Limfomiozot
Limfomiozot chiqarilish shakllari


Limfomiozot haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning faol yoki boshqa yordamchi komponentlarga yuqori sezuvchanlikda qoʼllash mumkin emas.
Limfomiozotni qabul qilishni unutgan boʼlsangiz
Oʼtkazib yuborilgan doza oʼrnini toʼldirish uchun qoʼshimcha doza qabul qilmang.
Limfomiozotni qabul qilishni toʼxtatgan boʼlsangiz
Dori vositasidan qoʼllash boʼyicha qoʼshimcha savollar boʼlsa, shifokor bilan maslahatlashing.
Farmakodinamikasi
Preparatning farmakologik xususiyatlari, uning tarkibiga kiruvchi tabiiy komponentlar, shishni kamaytiruvchi va limfadrinajni yaxshilovchi xususiyatlariga ega.
Farmakokinetikasi
Oʼrganilmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Birorta ham dozani oshirish holatlari qayd etilmagan va preparat gomeopatik aralashma boʼlganligi tufayli kutilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Tarkibida 35% etanol (spirt) mavjud.
Ӽomiladorlik va laktatsiya davrida qoʼllanilishi
Gomeopatik aralashma boʼlganligi sababli, homiladorlik va laktatsiya davrida preparat komponentlari toksik taʼsir koʼrsatmaydi.
Аgar homilador boʼlsangiz, emizsangiz, yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan boʼlsangiz, dori preparatni ishlatishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.
Аvtomobilni va murakkab mezanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri
Taʼsir qilmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Gomeopatik aralashma boʼlganligi sababli oʼzaro taʼsirlar haqida xabar boʼlmagan va kutilmaydi.
Аgar boshqa dori preparatlaridan qoʼllayotgan boʼlsangiz, yaqinda qoʼllagan boʼlsangiz yoki qoʼllashni rejalashtirayotgan boʼlsangiz, bu haqida shifokorni xabardor qiling.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Standart doza:
Kattalar va 12 yoshdan katta bolgan bolalar: 10 tomchidan kuniga 3 marta.
Bolalar:
2 yoshgacha: 3 tomchidan kuniga 3 marta.
2–5 yoshgacha: 5 tomchidan kuniga 3 marta.
6–11 yoshgacha: 7 tomchidan kuniga 3 marta.
Kasallikning oʼtkir shakli va erta davolash uchun doza:
Kattalar va 12 yoshdan katta bolgan bolalar: Xar 30-60 minutda 10 tomchidan, kuniga 12 martagacha, soʼngra standart sxema boʼyicha davom etiladi.
Bolalar:
2 yoshgacha: har 30-60 minutda 3 tomchidan, kuniga 12 martagacha, soʼngra standart sxema boʼyicha davom etiladi.
2–5 yoshgacha: har 30-60 minutda 5 tomchidan, kuniga 12 martagacha, soʼngra standart sxema boʼyicha davom etiladi.
6–11 yoshgacha: har 30-60 minutda 7 tomchidan, kuniga 12 martagacha, soʼngra standart sxema boʼyicha davom etiladi.
Qoʼllash usuli:
Ovqat qabul qilish vaqtida qoʼllanilamasin. Bolalarga: ozgina suv bilan suyultirish mumkin.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)








