arterial bosimni (AB) haddan tashqari pasayishini oldini olish maqsadida boshqa preparatning dozasini kamaytirish zarurati paydo bo‘lishi mumkin.

Gipotenziv ta‘siri 3-4 kun davomida namoyon bo‘ladi, ammo, optimal samaraga erishish uchun 3-4 haftagacha muddat talab etilishi mumkin. Davolash tugaganidan keyin gipotenziv samarasi bir xafta davomida saqlanadi.

Shishlarni davolashda preparatning odatdagi boshlang‘ich dozasi sutkada bir marta yoki ikki kunda bir marta 25-100 mg ni tashkil qiladi. Klinik reaksiyaga bog‘liq ravishda doza 25-50 mg sutkada bir marta yoki ikki kunda bir martagacha pasaytirilishi kerak. Ayrim og‘ir holatlarda sutkada 200 mg gacha boshlang‘ich doza talab etilishi mumkin.

Menstruasiyadan oldingi shishlarda odatdagi doza sutkada 25 mg ni tashkil qiladi va simptomlar namoyon bo‘lganidan boshlab hayz boshlangunigacha qo‘llanadi.

Nefrogen qandsiz diabetda 50-150 mg (bir necha qabullarda) odatdagi sutkalik doza tavsiya etiladi.

Bolalarda

Dozalar bolaning tana vaznidan kelib chiqib aniqlanadi. Odatdagi pediatrik sutkalik dozalar, tana vazniga 1-2 mg/kg yoki tana yuzasining kvadrat metriga 30-60 mg, sutkada bir marta buyuriladi. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun umumiy sutkalik doza – kuniga 37,5-100 mg ni tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Quyidagi ta‘riflangan simptomlarga o‘xshash simptomlar paydo bo‘lsa, iltimos, darhol shifokorga murojaat eting!

Quyida ko‘rsatilgan noxush reaksiyalarning tez-tezligi quyidagi izohni qo‘llash orqali aniqlangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 – <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 – <1/100), kam (≥1/10000 – <1/1000), juda kam (<1/10000), tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida aniqlab bo‘lmaydi)

Qon yaratish tizimi va limfatik tizimi a‘zolari tomonidan kasalliklar va simptomlar

juda kam: leykositopeniya, agranulositoz, trombositopeniya, gemolitik anemiya, aplastik anemiya.

Laborator tahlil natijalari

tez-tezligi noma‘lum:

  • gipokaliemiya, giponatriemiya, gipomagniemiya, giperkalsiemiya, giperglikemiya, glikozuriya, giperurikemiya;
  • yuqori dozalarda qonda lipidlar miqdori oshishi mumkin.

Yurak kasalliklari va yurak tomonidan simptomlar

Tez-tezligi noma‘lum: aritmiya, ortostatik gipotenziya

Nerv tizimi tomonidan kasalliklar va simptomlar

Tez-tezligi noma‘lum: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, konvulsiyalar, paresteziya.

Psixiatrik kasalliklar

Tez-tezligi noma‘lum: ongni chalkashishi, letargiya, ta‘sirchanlik, kayfiyatni o‘zgarishi.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan kasalliklar va simptomlar

Tez-tezligi noma‘lum: ko‘rishni vaqtinchalik buzilishi, ksantopsiya.

Ovqat-hazm qilish tizimi kasalliklari va simptomlari

Tez-tezligi noma‘lum: og‘izni qurishi, chanqoqlik hissi, ko‘ngil aynishi, qusish, so‘lak bezlarini yallig‘lanishi, qabziyat.

Jigar va safro tomonidan kasalliklar va simptomlar

Tez-tezligi noma‘lum: sariqlik (jigar ichki xolestatik sariqligi), pankreatit, xolesistit.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan kasalliklar va simptomlar

Tez-tezligi noma‘lum: buyrak yetishmovchiligi, interstisial nefrit.

Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan kasallik va simptomlar

Tez-tezligi noma‘lum: mushak spazmlari va og‘riq.

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan kasallik va simptomlar

Tez-tezligi noma‘lum:

  • gipoxloremik alkaloz, u jigar ensefalopatiyasi va jigar komasini chaqirishi mumkin;
  • giperurikemiya, u simptomsiz bemorlarda podagra xurujini chaqirishi mumkin;
  • glyukozaga tolerantlik kamayishi mumkin, u yashirin diabetni klinik namoyon bo‘lishini chaqirishi mumkin;
  • anoreksiya.

Qon tomir tizimi tomonidan kasallik va simptomlar

Tez-tezligi noma‘lum: vaskulit, nekrozlanuvchi angiit.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan kasallik va simptomlar

Tez-tezligi noma‘lum: respirator distress, shu jumladan pnevmonit va o‘pka shishi.

Immun tizimi tomonidan kasallik va simptomlar

Tez-tezligi noma‘lum: anafilaktik reaksiya, shok.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan kasallik va simptomlar

Tez-tezligi noma‘lum: fotosezuvchanlik, eshakemi, purpura, toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi.

Jinsiy a‘zolar va ko‘krak bezlari tomonidan kasallik va simptomlar

Tez-tezligi noma‘lum: jinsiy faoliyatni buzilishlari.

Umumiy simptomlar, yuborish joyidagi reaksiyalar:

Tez-tezligi noma‘lum: kuchli toliqish.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Anuriya.
  • Preparatga yoki boshqa sulfonamidlarga yuqori sezuvchanlik.
  • Og‘ir darajali buyrak (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam) yoki jigar yetishmovchiligi.
  • Emizish.
  • Davolashga rezistent gipokaliemiya yoki giperkalsiemiya.
  • Refrakter giponatriemiya.
  • Simptomatik giperurikemiya (podagra).
  • Preparatni 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Siz qabul qilayotgan, hatto vaqti-vaqti bilan qabul qilayotgan barcha dori vositalari haqida albatta shifokorga xabar bering.

Tiazid diuretiklar va quyidagi dori vositalarini bir vaqtda qo‘llanganda o‘zaro ta‘siri bo‘lishi mumkin.

Alkogol, barbituratlar, narkotik vositalar va antidepressantlar:

Ortostatik gipotenziyani kuchaytirishi mumkin.

Diabetga qarshi vositalar (peroral va insulin):

Tiazid bilan davolash glyukozaga tolerantlikni kamaytirishi mumkin. Qand miqdorini kamaytiruvchi preparatlarning dozasini pasaytirish talab etilishi mumkin. Gidroxlorotiazid bilan bog‘liq bo‘lgan buyrakni funksional yetishmovchiligi bo‘lishi mumkinligi natijasida sut kislotali asidoz xavfi sababli metforminni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Boshqa antigipertenziv vositalar:

Additiv samara.

Kolestiramin va kolestipol qatronlari:

Anion almashinuvchi qatronlar mavjudligida gidroxlortiazidning me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilishi yomonlashadi. Kolestiramin yoki kolestipol qatronlarining bir dozasi gidroxlortiazidni bog‘laydi va me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini muvofiq 85% va 43% ga kamaytiradi.

Pressor aminlar (masalan, adrenalin):

Ehtimol, pressor aminlarning ta‘siri susayadi, ammo ularni qo‘llash mumkin bo‘lmagan miqdorda emas.

Qutibsizlantirmaydigan miorelaksantlar (masalan, tubokurarin):

Miorelaksasiyalovchi ta‘siri kuchayishi mumkin.

Litiy:

Siydik haydovchi vositalar litiyning buyrak klirensini kamaytiradi va litiyning toksik ta‘siri xavfini oshiradi. Ularni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Podagrani davolash uchun dori vositalari (probenesid, sulfinpirazon va allopurinol):

Urikozurik vositalarning dozasini to‘g‘rilash talab etilishi mumkin, chunki gidroxlorotiazid zardobda siydik kislotasining miqdorini oshirishi mumkin.

Probenisid yoki sulfinpirazonning dozasini oshirish talab etilishi mumkin.

Tiazidlarni bir vaqtda qo‘llash allopurinolga yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining tez-tezligini oshirishi mumkin.

Antixolinergik vositalar (masalan, atropin, biperiden):

Me‘da-ichak yo‘llari motorikasini va me‘dani bo‘shash darajasini kamayishi natijasida tiazid turdagi siydik haydovchi vositalarning biokiraolishi oshadi.

Sitotoksik vositalar (masalan, siklofosfamid, metotreksat):

Tiazidlar sitotoksik dori vositalarini buyrak orqali chiqarilishini kamaytirishi va ularning mielosupressiv ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.

Salisilatlar:

Salisilatlarning yuqori dozalari qo‘llangan hollarda gidroxlorotiazid salisilatlarning markaziy nerv tizimiga toksik samarasini kuchaytirishi mumkin.

Metildopa:

Ayrim hollarda gidroxlorotiazid va metildopani bir vaqtda qo‘llash fonida gemolitik anemiya haqida xabar berilgan.

Siklosporin:

Siklosporin bilan bir vaqtda qo‘llanganda giperurikemiyani va podagraga o‘xshash asoratlar rivojlanishini xavfini kuchaytirishi mumkin.

Digitalis glikozidlari:

Tiazidlar tomonidan chaqirilgan gipokaliemiya yoki gipomagniemiya digitalis tomonidan chaqirilgan aritmiyalarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Zardobdagi kaliyning miqdorini o‘zgarishi ta‘sir qiladigan dori vositalari:

Agar gidroxlorotiazid zardobdagi kaliyning miqdorini o‘zgarishi ta‘sir qiladigan dori vositalari (masalan, digitalis glikozidlari va aritmiyaga qarshi vositalar), shuningdek “piruet” turdagi taxikardiyani (yurak qorinchalari taxikardiyasi) chaqiruvchi quyidagi vositalar (shu jumladan, ayrim aritmiyaga qarshi vositalar) bilan bir vaqtda qo‘llansa, zardobda kaliy miqdorini muntazam aniqlash va elektrokardiogrammani yozib borish tavsiya etiladi, chunki gipokaliemiya piruet turdagi taxikardiyani rivojlanishiga olib keluvchi omil hisoblanadi:

  • Ia sinf aritmiyaga qarshi vositalar (masalan, xinidin, gidroxinidin, dizopiramid);
  • III sinf aritmiyaga qarshi vositalar (masalan, amiodaron, sotalol, dofetilid, ibutilid);
  • ba‘zi antipsixotik vositalar (masalan, tioridazin, xlorpromazin, levomepromazin, trifluoperazin, siamemazin, sulpirid, sultoprid, amisulprid, tiaprid, pimozid, galoperidol, droperidol);
  • boshqa dori vositalari (masalan, bepridil, sisaprid, difemanil, vena ichiga qo‘llanadigan eritromisin, galofantrin, mizolastin, pentamidin, terfenadin, vena ichiga qo‘llanadigan vinkamin).

Kalsiy tuzlari:

Tiazid diuretiklari kalsiyni chiqarilishini kamayishi sababli, zardobda kalsiy miqdorini oshiradi. Agar kalsiy o‘rnini bosuvchi vositalarni buyurish zarurati bo‘lsa, zardobda kalsiy miqdorini nazorat qilish va unga muvofiq kalsiy dozasini tanlash kerak.

Dori vositalari va laboratoriya tahlillari orasidagi o‘zaro ta‘siri:

Kalsiy metabolizmiga ta‘siri natijasida tiazidlar qalqonsimon oldi bezi faoliyatining tahlillari natijalarini o‘zgartirishi mumkin (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang).

Karbamazepin:

Simptomatik giponatriemiya xavfi tufayli klinik va biologik monitoring zarur.

Yod saqlovchi kontrast moddalar:

Siydik haydovchi vositalar chaqirgan suvsizlanish hollarida o‘tkir buyrak yetishmovchiligi xavfi ortadi, ayniqsa, yod saqlovchi preparatlarning yuqori dozalari ishlatilsa. Yodni qo‘llashdan oldin bemor organizmida suyuqlik o‘rnini to‘ldirish kerak.

Amfoterisin V (parenteral), kortikosteroid vositalar, AKTG va rag‘batlantiruvchi surgi vositalari:

Gidroxlorotiazid elektrolit muvozanatini buzilishiga, asosan gipokaliemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Gipotoniya va suv-ishqor muvozanatini buzilishi

Boshqa antigipertenziv preparatlarni buyurilganda bo‘lgani kabi, ayrim bemorlarda gipotoniya simptomlari paydo bo‘lishi mumkin. Yondosh ich ketishi yoki qusish oqibatida bo‘lishi mumkin bo‘lgan suv-tuz muvozanatini buzilishlarining (masalan, aylanayotgan plazma xajmi, giponatriemiya, giperxloremik alkaloz, gipomagniemiya yoki gipokaliemiya) klinik belgilarini aniqlash maqsadida bemorlar kuzatuv ostida bo‘lishi kerak. Bunday bemorlarda zardobda elektrolitlar miqdorini muntazam aniqlash kerak. Shishlari bo‘lgan bemorlarda iliq ob-havoda dilyusion giponatriemiya bo‘lishi mumkin.

Metabolik va endokrin samaralar

Tiazid bilan davolash glyukozaga tolerantlikni pasaytirishi mumkin. Antidiabetik vositalar, shu jumladan insulinning dozasini o‘zgartirish talab etilishi mumkin (Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘limiga qarang). Tiazid bilan davolash vaqtida yashirin qandli diabetni manifestasiyasi bo‘lishi mumkin.

Tiazidlar buyrak tomonidan kalsiyni chiqarilishini kamaytirishi, shuningdek zardobda kalsiyning konsentrasiyasini vaqtinchalik biroz oshishini chaqirishi mumkin. Yaqqol giperkalsiemiya yashirin giperparatireodizmning belgisi bo‘lishi mumkin.

Qalqonsimon oldi bezini tekshirishni boshlashdan oldin tiazidlarni qo‘llashni to‘xtatish kerak.

Xolesterin va trigliseridlar miqdorini oshishini tiazidlar bilan davolash bilan bog‘lash mumkin (diuretik ta‘siri).

Ayrim bemorlarda tiazid bilan davolash giperurikemiya va (yoki) podagrani chaqirishi mumkin.

Jigarni shikastlanishi

Jigar faoliyatini buzilishi hollari yoki jigarning dekompensasiyalangan kasalligi bo‘lgan bemorlarda tiazidlarni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki tiazidlar jigar ichki xolestazni chaqirishi mumkin, suv-tuz muvozanatining juda kichik o‘zgarishlari esa jigar komasini keltirib chiqarishi mumkin.

Og‘ir darajali jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda gipotiazidni qo‘llash mumkin emas (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang).

Boshqalar

Tiazidlar bilan davolanayotgan bemorlarda anamnezida allergiya yoki bronxial astma mavjudligida ham, bemorlar ilgari bunday kasalliklar bilan xastalanmagan hollarda ham yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanishi mumkin. Tizimli qizil yugurik kechishini yomonlashishi va tiazidlarni qo‘llash vaqtida patologik jarayonni faollashishi haqida xabar berilgan.

Quyidagi laborator tahlillarning ko‘rsatkichlariga ta‘sir qilishi mumkin:

  • Plazmadagi oqsillar bilan bog‘langan yodning miqdorini kamaytirishi mumkin;
  • Qalqonsimon oldi bezi faoliyatining laborator tahlillarini o‘tkazishdan oldin gipotiazid bilan davolashni to‘xtatish kerak;
  • Zardobda erkin bilirubin konsentrasiyasini oshirishi mumkin.

Yordamchi moddalar

Laktozani o‘zlashtiraolmaslik hollarida Gipotiazidning 25 mg tabletkasi 63 mg laktoza monogidrati, Gipotiazidning 100 mg tabletkasi esa – 39 mg laktoza monogidrati saqlashini e‘tiborga olish kerak.

Kam uchraydigan tug‘ma galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lappa laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza va galaktoza malabsorbsiyasi bo‘lgan hollarda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va emizish

Homiladorlik

Gidroxlorotiazidni homiladorlik vaqtida, ayniqsa birinchi uch oylikda qo‘llash tajribasi cheklangan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlardan olingan ma‘lumotlar

etarli emas.

Gidroxlorotiazid yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Agar gidroxlorotiazidni homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligi qo‘llansa, u (o‘zining farmakologik ta‘siri natijasida) fetoplasentar perfuziyani buzishi va homila yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqda sariqlik, elektrolit muvozanatni buzilishi va trombositopeniyani chaqirishi mumkin.

Homiladorlikda gidroxlorotiazidni shishlar, gipertenziya yoki preeklampsiyani davolash uchun qo‘llash mumkin emas, chunki kasallikka ijobiy ta‘siri o‘rniga u plazma miqdorini kamayishi xavfi va bachadon va yo‘ldoshni qon bilan ta‘minlanishini buzilish xavfini oshiradi.

Homilador ayollarda essensial gipertenziyani, boshqa davolashni qo‘llab bo‘lmaydigan kam hollardan tashqari hollarda gidroxlortiazidni qo‘llash mumkin emas.

Gidroxlorotiazid tabletkalarini homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas – ularni faqat yaxshi asoslangan hollardagina qo‘llash mumkin.

Emizish

Gidroxlorotiazid ko‘krak sutiga kiradi; uni emizish vaqtida qo‘llash mumkin emas. Agar uni qo‘llash zarurati bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang).

Transport vositalarini yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparatni qo‘llashning boshlang‘ich davrida – bu davrning davomiyligi shaxsiy ravishda aniqlanadi – avtomobilni boshqarish va yuqori diqqatni talab etuvchi ishlarni bajarish taqiqlanadi. Keyinchalik ta‘qiq darajasi shaxsiy ravishda aniqlanishi kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dori vositasining dozasi oshirib yuborilganda darhol shifokorga yoki shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga murojaat eting!

Gidroxlorotiazid bilan zaharlanishning eng sezilarli belgisi bo‘lib, quyidagi belgilar va simptomlarda namoyon bo‘luvchi suyuqlik va elektrolitlarni o‘tkir yo‘qotilishi hisoblanadi:

Yurak-qon tomir: taxikardiya, gipotenziya, shok.

Neyro-mushak: holsizlik, ongni chalkashishi, bosh aylanishi va mushak spazmi, paresteziya, ongni buzilishi, charchoqlik.

Me‘da-ichak: ko‘ngil aynishi, qusish, chanqoqlik.

Buyrak: poliuriya, oliguriya yoki anuriya.

Laborator ko‘rsatkichlar: gipokaliemiya, giponatriemiya, gipoxloremiya, alkaloz, qonda azot miqdorini oshishi (ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda).

Dozani oshirib yuborilishini davolash: Gidroxlorotiazid bilan zaharlanishda spesifik antidoti yo‘q.

Qusishni chaqirish, me‘dani yuvish preparatni chiqarish usullari bo‘lishi mumkin. Faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilib, preparatni so‘rilishini kamaytirish mumkin. Gipotenziya yoki shok holatlarida aylanib yuradigan plazma hajmi va elektrolitlar (kaliy, natriy, magniy) o‘rnini to‘ldirish kerak.

Suv-elektrolit muvozanati (ayniqsa zardobda kaliy miqdori) va buyrak faoliyatini normal ko‘rsatkichlargacha erishguncha kuzatish kerak.

Chiqarilish shakli

Gipotiazid® 25 mg

20 tabletkadan PVX/Al blisterda.

1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Gipotiazid® 100 mg

20 tabletkadan PVX/Al blisterda.

1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Gipotiazid barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Gipotiazid savollari

Gipotiazid fikr-mulohazalari

Reyting 4.9, 7 ta sharh asosida
Ксения
05.10.2020 19:07
5
В знойное время года от отеков мне избавиться очень сложно, пью достаточное количество воды, а почки не справляются. 2 года назад я открыла для себя препарат Гипотиазид, и цена хорошая, и эффективность. Теперь у меня имеется выручалочка!
Рита
23.12.2020 00:29
5
Болеть всегда плохо, но от этого никулда не деться, как бы мы не старались. Поначалу как и все мы а простудилась, давай себя пичкать разными лекарствами, пичкала пичкала, ходила на работу, а оказалось сильный грипп, который я перенесла на ногах, результат – осложнение на почки. Дорогостоящие препараты мне уже были не по карману, т.к. и так вложилась в лечение простуды не плохо. Тогда мне знакомый врач посоветовал купить Гипотиазид. Опасалась высокой стоимости, но нет, цена вполне адекватная. Принимала я согласно инструкции на протяжении 3х недель. У меня прошли болевые ощущения в пояснице, стала чувствовать себя гораздо лучше. Только частое мочеиспускание, но это мелочи, главное здоровье.
Раисахон
14.06.2020 20:49
5
У меня лишний вес. Из-за этого жидкость плохо выходит из организма, и появляются отеки. Особенно страдают ноги.  В больнице назначили попить Гипотиазид курсом. На данный момент мое лечение подходит к концу. Тьфу-тьфу, но сейчас таких проблем с отеками нет. Они стали крайне редкими и не такими сильными. Препарат помог. Побочных реакций никаких нет.
Бахтигул
11.08.2019 03:38
5
Я с содроганием вспоминаю школьные годы, когда меня все дети обзывали толстой. Да, худой я не была, но и ожирением не страдала. Я была просто в теле. И когда мне пришлось пройти комплексное обследование в центре здоровья для того, чтоб попасть на хорошую должность, я сразу вспомнила те мгновения – а вдруг мне эндокринолог что-то скажет такое, чего я слышать не хочу. Да, я услышала, что у меня лишний вес, но после того, как я рассказала о своем рационе меня направили на дополнительные анализы, результат которых показал - избыточная жидкость в организме. И тогда мне врач посоветовала купить и принимать Гипотиазид. Помимо того, что купить препарат я смогла в ближайшей аптеке возле дома, так еще и цена порадовала. И вы знаете, расписанное правильно питание и его соблюдение, прием препарата дали хороший результат на весах.
Атикахон
08.04.2020 10:37
5
Повышенное давление у меня давно, особенно сказывается в период стрессовых ситуаций. Не знаю почему, по последний раз на приеме у кардиолога, мне был выписан мочегонный препарат Гипотиазид. Я никак не могла понять, как связана моя болезнь с этим. Оказывается он отлично снижает давление за счет мочегонных свойств. Цена низкая, поэтому купить сможет даже пенсионер
Мирзийод
27.02.2021 16:40
5
Я с раннего возраста очень редко болел, когда все дети поголовно в школе простывали, я ходил в школу(( когда кто-то на работе на что то жаловался, я тоже не понимал коллег. Пока в один прекрасный день не прихватило и обследование показало, что у меня мочекаменная болезнь. Когда камень начинает выходить из почки эту боль вообще невозможно передать словами. Кто это проходил, тот меня поймет. Мне необходимо принимать мочегонный препарат, врач мне рекомендовал не затягивать и купить «Гипотиазид». Благодаря маленькой цене я смог приобрести в этот же день и начал принимать. Главное, не выходить из дома, потому что надо пасти туалет. Побочных действий не наблюдал, препарат хороший.
Тамал
02.03.2021 17:21
4
Принимая Гипотиазид мне пришлось столкнуться только с одним побочным действием – аллергическое высыпание на теле (мелкая сыпь). Но, я сама аллергетик, поэтому уже ничему не удивляюсь. А так средство хорошее, со своей задачей справляется на отлично. При необходимости, могу купить в любой аптеке, находится в доступе. Цена отличается совсем немного, копейками.

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil