Apteka.uz
SavatKirish

Karsil

Karsil chiqarilish shakllari

KARSIL FORTE kapsulalar  90mg N30
KARSIL FORTE kapsulalar 90mg N30
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Sopharma PLC
•111 ta dorixonada bor
Narxi
77 800 so'm dan
KARSIL tabletkalari 22,5mg N80
Retseptsiz
KARSIL tabletkalari 22,5mg N80
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Sopharma AD
•117 ta dorixonada bor
Narxi
60 000 so'm dan
- Karsil qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Karsilning tarkibi
- Karsil ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Karsil narxi Toshkent dorixonalarida

Karsil haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Majmuaviy terapiya tarkibida: — jigarning toksik shikastlanishi; — o'tkir gepatit o'tkazilgandan keyingi holatlar; — virusli bo'lmagan etiologiyali surunkali gepatit; — jigar steatozi (alkogolli bo'lmagan va alkogolli); — jigar tsirrozi; — dori vositalari, alkogol uzoq vaqt qabul qilinganda, surunkali intoksikatsiyada (sh.j. kasbiy) jigar shikastlanishlarining oldini olish.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — faol yoki har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik; — 12 yoshdan kichik bolalar; — laktaza yetishmovchiligi, galaktozemiya yoki glyukoza/galaktoza malabsorbtsiyasi sindromi (tarkibida laktoza mavjudligi sababli). — tseliakiya (glyuten enteropatiyasi) (tarkibida bug‘doy kraxmali mavjudligi sababli). Ehtiyotkorlik bilan: silimarinning estrogenga o‘xshash ta’siri namoyon bo‘lishi mumkinligi sababli gormonal buzilishlar (endometrioz, bachadon miomasi, sut bezi, tuxumdonlar va bachadon karsinomasi, prostata bezi karsinomasi) bo‘lgan bemorlarga tayinlanadi.

Tarkibi

  • 1 kaps. ola-chipor sutli qushqo‘nmas mevalari quruq ekstrakti 163.6-225 mg, 90 mg silimaringa ekvivalent Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati 38.2-7.5 mg, mikrokristall tsellyuloza (101 turi) 38.2-7.5 mg, bug‘doy kraxmali 15.5 mg, povidon K25 3.7 mg, polisorbat 80 3.7 mg, suvsiz kolloid kremniy dioksidi 3.4 mg, mannitol 80 mg, krospovidon 14 mg, natriy gidrokarbonat 6 mg, magniy stearati 3.7 mg. Kapsula qobig‘i tarkibi: temir oksidi qora 0.02%, temir oksidi qizil 0.03%, titan dioksidi 0.6666%, temir oksidi sariq 0.35%, jelatin (100% gacha). ola-chipor sutli qushqo‘nmas mevalari quruq ekstrakti (silimaringa ekvivalent) 35 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, bug‘doy kraxmali, povidon (kolidon 25), mikrokristall tsellyuloza, magniy stearati, talk, dekstroza monogidrati, sorbitol, natriy gidrokarbonat. Qobiq tarkibi: tselatsefat, dietilftalat, saxaroza, akatsiya yelimi, jelatin, talk, titan dioksidi, makrogol (PEG 6000), Braun Opalyuks bo‘yoqchisi (saxaroza, temir oksidi qizil, temir oksidi qora, metil- va propilparagidroksibenzoat, tozalangan suv), glitserol.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi va taqsimlanishi: Ichga qabul qilingandan so‘ng silimarin MIYdan sekin absorbtsiya qilinadi. Ichak-jigar tsirkulyatsiyasiga uchraydi. Organizmda kumulyatsiya qilmaydi. 14C izotopi bilan nishonlangan silibinin tadqiq qilinganda eng yuqori konsentratsiyalar jigarda va juda oz miqdorlar - buyraklar, o‘pka, yurak va boshqa organlarda aniqlanadi. Metabolizmi va chiqarilishi: Jigarda kon'yugatsiya yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. T1/2 - 6 soat. Asosan (80%) safro bilan glyukuronidlar va sulfatlar ko‘rinishida va arzimas darajada (taxminan 5%) siydik bilan chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Karsil® Forte gepatoprotektor dori vositalari guruhiga kiradi. O'z ichiga ola o't o'simligi mevalarining quruq ekstraktini (silimarin ekvivalenti) oladi, u flavonolignanlarning 4 ta izomeri aralashmasidir: silibinin, izo-silibinin, silidianin va silikristin. Preparatning ta'sir mexanizmi hali ham etarlicha aniqlanmagan. Aniqlanishicha, silimarinning gepatoprotektor ta'siri gepatotsitlar membranasidagi tegishli retseptorlarda toksinlar bilan raqobatli o'zaro ta'sir qilish bilan bog'liq bo'lib, shu tariqa membranani barqarorlashtiruvchi ta'sir namoyon qiladi. Silimarin metabolik va hujayrani tartibga soluvchi samaralar ko'rsatadi, hujayra membranasi o'tkazuvchanligini tartibga soladi, 5-lipooksigenaza yo'lini, ayniqsa leykotrien B4 (LTB4) ni bostiradi, shuningdek erkin reaktiv kislorod radikallari bilan bog'lanadi. Shikastlangan gepatotsitlarda oqsillar (strukturaviy va funktsional) va fosfolipidlar sintezini rag'batlantiradi, regenerativ jarayonlarni tezlashtiradi. Silimarin mansub bo'lgan flavonoidlarning ta'siri shuningdek ularning antioksidant va mikrosirkulyatsiyani yaxshilovchi samaralari bilan belgilanadi. Klinik jihatdan bu samaralar sub'ektiv va ob'ektiv simptomatikaning yaxshilanishida va jigar funktsional holati ko'rsatkichlarining (transaminazalar, gammaglobulin, bilirubin) normallashuvida namoyon bo'ladi. Bu umumiy ahvolning yaxshilanishiga, ovqat hazm qilish bilan bog'liq shikoyatlarning kamayishiga, jigar kasalligi tufayli ovqat o'zlashtirilishi pasaygan bemorlarda esa ishtahaning oshishiga va tana vaznining ortishiga olib keladi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Dori preparati yaxshi o'zlashtiriladi. Kamdan-kam hollarda quyidagi nojo'ya ta'sirlar kuzatiladi: oshqozon-ichak trakti tomonidan: ko'ngil aynishi, dispepsiya, diareya. teri tomonidan: yakka hollarda teri allergik reaktsiyalari - qichishish, toshma, alopetsiya bo'lishi mumkin. Boshqalar: kamdan-kam hollarda mavjud vestibulyar buzilishlarning kuchayishi kuzatilishi mumkin. Nojo'ya ta'sirlar o'tkinchi xarakterga ega va preparat qabul qilish to'xtatilgandan keyin yo'qoladi.

Dozirovkasi

  • 35 mg 90 mg

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtda dozani oshirib yuborish holatlari haqida xabar berilmagan.

Dori shaklining ta'rifi

  • Tashqi qatlami jigarrang rangli va ichki qatlami oq rangli qobiq bilan qoplangan, ikki tomonlama qavariq shaklli draje; siniqda - jigarrang-sariqdan och-jigarrang ranggacha. Qattiq jelatin kapsulalar, o'lchami №0, och-jigarrang rangli, kapsula ichidagisi - och-sariqdan sariq-jigarrang ranggacha bo'lgan aglomeratli kukunsimon massa

Maxsus ko‘rsatmalari

Silimarinning ioximbin va fentolamin bilan antagonistik o'zaro ta'siri haqida xabar mavjud.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Silimarin peroral kontraseptivlar va gormonal o‘rin bosuvchi terapiyada ishlatiladigan preparatlar bilan birga qo‘llanilganda oxirgilarning samaralari kamayishi mumkin. Silimarin diazepam, alprazolam, ketokonazol, lovastatin, vinblastin kabi dorilarning samaralarini sitoxrom P450 tizimiga bostiruvchi ta’siri tufayli kuchaytirishi mumkin.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Muayyan preparatning qo'llash usuli va dozalash rejimi uning chiqarilish shakli va boshqa omillarga bog'liq. Optimal dozalash rejimini shifokor belgilaydi. Muayyan preparatning qo'llaniladigan dori shaklining qo'llash ko'rsatmalariga va dozalash rejimiga qat'iy rioya qilish kerak.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Karsil preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Karsil narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
64 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №21
Chilonzor tumani, 2 mavze, 1 uy, 2 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
64 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Bunyodkor 08
Chilonzor tumani, 6 mavze, 63 uy
24/7
64 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №28
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 51 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
64 000 so'm
Bron qilish

Karsil haqida savollar

Karsil haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil