Mikroyodidning aptekalardagi narxlari
MIKROYODID tabletkalari 200mg N100
|
|
4 ta dorixonada bor
|
20 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
MIKROYODID tabletkalari 100mg N100
|
|
3 ta dorixonada bor
|
8 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
MIKROYODID tabletkalari 200mkg N50
|
|
4 ta dorixonada bor
|
10 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
MIKROYODID tabletkalari 100mkg N100
|
|
29 ta dorixonada bor
|
5 900 so'mdan
Dorixonadan topish
|
8 700 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
9 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Mikroyodid ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MIKROYODID
MICROIODIDUM
Preparatning savdo nomi: Mikroyodid
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): kaliy yodid
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: kaliy yodid – 50 mkg, 100 mkg yoki 200 mkg;
yordamchi moddalar: qand-rafinad, kalsiy stearati yoki magniy stearati yoki stearin kislotasi.
Ta‘rifi: oq rangli, shirin ta‘mli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: yod preparati.
ATX kodi: H03CA
Farmakologik xususiyatlari
Noorganik yodid, qalqonsimon bez funksiyasiga ta‘sir ko‘rsatadi, chunki yod tiroksin (T4) va triyodtironin (T3) sintezida ishtirok etadi. Organizmga yetarli darajada yod tushmaganida tireoid gormonlar sintezini buzilishi va qalqonsimon bezi funksiyasini susayishi sodir bo‘ladi. Preparat yod yetishmovchiligi o‘rnini to‘ldirib, bunday hollarda tireoid gormonlar sintezini tiklaydi. Ammo, yodidlar ortiqcha bo‘lganida, tireoid gormonlar biosintezi tormozlanadi, qalqonsimon bezini gipofizning tireotrop gormonlariga bo‘lgan sezgirligi kamayadi va uning sekresiyasi gipofiz tomonidan bloklanadi.
Farmakokinetikasi
Preparat ovqat hazm qilish yo‘llaridan yaxshi so‘riladi, organizmning barcha to‘qimalari va suyuqliklariga keng taqsimlanadi. Yuqori biokiraolishligi bilan ajralib turadi. Asosan buyraklar orqali, qisman me‘da-ichak yo‘llari, ter va ko‘krak bezlari orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- Tashqi muhitda yod yetishmovchiligi kuzatiladigan tumanlarda istiqomat qiladigan aholida, birinchi navbatda, bolalar, o‘smirlar, homilador va emizikli ayollarda bo‘qoq rivojlanishini va yod yetishmovchiligi holatlarini oldini olish;
- Bo‘qoqni majmuaviy medikamentoz yoki jarrohlik davolash kursi tugagandan keyingi yod tanqisligi bilan bog‘liq qaytalanishini oldini olish;
- Tireotoksikozning yaqqol shakllarini operasiyaga tayyorlash;
- Chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlarda yod yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘qoqni davolash;
- Diffuz toksik bo‘lmagan (eutireoid) bo‘qoqni davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni ichga ovqatdan keyin yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi. Boshqacha tavsiyalar bo‘lmaganida quyidagi keltirilgan dozalarda qo‘llaniladi:
Endemik bo‘qoqni va yod tanqisligi kasalliklarini rivojlanishini oldini olish:
Chaqaloqlar va bolalar: sutkada 50-100 mkg yod.
O‘smirlar va kattalar: sutkada 100-200 mkg yod.
Homiladorlik va laktasiya davrida: sutkada 150-200 mkg yod. Yod tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘qoqni medikamentoz yoki jarrohlik davolash tugatilganidan so‘ng qaytalanishini oldini olish: sutkada 100-200 mkg yod.
Bo‘qoqni davolash:
Chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlar – sutkada 100-200 mkg yod.
45 yoshgacha bo‘lgan kattalarda: sutkada 300-500 mkg yod.
Preparat profilaktika maqsadida uzoq muddat qo‘llanilishi lozim (davolash kursi 20 kun, 10 kunlik tanaffus bilan).
Preparatni buyurish davomiyligini shifokor belgilaydi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparatni profilaktika uchun barcha yoshdagilarda, hamda davolash uchun chaqaloqlarda, bolalarda va o‘smirlarda qo‘llanilganida odatda nojo‘ya ta‘sirlari kuzatilmaydi. Kam hollarda: preparatni doimiy uzluksiz ravishda qabul qilish og‘izda metall ta‘m bilan, shilliq qavatlarning shishishi va yallig‘lanishi (tumov, kon‘yunktivit, bronxit) bilan ifodalanadigan yodizm holati rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Qalqonsimon bezida yirik faol qismlar bo‘lganida sutkada 150 mkg dozadan ortiq yod buyurilgan hollarda, qalqonsimon bezi giperfunksiyasi rivojlanishi mumkin. Kam hollarda (yodga bo‘lgan idiosinkraziyada): allergik reaksiyalar, teri toshmasi, eshakemi, Kvinke shishi, eozinofiliya, juda kam hollarda – anafilaktik shok kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Yaqqol gipertireoz (qalqonsimon bez funksiyasini shishi), yashirin gipertireoz (sutkada 150 mkg dan ortiq dozada qo‘llanilganida), gerpetiformli dermatit (Dyuring kasalligi), adenomatoz bo‘qoq, avtonom adenoma, yodga bo‘lgan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Qalqonsimon bez giperfunksiyasini davolash kursidan oldin va preparat bilan davolash davomida, har qanday boshqa yod preparatlarini buyurishdan saqlanish kerak.
Qalqonsimon bezi tomonidan yodni o‘zlashtirilishini perxlorat va tiosionat susaytiradi (qondagi konsentrasiyasi 5 mg/dl dan ortiq bo‘lmaganida), tireotrop gormoni – kuchaytiradi.
Preparatni yuqori dozalarda bir vaqtda kaliy tejovchi diuretiklar bilan birga qabul qilinishi, giperkaliemiyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin; yod saqlovchi preparatlarni yuqori dozalarda bir vaqtda litiy preparatlari bilan qo‘llash, bo‘qoq va gipertireoz rivojlanishiga olib keladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qalqonsimon bezning giperfunksiyasida, tireostatik davolashga bo‘lgan reaksiyasini yod yetishmovchiligi oshiradi, yodni ortiqchaligini esa kamaytiradi.
Agarda yangi tug‘ilganlarda yod yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘qoqni 2-4 hafta davomidagi davolash kursidan keyin kamaytirishning iloji bo‘lmasa, u holda yod yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lmagan kasallikni boshqa sabablarini taxmin qilish mumkin.
Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida faqat tavsiya qilingan dozalardagina qo‘llash mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
50 mkg, 100 mkg va 200 mkg yod (kaliy yodid shaklida) saqlovchi tabletkalar, flakonlarda 50 yoki 100 donadan; blister qadoqda 10 ta dan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Dorixonalardan olinish tartibi
Reseptisiz.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Chiqarish shakllari