Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Antistrumin (Sotuv vaqtincha to'xtatilgan)

Antistrumin (Sotuv vaqtincha to'xtatilgan)

- Antistrumin (Sotuv vaqtincha to'xtatilgan) qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Antistrumin (Sotuv vaqtincha to'xtatilgan)ning tarkibi
- Antistrumin (Sotuv vaqtincha to'xtatilgan) ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Antistrumin (Sotuv vaqtincha to'xtatilgan) narxi Toshkent dorixonalarida

Antistrumin (Sotuv vaqtincha to'xtatilgan) qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston
Kategoriya
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ANTISTRUMIN

ANTISTRUMINUM

Preparatning savdo nomi: “Antistrumin”

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): kaliy yodidi

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: kaliy yodid.

yordamchi moddalar: qand-rafinad, kalsiy stearat yoki magniy stearat yoki stearin kislotasi.

Ta‘rifi: oq rangli, shirin ta‘mli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Endemik buqoqni profilaktikasi va davolash uchun vositalar.

Kod ATX: H03CA

Farmakologik xususiyatlari

Noorganik yodidi. Qalqonsimon bez faoliyatiga ta‘sir ko‘rsatadi, chunki yod moddasi tiroksin (T4) va triyodtironin (T3) sintezida ishtirok etadi. Organizm yod moddasi bilan yetarli darajada ta‘minlanmasa, tireoid gormonlar sintezi buziladi va qalqonsimon bez faoliunksiyasi susayadi; bunday holatlarda preparat yod moddasining yetishmovchiligini qoplab, tireoid gormonlar sintezini tiklaydi. Biroq, yodidlar haddan tashqari ko‘payib ketsa, tireoid gormonlar biosinteziga to‘sqinlik qiladi, qalqonsimon bezining gipofizni tireotrop gormoniga bo‘lgan sezuvchanligi pasayadi va uning gipofiz tomonidan sekresiyasi to‘xtatiladi.

Farmakokinetikasi

Me‘da-ichak yo‘llarida yaxshi so‘riladi, organizmning barcha to‘qimalari va suyuqliklarida keng tarqaladi, asosan buyrak, qisman me‘da-ichak yo‘llari, ter va sut bezlari orqali ajralib chiqadi.

Qo‘llanilishi

Endemik bo‘qoqning oldini olish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilinadi, me‘da-ichak yo‘llariga salbiy ta‘sir qilmasligi uchun sut, kisel yoki shirin choy bilan ichib yuboriladi. Haftada 1 marta 1 tabletkadan, bo‘qoqning diffuz shakllarida – haftada 2-3 marta 1-2 tabletkadan buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Yod moddasiga nisbatan idiosinkraziyada allergik reaksiyalar: eshakemi, Kvinke shishi, eozinofiliya, shok. Uzoq vaqt davomida qabul qilinganda yodizm alomatlari: burun shilliq qobig‘ining shishishi, tumov, so‘lak oqishi, ko‘z yoshlanishi, kurak ostida noxushlik sezilishi kabilar yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, taxikardiya, asabiylik, uyquning buzilishi, haddan tashqari ko‘p terlash, diareya (yoshi 40 dan oshgan bemorlarda) bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Yaqqol namoyon bo‘lgan gipertireoz, yashirin gipertireoz (150 mkg/sut dan kattaroq dozalarni qo‘llaganda), toksik adenoma, tugunli yoki diffuz toksik bo‘qoq (300-1000 mkg/sut dan kattaroq dozalarni qo‘llaganda), gerpetiform dermatit (Dyuring kasalligi), o‘pka tuberkulyozi, nefrit, nefroz, husnbuzar toshishi, eshakem, furunkulyoz, surunkali piodermiya,  gemorragik diatez, yod moddasiga nisbatan o‘ta sezuvchanlik, homiladorlik va emizikli davrda (1-2 mg/sut dozalarda qo‘llaganda) qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bir vaqtda yuqori dozadagi (1 mg/sut dan ortiq) kaliyni saqlovchi diuretiklar bilan birgalikda davolaganda – giperkaliemiya, litiy preparatlari bilan birgalikda davolaganda – bo‘qoq va gipotireoz rivojlanishi mumkin.

Perxlorat va tiosionat raqobatli ravishda yodning qalqonsimon bez tomonidan singdirilishini sekinlashtiradi, TTG esa – kuchaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolash zaminida buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda giperkaliemiya rivojlanishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

 

Chiqarilish shakli

0,001 g tabletkalar.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Antistrumin (Sotuv vaqtincha to'xtatilgan) narxlari

Antistrumin (Sotuv vaqtincha to'xtatilgan) barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Antistrumin (Sotuv vaqtincha to'xtatilgan) savollari

Antistrumin (Sotuv vaqtincha to'xtatilgan) fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil