Ташкент
logo
SavatKirish

Medamin

Medamin chiqarish shakllari

MEDAMIN tabletkalari 100mg N10
MEDAMIN tabletkalari 100mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
- Medamin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Medaminning tarkibi
- Medamin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Medamin narxi Toshkent dorixonalarida

Medamin qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston
Nimaga qarshi
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MEDAMIN

MEDAMINUM

 

Preparatning savdo nomi: Medamin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): medamin (2-metoksikarbonilaminobenzimidazol)

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: medamin (karbendasim) – 100 mg;

yordamchi moddalar: sut qandi, kartoshka kraxmali, stearin kislotasi.

Ta‘rifi: oq rangli yoki oq sarg‘ish yoki qizg‘ish tusli bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Antigelmint vosita.

Kod ATX: R02SA01

 

Farmakologik xususiyatlari

Ichak nematodalariga nisbatan gelmintlarga qarshi keng ta‘sir doirasiga ega. Preparat jinsiy jihatdan yetilgan nematodalarga qaraganda, lichinka bosqichidagilarga yuqoriroq faollikni namoyon qiladi. Gelmintning qobig‘i orqali o‘tadi va uning mushaklarini falajlaydi, natijada u ichakda fiksasiya bo‘lish qobiliyatini yo‘qotadi. Medaminning nematodalarga qarshi faolligi, uning dozasi bilan bevosita bog‘liqligi aniqlangan – sutkalik doza oshgan sari, preparatning samarasi ham oshadi.

 

Farmakokinetikasi

Qo‘llanganda me‘da-ichak yo‘llaridan deyarli so‘rilmaydi va axlat orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi.  

 

Qo‘llanilishi

Preparat askaridalar (askaridoz), ankilostomidlar (ankilostomidoz), ostrisalar (enterobioz), trixosefalyoz, strongiloidozlar chaqirgan ichak nematodozalarini davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va bolalarga ovqatdan keyin, sutkada tana massasining 10 mg/kg nisbatida ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Davolash kursi enterobiozda bir kun va boshqa nematodozalarda uch kun. Tabletkalar chaynaladi va ozgina miqdordagi suv bilan ichiladi. Preparat qabul qilingandan keyin surgi vositasi buyurilmaydi. Maxsus parhez talab etilmaydi.

Tana vazniga ko‘ra quyidagi dozalar buyuriladi:

Bemorning tana

vazni (kg)

Sutkada tabletkalar

soni

           Sutkadagi miqdori (mg)
10 1 100
20 2 200
30 3 300
40 4 400
50 5 500
60 va yuqori 6 600

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ko‘ngil aynishi, kuchsiz holsizlik, terida qichishish va toshma ko‘rinishidagi allergik holatlar bo‘lishi mumkin. Odatda, nojo‘ya reaksiyalari sust seziladi va maxsus davolashni talab qilmaydi. Allergik holatlar yuz berganda preparatni qo‘llash to‘xtatiladi. Yuqori intensiv invaziyada, kam hollarda askaridalarni retrograd migrasiyasi kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Jigar funksiyasining yaqqol buzilishlari, homiladorlik, laktasiya (emizish), preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, medaminga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Uzoq muddat qo‘llanganda periferik qon manzarasini, jigar funksiyasini nazorat qilish lozim.

Medamin qabul qilingandan keyin bir sutka davomida alkogol iste‘mol qilishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Medamin qabul qilingandan keyin surgi vositasi qo‘llanilmasin.

Davolash tugagandan keyin  anal sohasidan olingan surtmalar va axlatni vaqti-vaqti bilan tekshirish zarur (oxirgi yetti kun davomida gelmintlar yoki ularning tuxumlari yo‘q bo‘lganda davolash samarali hisoblanadi).

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach  ishlatilmasin.

Chiqarilish shakli

100 mg dan tabletkalar 10 donadan kontur uyasiz, kontur uyali o‘ramda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha

Ulashish:

Medamin barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Medamin savollari

Medamin fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil