Indapamidning aptekalardagi narxlari
INDAPAMID tabletkalari 1,5mg N30
|
|
3 ta dorixonada bor
|
7 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
7 800 so'mdan
Bron qilish
|
INDAPAMID NGP tabletkalari 2,5mg N30
|
|
26 ta dorixonada bor
|
5 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
INDAPAMID tabletkalari 1,25mg N30
|
|
24 ta dorixonada bor
|
5 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
INDAPAMID tabletkalari 2,5mg N30
|
|
58 ta dorixonada bor
|
7 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
10 100 so'mdan
Bron qilish
|
INDAPAMID SR tabletkalari 1,5mg N30
|
|
148 ta dorixonada bor
|
30 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
42 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
35 000 so'mdan
Bron qilish
|
INDAPAMID kapsulalar 2,5mg N30
|
|
5 ta dorixonada bor
|
9 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Indapamid ko'rsatmalar
- Farmakokinetikasi
- Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi
- Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
- Farmakodinamikasi
- Sotish shartlari
- Maxsus saqlash sharoitlari
- Dozani oshirib yuborilishi
Farmakokinetikasi
Indapamid SR preparatining dori shakli – ta'siri uzaytirilgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ta'sir etuvchi modda tabletkani ichidagi matrisa tizimida joylashgan, bu indapamidni asta-sekin ajralib chiqishini ta'minlaydi.
So'rilishi: indapamid tabletkadan sekin ajralib chiqadi va me'da-ichak yo'llarida tez va to'liq so'riladi. Ovqat so'rilish tezligini biroz tezlashtiradi, ammo so'rilgan dori preparatning miqdoriga ta'sir qilmaydi. Dori preparatining zardobdagi maksimal kontsentrasiyasi yuborilgandan so'ng taxminan 12 soatdan keyin aniqlanadi. Ko'p marta qabul qilish, qabul qilishlar orasidagi intervallarda dori preparatining zardobdagi kontsentrasiyasining farqlarini kamayishiga yordam beradi. Shaxsiy farqlar mavjud.
Taqsimlanishi: indapamid plazma oqsillari bilan 79% bog'lanadi. Yarim chiqarilish davri eliminasiya bosqichida 14 dan 24 soatgachani tashkil qiladi (o'rtacha 18 soat). To'yinish holatiga 7 kundan keyin erishiladi. Dozani takrorlash dori preparatining to'planishiga olib kelmaydi.
Chiqarilishi: indapamid organizmdan asosan siydik bilan (70%) va ahlat bilan (22%) faol bo'lmagan metabolitlari shaklida chiqariladi. Dozaning faqat 5% dan 7% gachasi siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi.
Yuqori xavfli bo'lgan guruh pasientlar: buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda farmakokinetik ko'rsatkichlar o'zgarmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi
Agar pasient ayol homilador bo'lsa yoki ko'krak suti bilan emizayotgan bo'lsa, agar homilador ekanligini taxmin qilsa yoki homilador bo'lishni rejalashtirayotgan bo'lsa, u mazkur preparat qo'llanilishidan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashishi kerak. Umum qabul qilingan qoidaga ko'ra homilador ayollarda diuretiklarni qo'llashdan saqlanish lozim. Homiladorlik davrida paydo bo'ladigan fiziologik shishlarni davolash maqsadida qo'llash mumkin emas. Diuretiklar fetoplasentar etishmovchiligini va homila rivojlanishini buzilishi xavfini chaqirishi mumkin. Indapamid homiladorlik vaqtida faqat o'ta zarur hollarda qo'llanilishi mumkin, biroq uni buyurishdan avval shifokor pasientdan homiladorlik yoki uni rejalashtrishga taaluqli bo'lgan anamnezni yig'ishi lozim. Indapamid ko'krak sutiga chiqariladi. Ushbu sababga ko'ra preparatni emizish davrida qo'llash tavsiya etilmaydi
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
15 tabletkadan PVC/PVDC va alyumin folgali kontur-uyali o'ramida (blister).
2 kontur o'ramda tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Farmakodinamikasi
Indapamid SR diuretik dori preparatidir. U notiazid sulfonamid hosilalari guruhiga kiradi va indol halqasini saqlaydi. Farmakologik xususiyatlari bo'yicha u tiazid diuretiklarga yaqin. Tiazid diuretiklar kabi, u nefronning distal burma naychalarini proksimal qismiga ta'sir qiladi, u erda natriy va xloridlarning va kamroq darajada – kaliy va magniyning sekresiyasini oshishini chaqiradi va shu yo'l bilan chiqarilayotgan siydik hajmini oshiradi.
II va III bosqich (faza) klinik tadqiqotlar indapamidning gipotenziv samarasi 24 soat davomida saqlanishini ko'rsatdi.
Ushbu samara kuchsiz diuretik ta'sirni chaqiruvchi dozalarni qabul qilganda ham aniqlanadi.
Indapamidning antigipertenziv xususiyatlari arteriyalar devorining egiluvchanligini yaxshilanishi va arteriolalarning qarshiligini, shuningdek qon tomirlarning umumiy periferik qarshiligini kamayishi bilan bog'liq.
Indapamid chap yurak qorinchalari gipertrofiyasini kamaytiradi.
Tiazidlar va tiazidsimon diuretiklar uchun doza aniqlangan, terapevtik samarasi kuchaymaydi, shu vaqtda nojo'ya ta'sirlarining paydo bo'lishi oshadi. Shuning uchun agar o'tkazilayotgan davolash samarasiz bo'lsa, dori preparatining dozasini oshirish mumkin emas.
Gipertoniyasi bo'lgan pasientlarda turli davomiylikdagi (qisqa, o'rta va uzoq muddatli) davolash kursini o'tkazishda, indapamid:
- lipidlar: trigliseridlar, LPNP-xolesterin va LPVP-xolesterin metabolizmiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi;
- shuningdek, qandli diabeti tashxisi qo'yilgan arterial gipertenziyasi bo'lgan pasientlarda uglevodlar metabolizmini izdan chiqarmaydi.
Sotish shartlari
retsept bo'yicha
Maxsus saqlash sharoitlari
Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25S dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Dozani oshirib yuborilishi
40 mg gacha dozada, ya'ni taxminan terapevtik dozadan 27 marta yuqori dozada indapamidni toksik ta'siri tasdiqlanmagan. Simptomlari O'tkir zaxarlanish simptomlari suv-elektrolit muvozanatini buzilishi natijasida kelib chiqadi (giponatriemiya, gipokaliemiya). Ko'ngil aynishi, qusish, arterial bosimini pasayishi, mushak spazmlari, bosh aylanishi, uyquchanlik, dezorientasiya, poliuriya, anuriyaga olib keluvchi oliguriya (gipovolemiya oqibatida). Davolash Dozani oshirib yuborish hollarida me'dani yuvishni o'tkazish yoki faollashtirilgan ko'mirni buyurish, shuningdek stasionar sharoitida suv-elektrolit muvozanatini tiklash kerak.
Chiqarish shakllari