Ташкент
logo
SavatKirish

Lorinden

Lorinden chiqarish shakllari

LORINDEN A maz 15g
Retseptli
LORINDEN A maz 15g
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
VALEANT, OOO, Rossiya proizvedeno: Pharmaceutical Works Jelfa S.A.
•117 ta dorixonada bor
Narxi
41 300 so'm dan
LORINDEN A maz
Retseptli
LORINDEN A maz
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Jelfa S.A.
•4 ta dorixonada bor
Narxi
47 000 so'm dan
LORINDEN S maz 15g
Retseptli
LORINDEN S maz 15g
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Valeant, OOO, Rossiya proizvedeno: Pharmaceutical Works Jelfa S.A.
•5 ta dorixonada bor
Narxi
43 700 so'm dan
LORINDEN S maz
Retseptli
LORINDEN S maz
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Jelfa S.A.
Lorinden A
Retseptli
Lorinden A
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
TORIMED PHARM OOO
Lorinden S
Retseptli
Lorinden S
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dentafill Plyus YaTT
LORINDEN A 15,0 maz
Retseptli
LORINDEN A 15,0 maz
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Farmzavod Yelfa A.O.
LORINDEN S 15,0 maz
Retseptli
LORINDEN S 15,0 maz
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Farmzavod Yelfa A.O.
- Lorinden qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Lorindenning tarkibi
- Lorinden ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Lorinden narxi Toshkent dorixonalarida

Lorinden qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LORINDEN A

LORINDEN A

 

Preparatning savdo nomi: Lorinden A

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Flumetazon pivalati, salisil kislotasi.

Dori shakli: Surtma

Tarkibi:

Faol moddalar: Flumetazon pivalati – 0,02 g, salisil kislotasi – 3,0 g.

Yordamchi moddalar: propilenglikol, suvsiz lanolin, tibbiyot vazelini.

Ta‘rifi: Sarg‘ish tusli oq rangli surtma.

Farmakoterapevtik guruhi: Mahalliy yallig‘lanishga qarshi vosita.

ATX kodi: D07XB01

 

Farmakologik xususiyatlari

Curtma mahalliy yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi va ekssudatlarga qarshi ta‘sirga ega bo‘lgan glyukokortikosteroid saqlaydi.

Preparatning tarkibiga kiruvchi salisil kislotasi terini yumshatadi va o‘ta muguzlashib ketgan epidermis orqali glyukokortikosteroidni o‘tishini osonlashtiradi, shu bilan bir vaqtda uning yumshashiga olib keladi va kuchsiz dezinfeksiyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Qo‘llanilishi

Boshqa steroid preparatlar bilan davolashga rezistent bo‘lgan surunkali teri kasalliklarida, ayniqsa, haddan tashqari yoki noto‘g‘ri muguzlashishda, masalan:

  • lixenifikasiya bilan kechuvchi ekzema;
  • terini dag‘allanishi va qalinlashishi bilan kechuvchi cheklangan prurigo;
  • psoriaz, ayniqsa eski;
  • terining sochli qismini psoriazi;
  • eritrodermiya, yassi va so‘galli temiratkilarda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Mahalliy qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va tezligini shifokor belgilaydi.

Odatda kuniga 2-3 marta terining og‘riqli o‘zgargan sohalariga yupqa qilib suriladi. Holat yaxshilangandan keyin preparatni yana qaytadan kuniga 1-2 martadan har 3-4 kunda qo‘llaniladi.

Preparat okklyuzion bog‘lov ko‘rinishida qo‘llanilishi mumkin.

Preparatni 2 haftadan ortiq qo‘llash mumkin emas.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Qo‘llash vaqtida: kontaktli ekzema turidagi turli holatlar, allergik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda allergik simptomlar yuzaga kelishi mumkin.

Oldindan mavjud bo‘lgan o‘zgarishlar, masalan dag‘al yoki pushti husnbuzarlar va perioral dermatitlarning avj olishi.

Bundan tashqari: poststeroid husnbuzarlar, teri atrofiyasi va striyalarni paydo bo‘lishi, teri qoplamalarini achishishi, qichishishi va ta‘sirlanishi. Ba‘zan depigmentasiyali teri qurishi kuzatiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlar yoki xavotirli simptomlar yuzaga kelgan hollarda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Teri kasalliklarining yiringli asoratlari, terining virusli va mikozli kasalliklari, teri tuberkulyozi, sifilitik o‘zgarishlar, suvchechak, teri o‘smalari va saraton oldi holati, boldirning venalarini varikoz kengayishi fonidagi yaralanishi, kortikosteroidlarga yoki surtma asosi komponentlariga allergiya bo‘lganida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Deyarli yo‘q. Davolash vaqtida chechakka qarshi emlashni, shuningdek boshqa immunizasiya turlarini o‘tkazish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Teri asoratlari paydo bo‘lishi mumkinligi sababli, yuz terisiga, ayniqsa davomli qo‘llashdan saqlanish lozim («Nojo‘ya ta‘siri»ga qarang).

Katarakta va glaukoma bilan og‘rigan bemorlarda ko‘z ichi suyuqligining tor va keng burchak bilan oqishida qovoq oldiga juda ehtiyot bo‘lib qo‘llash lozim.

Dori bolalarda qo‘llashga ruxsat etiladi, lekin qat‘iy ehtiyotkorlik bilan va qisqa vaqt qo‘llanilishi lozim.

Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi

Homiladorlik vaqtida, ayniqsa davomli va terining katta sohalariga qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Terining katta sohalariga uzoq qo‘llaganida nojo‘ya samaralarni (shishlar, gipertenziya, giperglikemiya, infeksiyalarga beriluvchanlik, og‘ir hollarda – Kushing kasalligini rivojlanishi) kuchayishi bilan namoyon bo‘ladigan dozani oshirib yuborish belgilari paydo bo‘lishi mumkin. O‘z vaqtida asta-sekin dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish yoki kuchsiz ta‘sirga ega glyukokokortikosteroidlarni qabul qilish kerak.

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun surtma 10 g yoki 15 g alyumin tubalarda.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bilan.

Ulashish:

Lorinden narxlari

Lorinden barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Lorinden savollari

Lorinden fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil