Apteka.uz
SavatKirish

MAGNEROT 0,5 tabletkalari N20

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Germaniya
Faol modda:Magniya orotat
Ishlab chiqaruvchi:Mauermann-Arsnaymittel KG
ATX kodi:A12CC09
Barcha Magnerot dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

MAGNEROT 0,5 tabletkalari N20 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

Qabul qilingan dozaning taxminan 35 - 40 % so'riladi. Gipomagniemiya magniy ionlarining so'rilishini rag'batlantiradi. Orot kislotasi tuzlarining mavjudligi magniyning so'rilishini yaxshilashga yordam beradi. Magniy buyraklar orqali chiqariladi, chiqarilish magniy tanqisligida kamayadi va uning ortiqchaligida ortadi.

Nojo'ya samaralari

Me'da-ichak yo‘llari tomonidan: beqaror axlat va diareya, ular odatda preparat dozasi kamaytirilganda mustaqil ravishda o‘tib ketadi; allergik reaksiyalar.

- Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya ta'sirlar kuchaysa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.

Maxsus saqlash sharoitlari

Organizmda magniy tanqisligiga oshqozon-ichak trakti kasalliklari; tarkibida magniy miqdori pasaygan oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish; sport bilan shug'ullanish (kuchli terlash tufayli); surunkali alkogolizm (buyrak naychalarida magniy reabsorbtsiyasi kamayishi va organizmdan magniy ionlari chiqarilishi kuchayishi tufayli); ba'zi dori vositalarini (yurak glikozidlari, aminoglikozid antibiotiklar, peroral kontratseptivlar, diuretiklar, surgi vositalari, glyukokortikosteroidlar) qabul qilish; magniy iste'molini oshirishni talab qiluvchi holatlar (gipodinamiya, stress, homiladorlik va laktatsiya); quyoshda uzoq vaqt bo'lish olib kelishi mumkinligini hisobga olish kerak.

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

Preparat avtotransportni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa faoliyat qobiliyatiga ta'sir qilmaydi. Magnerot® ni uzoq vaqt qo'llash mumkin.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, siydik-tosh kasalligi, buyrak funksiyasining buzilishi, kaltsiy-magniy-ammoniy-fosfat toshlari hosil bo'lishiga moyillik, astsit bilan kechuvchi jigar sirrozi.

Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun uni laktozani o'zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi bo'lgan bemorlarga qo'llash tavsiya etilmaydi.

18 yoshgacha bo'lgan bolalar.

Homiladorlik va laktatsiya:

Ko'rsatmalar bo'yicha homiladorlik va laktatsiya (ko'krak suti bilan emizish) davrida preparatni qo'llash mumkin, chunki bu davrlarda magniyga bo'lgan ehtiyoj sezilarli darajada ortadi. Agar uning miqdori muvozanatlanmagan bo'lsa, bu jiddiy asoratlarga, shu jumladan homiladorlikning to'xtab qolishiga olib kelishi mumkin. Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llash ona uchun potentsial foyda homila va bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan hollarda mümkin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Magniy saqlovchi preparatlar temir, natriy ftoridi va tetratsiklinlar preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda oxirgilarining absorbsiyasi pasayishi mumkin. Shuning uchun preparatlarni 2-3 soatlik oraliq bilan qabul qilish kerak. Peroral kontraseptivlar, diuretiklar, miorelaksantlar, glyukokortikosteroidlar, insulin preparat samarasini pasaytiradi.

Dozirovkasi

DozalashTabletkalarni ichga, ovqatdan oldin, oz miqdordagi suyuqlik bilan ichish kerak. 2 tabletkadan kuniga 3 marta 7 kun davomida, so'ngra - 1 tabletkadan har kuni 2-3 marta tayinlanadi. Kurs davomiyligi kamida 4-6 hafta. Zarurat bo'lganda Magnerot® uzoq vaqt davomida qo'llanilishi mumkin.



Boldir mushaklarining tungi tirishishlarida kechqurunlari 2-3 tabletkadan qabul qilish tavsiya etiladi.Dozani oshirib yuborishBuyrak funksiyasi normal bo'lganda magniyni ichga qabul qilish toksik reaksiyalarni keltirib chiqarmaydi. Magniy bilan zaharlanish buyrak yetishmovchiligida rivojlanishi mumkin. Toksik samaralar asosan qon zardobidagi magniy konsentratsiyasiga bog'liq.

Belgilari: arterial qon bosimining pasayishi, ko'ngil aynishi, qusish, depressiya, reflekslarning sekinlashishi, nafas olishning susayishi, koma, yurak to'xtashi, anurik sindrom.

Davolash: regidratatsiya, jadallashtirilgan diurez. Buyrak yetishmovchiligida gemodializ yoki peritoneal dializ zarur.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. MAGNEROT 0,5 tabletkalari N20 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

MAGNEROT 0,5 tabletkalari N20 o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
35 000 so'm dan
ENTEROJERMINA suspenziya 2mlrd/5ml 5ml N10
Retseptsiz
ENTEROJERMINA suspenziya 2mlrd/5ml 5ml N10
Italiya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi S.p.A.
•112 ta dorixonada bor
Narxi
50 000 so'm dan
AVIKARNITIN inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N5
Retseptli
AVIKARNITIN inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Makcur Laboratories Ltd., Indiya dlya Avantika Medex Pvt. Ltd., Indiya
•9 ta dorixonada bor
Narxi
57 000 so'm dan
Analoglar MAGNEROT 0,5 tabletkalari N20
Analoglari yo'q

MAGNEROT 0,5 tabletkalari N20 haqida savollar

MAGNEROT 0,5 tabletkalari N20 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil