Apteka.uz
SavatKirish

Magnerot

- Magnerot qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Magnerotning tarkibi
- Magnerot ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Magnerot narxi Toshkent dorixonalarida

Magnerot qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi,
Germaniya
Faol modda

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Miokard infarkti, surunkali yurak yetishmovchiligi, magniy yetishmovchiligi chaqirgan yurak aritmiyalari, spastik holatlar (shu jumladan angiospazm), ateroskleroz, dislipidemiyalarni kompleks davolashda va oldini olish uchun.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Preparatga yuqori sezuvchanlik, siydik tosh kasalligi, buyrak funksiyasining buzilishi, assit bilan jigar sirrozi, 18 yoshgacha bo‘lganlar (samaradorlik va xavfsizlik aniqlanmagan).

Tarkibi

  • magniy orotati digidrati 500 mg, shu jumladan magniy 32.8 mg Yordamchi moddalar: natriy karmelloza, makkajo‘xori kraxmali, kolloid kremniy dioksidi, laktoza monogidrati, magniy stearati, natriy siklamat, povidon K30, talk, mikrokristall tsellyuloza.

Farmakologik ta'siri

Magniy preparati. Magniy eng muhim makroelement hisoblanadi. Ko'plab energetik jarayonlarni ta'minlash uchun zarur, oqsillar, yog'lar, uglevodlar va nuklein kislotalar almashinuvida ishtirok etadi. Magniy nerv-mushak o'tkazuvchanligini bostirib, nerv-mushak qo'zg'alishi jarayonida ishtirok etadi. Magniy kaltsiyning tabiiy fiziologik antagonisti sifatida alohida qiziqish uyg'otadi. Magniy miokard hujayralarining normal ishlashini nazorat qiladi; miokardning qisqarish funktsiyasini tartibga solishda ishtirok etadi. Stressli vaziyatlarda erkin ionlashgan magniyning yuqori miqdori chiqariladi, shu munosabat bilan magniyning qo'shimcha miqdori stressga chidamlilikni oshirishga yordam beradi. Magnerot® tarkibiga orot kislotasi kiradi, u hujayralar o'sishiga yordam beradi, moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok etadi. Bundan tashqari, orot kislotasi hujayrada magniyni ATF da fiksatsiya qilish va uning ta'sirini namoyon qilish uchun zarur.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Oshqozon-ichak trakti tomonidan: beqaror axlat va diareya (yuqori dozalarda qo'llanilganda), odatda preparat dozasi kamaytirilganda mustaqil ravishda o'tib ketadi; allergik reaktsiyalar.

Dozani oshirib yuborilishi

Ta’sirlangan nojo‘ya reaksiyalar ko‘rinishlarining kuchayishi mumkin.

Dori shaklining ta'rifi

  • Tabletkalar Oq rangli, bir tomonida faskasi va chiziqchasi bo'lgan tabletkalar

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MAGNEROT®

MAGNEROT

 

Ushbu dori vositasini qabul qilishni boshlashdan oldin ushbu yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing.

Bu dori reseptsiz beriladi. Optimal natijalarga erishish uchun uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomadagi bayon qilingan hamma tavsiyalarni bajargan holda ishlatish lozim.

  • Ilova-varaqani saqlab qo‘ying, ehtimol u yana kerak bo‘lib qolishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling.
  • Agar Sizning ahvolingiz yomonlashsa yoki davolash kursidan keyin yahshilanish kuzatilmasa, shifokorga murojaat qiling.

 

Preparatning savdo nomi: Magnerot®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): magniy orotati

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 500 mg magniy orotati digidrati;

yordamchi moddalar: kolloidli kremniy dioksidi2,50 mg, natriy karmeloza – 10,00 mg, mikrokristall sellyuloza – 67,50 mg, makkajo‘hori kraxmali – 22,50 mg, povidon K-30 – 30,00 mg, laktoza monogidrati – 50,00 mg, natriy siklamati – 1,50 mg, talk – 18,75 mg, magniy stearati – 1,63 mg.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq, ikki tomonida faskasi va bir tomonida riskasi bo‘lgan yassi tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: magniy preparati.

ATX kodi: A12SS09

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Magniy preparati. Magniy ko‘plab energetik jarayonlarni ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan mikroelement hisoblanadi, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va nuklein kislotalarni almashinuvida ishtiroq etadi. Magniy nerv-mushak o‘tkazuvchanligini susaytirib, nerv-mushak qo‘zg‘alishi jarayonida ishtiroq etadi. Magniy kalsiyning yagona tabiiy fiziologik antagonisti sifatida alohida ahamiyatga ega. Magniy miokard xujayralarini normal faoliyat ko‘rsatishini nazorat qiladi; miokardning qisqaruvchanlik funksiyasini boshqarishida qatnashadi. Stressli vaziyatlarda magniy erkin ionlashgan shaklda ko‘p miqdorda ajralib chiqariladi, shu sababli magniyning qo‘shimcha miqdori stressga nisbatan rezistenlikni oshishiga yordam beradi.

Magniyni tanqisligi nerv-mushak buzilishlariga (motor va sensor yuqori qo‘zg‘aluvchanlikka, tirishishlarga, paresteziyalarga), ruhiy o‘zgarishlarga (depressiya holatiga, ongni chalkashishiga va gallyusinasiyalarga), yurak-qon tomir kasalliklarga (yurak qorinchalari ekstrasistoliyalarga, taxikardiyaga, yurak glikozidlarga yuqori sezuvchanlikka) olib keladi. Homiladorlik davrida magniy tanqisligi toksikoz va muddatdan oldin tug‘ruqlar ehtimolini oshiradi. Orotat kislotasining tuzlari moddalar almashinuvi jarayonida qatnashadi. Bundan tashqari, orot kislotasani tuzlari xujayrada ATF ga magniyni birikishi va uning ta‘sirini namoyon bo‘lishi uchun zarurdir.

Farmakokinetikasi

Qabul qilingan dozaning taxminan 35-40% so‘riladi. Gipomagniemiyada magniy ionlarini so‘rilishi kuchayadi. Orotat kislotasaning tuzlarini mavjudligi magniyni so‘rilishini yaxshilanishiga yordam beradi. Magniy buyrak orqali chiqariladi, magniy tanqisligida uni chiqarilishi susayadi va keragidan ortiq bo‘lganida chiqarilishi oshadi.

 

Qo‘llanilishi

Miokard infarktini, stenokardiyani, surunkali yurak yetishmovchiligini, magniy tanqisligi oqibatidagi yurak aritmiyalarini, spastik holatlarni – mushaklar og‘rig‘i va spazmlarini (shu jumladan angiospazmni), aterosklerozni, arteriitni, lipid almashinuvini buzilishini majmuaviy davolash va profilaktika sifatida qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalar

Tabletkalarni ovqatdan oldin oz miqdordagi suv bilan qabul qilish kerak.

2 tabletkadan kuniga 3 marta, 7 kun davomida, so‘ngra har kuni 1 tabletkadan 2-3 marta buyuriladi. Davolash kursining davomiyligi 4-6 xaftadan kam bo‘lmasligi kerak. Zarurat bo‘lganida Magnerot®ni uzoq muddat qo‘llash mumkin.

Boldir mushaklarini tungi tirishishlarida kechqurun 2-3 tabletkadan qabul qilish tavsiya qilinadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: odatda preparatning dozasi kamaytirilganda mustaqil o‘tib ketuvchi barqaror bo‘lmagan ich ketishi va diareya; allergik reaksiyalar.

  • Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya ta‘sirlar chuqurlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya ta‘sirlarni sezsangiz bu haqida shifokorga xabar bering.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Garchi homiladorlik va laktasiya (emizish davri) da magniyga ehtiyoj yuqori bo‘lsa-da, preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda shifokor ko‘rsatmasiga binoan ushbu preparatni qo‘llash mumkin emas. Agar magniy miqdori muvozanatlanmagan bo‘lsa, bu jiddiy asoratlarga, shu jumladan homilani tushib qolishiga olib kelishi mumkin.

Preparatni homiladorlikda va laktasiya davrida agar ona uchun davolashdan kutiladigan potensial foyda, homila va bola uchun bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Magniy saqlovchi preparatlarni temir preparatlari, natriy ftoridi va tetrasiklinlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda, temir preparatlari, natriy ftoridi va tetrasiklinlarni so‘rilishi kamayadi. Shuning uchun preparatlarni 2-3 soatlik interval bilan qabul qilish lozim. Peroral kontraseptivlar, diuretiklar, miorelaksantlar, glyukokortikosteroidlar, insulin preparatning samaradorligini kamaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri 

Preparat avtotransportni haydash qobiliyatiga va diqqatni yuqori jamlashga va psiximotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa faoliyatlarga ta‘sir qilmaydi.

Magnerot®ni uzoq vaqt qo‘llash mumkin.

Me‘da-ichak yo‘llari kasalliklari magniy kam bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlar iste‘mol qilish, sport bilan shug‘ullanish (ko‘p terlash tufayli), surunkali alkogolizm (buyrak kanalchalardan magniyni kam so‘rilishini kamayishi va organizmdan magniy ionlarini chiqarilishini kuchayishi tufayli); ba‘zi dori vositalarni qabul qilish (yurak glikozidlari, aminoglikozidlar, peroral kontraseptivlar, diuretiklar, surgi vositalari, glyukokortikosteroidlar); magniyni yuqori miqdorda talab qiluvchi iste‘mol qilishini holatlar (gipodinamiya, stress, homiladorlik va laktasiya); oftobda uzoq vaqt bo‘lish  organizmda magniy tanqisligiga olib kelishi mumkinligini hisobga olish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Buyrak funksiyasi normal bo‘lganida magniyni ichga qabul qilish toksik reaksiyalar chaqirmaydi. Magniy bilan zaharlanish bo‘yrak yetishmovchiligida rivojlanishi mumkin. Toksik samaralar  asosan qon zardobida magniyning konsentrasiyasiga bog‘liq.

Simptomlari: arterial bosimini pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, depressiya, reflekslarini sekinlashini, nafasni susayishi, koma, yurakni to‘xtab qolishi, anurik sindromi.

Davolash: regidratasiya, kuchaytirilgan diurez. Buyrak yetishmovchiligida gemodializ, peritoneal dializni o‘tqazish kerak.

 

Chiqarilish shakli

500 mg li tabletkalar.

10 tabletkadan PVX/PVDX va alyumin folgali blisterda.

2 yoki 5 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

+25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

5 yil

Berish tartibi

Reseptsiz

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Magnerot preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Magnerot barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Magnerot haqida savollar

Magnerot haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 4 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil