Apteka.uz
SavatKirish

Liv-52

Liv-52 chiqarilish shakllari

LIV 52 tabletkalari N100
LIV 52 tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Himalaya Globala Holdings Ltd, Kaymanovi ostrova proizvedeno: The Himalaya Drug Company
•42 ta dorixonada bor
Narxi
56 000 so'm dan
- Liv-52 qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Liv-52ning tarkibi
- Liv-52 ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Liv-52 narxi Toshkent dorixonalarida

Liv-52 haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • — o'tkir va surunkali infektsion, toksik va dorili gepatitlar;
  • — kattalarda jigar tsirrozi;
  • — yog'li gepatoz;
  • — anoreksiya;
  • — jigarning toksik shikastlanishlari (antibiotiklar, silga qarshi preparatlar, isitma tushiruvchi vositalar chaqiradigan) profilaktikasi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • — homiladorlik;
  • — laktatsiya.

Tarkibi

  • tikanli kovul ildizlari kukuni 65 mg
  • oddiy sachratqi urug‘lari kukuni 65 mg
  • temir oksidi (mandur basma) 33 mg
  • qora ituzum kukuni 32 mg
  • arjuna terminaliyasi po‘stlog‘i kukuni 32 mg
  • g‘arb kassiyasi urug‘lari kukuni 16 mg
  • oddiy bo‘ymodaron o‘ti kukuni 16 mg
  • gall tamariksi kukuni 16 mg,
  • dorivor xom ashyolar aralashmasidan olingan bug‘ ustida ishlangan ekstrakt: oq eklipta, niruri filantusi, yoyiq berxaviya, yuraksimon tinospora, ekma turp, dorivor emblika, seylon qo‘rg‘oshin o‘ti, smorodina embeliysi, xebula terminaliyasi (mirobalan daraxti), dorivor shatara.
  • Yordamchi moddalar: magniy stearati, mikrokristall tsellyuloza, natriy kroskarmelloza, natriy karboksimetiltsellyuloza.

Farmakokinetikasi

Liv. 52 ning terapevtik samarasi uning tarkibiy qismlarining umumiy ta'siri bilan bog'liq, shuning uchun kinetik kuzatuvlarni o'tkazish imkoni yo'q.

Farmakologik ta'siri

Majmuaviy o'simlik preparati. Gepatoprotektiv, antitoksik, yallig'lanishga qarshi, o't haydovchi, antioksidant, antianoreksik ta'sir ko'rsatadi. Ovqat hazm qilish va ozuqani o'zlashtirish jarayonini yaxshilashga yordam beradi.

Liv. 52 ning gepatoprotektiv ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning antioksidant va membranani barqarorlashtiruvchi xususiyatlari bilan bog'liq. Preparat gepatotsitlarda endogen tokoferollar darajasini va sitoxrom P450 darajasini oshiradi. Liv. 52 oqsillar va fosfolipidlarni biosintezini rag'batlantiradi. Gepatotsitlarni tiklanishiga yordam beradi, degenerativ, yog'li va fibroz o'zgarishlarni kamaytiradi, hujayra ichidagi metabolizmni kuchaytiradi.

Preparat albumin/globulin nisbatini me'yorlashtirib, qon plazmasi oqsillari darajasini tartibga soladi. Plazma transaminazalari, xolesterin, triglitseridlar darajasini me'yorlashtirishni ta'minlaydi, dislipidemiya ko'rinishlarini kamaytiradi. Bilirubin va ishqoriy fosfataza ko'rsatkichlarini pasaytiradi. Jigarning glikogenni to'plash qobiliyatini oshiradi.

O'tning kolloid xususiyatlarini yaxshilaydi, o't toshlari hosil bo'lishining oldini oladi. O't pufagining qisqarish faoliyatini yaxshilaydi.
Gemopoezni rag'batlantiradi.
Jigarning alkogolli shikastlanishida preparat qon va siydikdagi etanol darajasini pasaytiradi; asetaldegiddegidrogenaza faolligini oshiradi, bu esa asetaldegid darajasini pasaytirishga yordam beradi; asetaldegidning hujayra oqsillari bilan bog'lanishining oldini oladi, uning chiqarilishini tezlashtiradi.
Asetaldegidning gepatotsitlarga shikastlovchi ta'sirini oldini olib, preparat "poxmel" sindromi rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Bo'lishi mumkin: allergik reaktsiyalar, dispepsiya

Dozirovkasi

Profilaktika maqsadida preparat 2 tab. dan sutkasiga 2 marta tayinlanadi.
Davolash maqsadida 6 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 tab. dan sutkasiga 2-3 marta, kattalarga - 2-3 tab. dan sutkasiga 2-3 marta tayinlanadi.
Tomchilar shaklidagi preparat davolash va profilaktika maqsadida 2 yoshdan oshgan bolalarga 10-20 tomchidan sutkasiga 2 marta, kattalarga - 80-160 tomchidan (1-2 choy qoshiq) sutkasiga 2 marta tayinlanadi.

Dori shaklining ta'rifi

  • Yashil-kulrang rangli, ochroq va to'qroq rangli dog'lari bo'lgan, dumaloq, ikki tomonlama qavariq tabletkalar.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatni OIT o'tkir kasalliklari bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Liv.52 preparatining dori vositalari bilan o'zaro ta'siri ta'riflanmagan.

Nojo'ya samaralari

Bo‘lishi mumkin: allergik reaksiyalar, dispepsiya.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Liv-52 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Liv-52 narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
CITY PHARM Virusologiya 24
Yunusobod tumani, Yangishaxar, 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
62 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kardiologiya 27
Mirzo Ulug'bek tumani, Osiyo ko'ch., 17 uy
24/7
62 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Bunyodkor 08
Chilonzor tumani, 6 mavze, 63 uy
24/7
62 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Parket bozori 30
Mirzo Ulug'bek tumani, Parket ko'ch., 9 uy, 2 xonadon
24/7
62 000 so'm
Bron qilish

Liv-52 haqida savollar

Liv-52 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil