MUFLEKSINning aptekalardagi narxlari
MUFLEKSIN eritma 4mg/ml 2ml N6
|
|
156 ta dorixonada bor
|
65 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
80 000 so'mdan
Bron qilish
|
MUFLEKSIN kapsulalar 4mg N20
|
|
137 ta dorixonada bor
|
65 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
73 800 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
MUFLEKSIN ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MUFLEKSIN
MUFLEKSIN
Preparatning savdo nomi: Mufleksin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): tiokolxikozid
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun kapsulalar, mushak ichiga in‘eksiya uchun eritma
Tarkibi:
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 4 mg tiokolxikozid;
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati, jelatin, natriy laurilsulfat, tozalangan suv.
Har bir ampula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 4 mg tiokolxikozid;
yordamchi moddalar: 16,8 mg natriy xloridi, 2 ml in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi:
Kapsulalar: sariq granulalar, jelatinli rangsiz kapsulalar №2
Eritma: och-sariq rangli tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: markaziy ta‘sirga ega boshqa miorelaksantlar.
ATX kodi: M03VX05
Farmakologik xususiyati
Farmakodinamikasi
Mufleksin – tabiiy glikozid kolxikozididan olinadigan yarim sintetik mushak relaksantidir. Preparat gamma-aminomoy kislotasi (GAMK) va glisinergik reseptorlariga selektiv affinlikni namoyon qiladi. Ushbu mushak relaksantini faolligini isboti orqa miya ko‘migi darajasida GAMK reseptorlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri faollashuvini natijasi deb xisoblash mumkin. Tiokolxikozidni glisinomimetik samarasini nerv tizimining turli darajalarida, ham mahalliy xarakterga ega spazmlarda, ham markaziy spastik spazmlarda preparatning ta‘siri bilan ifodalanadi.
U kuraresimon ta‘sir ko‘rsatmaydi. Mushaklar falajini chaqirmaydi va nafasni susaytirmaydi. Bundan tashqari preparat kardiovaskulyar tizimga biron-bir ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi: Mufleksin ichga qabul qilinganda qonda tez taqsimlanadi, plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga 15-45 minutdan keyin erishiladi.
Plazmadagi maksimal konsentrasiyasi 61 ng/ml tashkil qiladi.
Taqsimlanishi: Oqsillar bilan bog‘lanishi 13% ni tashkil qiladi. Tiokolxikozid albumin bilan bog‘lanadi.
Metabolizm: Yarim chiqarilish vaqti 2,5-5 soat.
Chiqarilishi: Qabul qilingan dozaning taxminan 20% o‘zgarmagan metabolitlar ko‘rinishida siydik bilan, 75-81% me‘da-ichak yo‘llari orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Mufleksin spastik xarakterga ega bo‘lgan og‘riqlarni yengillashtirish uchun quyidagilarda ko‘rsatilgan:
- Umurtqa pog‘onasining degenerativ kasalliklarida (qiyshayishida, umutrqa pog‘onasining statik kasalliklarida)
- Tortikolisda
- Dorsalgiyada
- Travmatologik va nevrologik kasalliklarda
- Bo‘g‘imlardagi operasiyalardan keyingi reabilitasiya vaqtida.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mufleksin kapsulalari: o‘tkir mushak og‘riqlarida – 1 kapsuladan kuniga 2 marta ovqatdan keyin stakan suv bilan ichish kerak. Davolash kursi 5-7 kun.
Mufleksin ampulalari: 4 mg dan mushak ichiga kuniga 2 marta buyuriladi.
Tavsiya etiladigan davolash kursi 3-5 kun. Zarur bo‘lganda davolashni preparatni peroral qabul qilish bilan davom ettirish mumkin.
Fizio davolash muolajalarini o‘tkazishda Mufleksinni miorelaksasiya qiluvchi samarasini kuchaytirish uchun muolajadan 1-2 soat oldin buyuriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Kam hollarda: teri toshmasi, shish, allergik va allergiyadan keyingi reaksiyalar (allergik vaskulit), gastralgiya, diareya, gipotenziya, ta‘sirchanlik va uyquchanlik (mushak ichiga yuborilganda) kuzatilishi mumkin.
Ogohlantirishlar/ehtiyotkorliklar
Diareya paydo bo‘lganda dozani kuniga bir kapsulagacha kamaytirish kerak.
Kutilmagan samaralar paydo bo‘lganda shifokorga murojaat qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- tiokolxikozidga yoki kolxisinga yuqori sezvuvchanlik
- mushaklar gipotoniyasi
- engil falaj
- homiladorlik va laktasiya davri
- 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Dorilarning o‘zaro ta‘siri kuzatilmagan. Analogik xususiyatlarga ega preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ma‘lumotlar yo‘q. Dozani oshirib yuborilish simptomlarida simptomatik va tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar: 10 kapsula blisterda. 2 blister yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Eritma: 6 ampula yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
+25ºS dan past xona haroratida, original o‘ramda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Kapsulalar: 48 oy.
Eritma: 60 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari