Xondroask ko'rsatmalar
Quyidagilarda:
- I-III-darajali birlamchi va ikkilamchi osteoartroz, osteoporoz, parodontopatiyalar;
- elka-kurak periartriti;
- osteoxondroz, spondilyoz, tizza qopqog'ining xondromalyasiyasi;
- sinishlar (suyak qadog'i hosil bo'lishini tezlashtirish uchun);
- bo'g'imlar va umurtqa pog'onasining degenerativ-distrofik kasalliklarida qo'llanadi
-preparatning har qanday tarkibiy qismiga individual yuqori sezuvchanlik (allergik reaktsiyalar),
-fenilketonuriya,
-buyrak funktsiyasini yaqqol buzilishlari,
-15 yoshgacha bo'lgan bolalar,
-homiladorlik va laktasiya davrida qo'llash mumkin emas.
- Farmakokinetikasi
- Maxsus shartlar
- Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi
- Dozirovkasi
- Nojo'ya samaralari
- Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
- Farmakologik ta'sir
- Maxsus saqlash sharoitlari
- Ta'rifi
- Dozani oshirib yuborilishi
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganida xondroitin sulfatining 90% me'da-ichak yo'llari (miy) dan so'riladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasi 3-4 soatdan so'ng, sinovial suyuqligida esa 4-5 soatdan keyin aniqlanadi. Sinovial suyuqlikka nisbatan biokirishaolishligi: xondroitin uchun - 13%, glyukozamin uchun esa - 25% (jigar orqali "birinchi o'tish" samarasi ifodalangan). To'qimalarda taqsimlanishida eng katta kontsentrasiyalari jigarda, buyrakda va bo'g'im tog'ayida aniqlanadi. Qabul qilingan dozaning taxminan 30% suyak va mushak to'qimasida uzoq aylanib yuradi. T1/2 - 6-8 soat. Asosan siydik bilan o'zgarmagan holda, qisman ahlat bilan chiqariladi.
Maxsus shartlar
Shifokor tomonidan tavsiya etilgan doza oshirilmasin. Parodontopatiyalarning turli shakllarida davolash kursini kamida 3 oy davom ettirish kerak.
Qandli diabet, bronxial astmaga chalingan va qon ketishlarga moyilligi bo'lgan bemorlarda dorini ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Qandli diabetga chalingan bemorlarda davolashning boshlanishida qondagi qand miqdorini nazorat qilish maqsadga muvofiqdir.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanilishi
Agar Xondroask plyus bilan davolanish vaqtida sizning homilador ekanligizni aniqlagan bo'lsangiz, darhol shifokoringizga murojat qiling, chunki fakat u davolanishni davom ettirish masalasini hal qilishi mumkin.
Homiladorlik va laktasiya davrida preparatning samaradorligi va xavsizligi to'g'risida klinik ma'lumotlar yo'qligi sababli preparatni ushbu davrda qo'llash mumkin emas.
Avtomobilni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Xondroask plyus preparatining qabuli pasientlardagi yuqori diqqat va tez ruhiy-xarakat reaktsiyalarini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi
Agar Xondroask plyus bilan davolanish vaqtida sizning homilador ekanligizni aniqlagan bo'lsangiz, darhol shifokoringizga murojat qiling, chunki fakat u davolanishni davom ettirish masalasini hal qilishi mumkin.
Homiladorlik va laktasiya davrida preparatning samaradorligi va xavsizligi to'g'risida klinik ma'lumotlar yo'qligi sababli preparatni ushbu davrda qo'llash mumkin emas
Dozirovkasi
Xondroask plyus ni xar doim sizni davolayotgan shifokorning ko'rsatmalariga amal qilgan holda qo'llang. Agar sizda biron narsaga ishonchsizlik bo'lsa farmasevtga yoki shifokoringizga murojat qiling.
Kattalar va 15 yoshdan katta bolalarga birinchi 3 hafta davomida 2 ta kapsuladan sutkada 3 marta, keyingi kunlarda esa 2 ta kapsuladan sutkada 2 marta buyuriladi. Davolash muddati 3-6 oy. Qayta davolash kurslari o'tkazilishiga zarurat bo'lganda ularning davomiyligi individual belgilanadi. Preparatni ovqat qabulidan qat'iy nazar ko'p bo'lmagan mikdordagi suv bilan ichish kerak.
Nojo'ya samaralari
Har qanday dori preparati kabi, Xondroask plyus ham garchi ular har kimda uchramasa ham nojo'ya reaktsiyalar chaqirishi mumki.
Alohida hollarda quyidagi nojo'ya reaktsiyalar kuzatilishi mumkin:
Me'da-ichak yo'li tomonidan: kam hollarda dispepsiya, ahamiyatsiz ko'ngil aynishi hissi, epigastral sohada og'riq, diareya, qabziyat, meteorizm kuzatilishi mumkin.
Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda – allergik reaktsiyalar, jumladan, terida qizarish va toshmalar, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish.
Teri va uning strukturalari tomonidan: sochlarning to'kilishi.
Nerv tizimi va sezgi a'zolari tomonidan: bosh og'rig'i, umumiy holsizlik, uyquchanlik, ko'rishning buzilishi aniqlanishi mumkin.
Keltirilgan barcha simptomlar preparat to'xtatilgandan keyin yo'qoladi.
Ushbu yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa nojo'ya reaktsiyalar sizda kuzatilsa, iltimos farmasevtga yoki ishlab chiqaruvchiga xabar qiling.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
10 kapsuladan kontur uyali o'ramda. 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11 yoki 12 ta kontur uyali o'ramlar tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida. 10, 20, 30, 40, 50, 60 yoki 90 ta kapsuladan flakonda.
Farmakologik ta'sir
Tog'ay to'qimasi regenerasiyasini rag'batlantiradi. Glyukozamin va xondroitin sulfati biriktiruvchi to'qima biosintezida ishtirok etadi, Tog'ay to'qimasining buzilish jarayonlarini oldini oladi va to'qima tiklanishini rag'batlantiradi. Ekzogen glyukozaminning to'qimaga kiritilishi Tog'ay matriksi ishlab chiqarilishini kuchaytiradi va nospesifik himoyani, jumladan nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar (NYAQV) va glyukokortikosteroidlar (GKS) dan himoyani ham, ta'minlaydi. Glyukozamin gidroxloridi xondroprotektorlik va o'rtacha yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega.
Xondroitin sulfati intakt shaklda yoki alohida komponentlar ko'rinishida so'rilishidan qat'iy nazar, sog'lom Tog'ay matriksining paydo bo'lishi uchun qo'shimcha substrat bo'lib xizmat qiladi. Proteoglikanlar va kollagenning II-turini ishlab chiqarilishini rag'batlantiradi, hamda Tog'ay matriksini fermentativ parchalanishidan (gialuronizadani faolligini bosish yo'li bilan) va erkin radikallarning ta'siridan himoya qiladi; sinovial suyuqlik qovushqoqligini ta'minlaydi, tog'ayning reparasiya mexanizmini rag'batlantiradi va tog'ayni parchalaydigan (elastaza, gialuronidaza) fermentlar faolligini susaytiradi. Osteoartritni davolashda kasallik simptomlarini engillashtiradi va NYAQV ga bo'lgan ehtiyojni kamaytiradi.
Xondroask plyus qabul qilinganda barqaror davolovchi samaraga kamida 6 oydan kam bo'lmagan muddatda erishiladi.
Glyukozamin gidroxloridi xondroprotektor xususiyatga ega, organizmda glikozaminoglikanlar tanqisligini kamaytiradi, proteoglikanlar va gialuron kislotasining biosintezida ishtirok etadi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Quruq, yorug'likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda, 150S dan 250S gacha bo'lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil
Ta'rifi
№0 ўлчамли оқ рангли капсулалар. Капсула ичидаги модда – оқ ёки бироз сарғиш тусли оқ рангли кукун.
Dozani oshirib yuborilishi
Sizga buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilinganida darhol shifokorga murojaat qiling! Ta'riflanmagan va ehtimoli kam. Dozani oshirib yuborish hollarida simptomatik davolash, me'dani yuvish tavsiya qilinadi.
Chiqarish shakllari