LIZINOKORning aptekalardagi narxlari
LIZINOKOR tabletkalari 10mg N20
|
|
237 ta dorixonada bor
|
29 800 so'mdan
Dorixonadan topish
|
40 300 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
33 500 so'mdan
Bron qilish
|
LIZINOKOR tabletkalari 5mg N20
|
|
235 ta dorixonada bor
|
21 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
30 900 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
23 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
LIZINOKOR ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LIZINOKOR
LIZINOCORUM
Preparatning savdo nomi: Lizinokor
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): lizinopril
Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
Lizinokorning bir tabletkasi quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 5 mg, 10 mg yoki 20 mg lizonopril;
yordamchi moddalar: mannitol, kalsiy gidrofosfati, jelatinlangan kraxmal (Uni-Pure WG 220), jelatinlangan kraxmal (Uni-Pure FL), kremniy dioksidi, magniy stearati.
Opisanie: dumaloq, ikkiyoqlama qavariq , qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: AAF ingibitori – gipotenziv vosita.
ATX kodi: S09AA03.
Farmakologik xususiyatlari
Gipotenziv preparat – AAF ingibitori. Angiotenzin I dan angiotenzin II ni hosil bo‘lishini buzadi va uning qon tomirlarni toraytiruvchi ta‘sirini, shuningdek buyrak usti bezlarida aldosteronni ishlab chiqarilishiga uning rag‘batlantiruvchi ta‘sirini kamaytiradi. Lizinoprilning ta‘siri ostida TUPQ pasayadi, YUQS ni o‘zgarmasdan, minutlik hajmini oshiradi, old va keyingi yuklama kamayadi, AB pasayadi. Lizinoprilning ta‘sir davomiyligi doza kattaligiga bog‘liq bo‘lib, o‘rtacha 24 soatdan ko‘proqni tashkil qiladi.
Preparat ichga qabul qilinganidan so‘ng lizinopril MIY dan so‘riladi. Ovqat qabul qilish lizinoprilning so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanmaydi. Lizinopril organizmda biotransformasiyaga uchramaydi. Buyraklar orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- arterial gipertenziya (shu jumladan renovaskulyar);
- surunkali yurak yetishmovchiligida (majmuaviy davolash tarkibida) qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatning dozasi shaxsiy tanlanadi.
Arterial gipertenziyada boshlang‘ich doza sutkada 1 marta 10 mg ni tashkil qiladi. Samarani bir maromda saqlab turuvchi doza sutkada 20 mg ni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza – 40 mg.
Dastlab diuretiklar olgan pasientlarda Lizinokorni qo‘llashni boshlashdan 2-3 kun oldin ularni bekor qilish kerak. Samarasini to‘liq rivojlanishi uchun preparat bilan 2-4 haftalik davolash kursi talab qilinishi mumkin.
Surunkali yurak yetishmovchiligida davolash kichik dozalardan boshlanadi, samarani bir maromda saqlab turuvchi doza sutkada 5-20 mg ni tashkil qiladi. Yurak yetishmovchiligida Lizinokorni diuretiklar va/yoki yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda boshlang‘ich doza kreatinin klirensining ko‘rsatkichlariga qarab belgilanadi. Samarani bir maromda saqlab turuvchi doza AB ga qarab belgilanadi (buyrak faoliyati, qon plazmasidagi kaliy va natriy miqdorining nazorati ostida).
Preparatni sutkada 1 marta, ertalab, ovqatdan oldin yoki undan so‘ng, har kuni bir vaqtda qabul qilgan ma‘qul.
Nojo‘ya ta‘sirlari
MNT tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, ko‘ngil aynishi, qusish.
Nafas tizimi tomonidan: quruq yo‘tal.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya, to‘sh ortida og‘riq, taxikardiya.
Qon yaratish tizimi tomonidan: agranulositoz, gemoglobin va gematokritning pasayishi, yakka hollarda – SOE ni oshishi.
Laboratoriya ko‘rsatkichlari tomonidan: giperkaliemiya, kreatinin, mochevina azoti miqdorini oshishi (ayniqsa buyrak kasalliklari, qandli diabet, renovaskulyar gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda).
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, angionevrotik shish kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- AAF ingibitorlari bilan avvalgi davolash fonidagi angionevrotik shish;
- buyrak arteriyalari yoki aorta og‘zining stenozi;
- buyraklar faoliyatini og‘ir buzilishlari;
- homiladorlik, laktasiya;
- bolalar;
- preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Lizinokor bilan davolashni boshlashdan oldin yo‘qotilgan suyuqlik va tuz o‘rnini qoplash lozim, chunki arterial gipotenziyani rivojlanish xavfi oshadi.
Buyraklar faoliyati buzilgan, keksa yoshli pasientlarda, shuningdek saluretiklar va antidepressantlarni qabul qilayotgan bemorlarda alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Preparat bilan davolanish davrida periferik qon manzirasini nazorat qilish lozim.
Lizinokor kaliy tejovchi diuretiklar (spirinolakton, triamteren, amilorid), kaliy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida giperkaliemiyani rivojlanish xavfi oshishi mumkin (ayniqsa buyrak faoliyati buzilgan pasientlarda). Shuning uchun ushbu kombinasiyalar ehtiyotkorlik bilan, qon plazmasidagi kaliy miqdori va buyraklar faoliyatini nazorati ostida buyuriladi.
Lizinokor diuretiklar, antigipertenziv preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida additiv antigipertenziv samara aniqlanadi.
NYAQV bilan (ayniqsa indometasin bilan) bir vaqtda qo‘llanganida Lizinokorning antigipertenziv ta‘sirini kamayishi aniqlanadi.
Bir vaqtda qo‘llanganida Lizonokor etanolning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.
Lizinokor litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida litiyning organizmdan chiqarilishini pasaytirishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: arterial gipotenziya.
Davolash: suv-elektrolit muvozanatini tiklash. Zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
5 mg, 10 mg yoki 20 mg dan tabletkalar; o‘ramda 20 tabletka.
Saqlash sharoiti
10-250S haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari