Neotrop ko'rsatmalar
QO‘llash BO‘YICHA yO‘riQnoma
NEOTROP
NEOTROP
Preparatning savdo nomi: Neotrop
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): pirasetam, sinnarizin.
Dori shakli: kapsulalar.
Tarkibi:
faol moddalar: pirasetam – 400 mg, sinnarizin – 25 mg;
yordamchi moddalar: kalsiy stearati, magniy subkarbonati.
qobiq tarkibi: jelatin, gliserin, titan dioksidi, tozalangan suv, natriy laurilsulfati.
Ta‘rifi: oq rangli tomonlari polusferik silindr shaklli, “0” o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar
Farmakoterapevtik guruhi: Psixostimulyatorlar va nootrop preparatlar.
ATX kodi: N06BX
Farmakologik xususiyatlari
Yaqqol gipoksiyaga qarshi, nootrop va tomirlarni kengaytiruvchi samaralarga ega bo‘lgan majmuaviy preparat. Dorining ikkita unsuri bir birining yakkol gipoksiyaga ta‘sirini kuchaytirib tomirlarni kengaytiruvchi samaraga ega. Miyaning qon aylanishining oshishiga yordam beradi.
Pirasetam – nootrop vosita. Miyaning qon aylanishiga musbat ta‘sir etadi: miya to‘qimasida ATF konsentrasiyasini oshiradi, RNK kislotasi va fosfolipidlarning biosintezini kuchaytiradi, glikolitik jarayonlarni rag‘batlantiradi, glyukozani utilizasiyasini kuchaytiradi. Bosh miyaning integrativ faoliyatini yaxshilaydi, xotiraning yaxshilanishiga yordam beradi, urganish jarayonini yengillashtiradi. Ko‘zg‘alish impulslarining tarqalishini tezligini oshiradi, tomirlarni kengaytirmasdan mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi, faollashgan trombositlarning birlashishaga yul qo‘ymaydi. Gipoksiya, intoksikasiya va elektroshok bilan chaqirilgan miyaning shikastlanishlarida himoya vazifasini bajaradi, alfa va beta faollikni kuchaytiradi, EGGdagi delta-faollikni susaytiradi, vestibulyar nistagmaning ifodasini kamaytiradi. Neokortikal tizimdagi neyronal ora kuchishlarni va sinaptik o‘tkazuvchanlikni kuchaytiradi, akliy qobiliyatni oshiradi, laserebral gipoksiyaning turli shakllarida himoya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi, miyaning qon aylanishini oshiradi. Dorining samarasi asta-sekinlik bilan rivojlanadi. Sedativ va psixotrop ta‘sirga deyarli ega emas.
Sinnarizin – sekin kalsiy kanallari selektiv blokatori, tomir hujayralariga kalsiy ionlarining kirishini kamaytiradi va plazmolemmalar (sarkolemlar) zahirasidagi ularning miqdorini kamaytiradi, arteriol silliq mushaklarning tonusini pasaytiradi, biogen tomirlarni kengaytiruvchi vositalarga bo‘lgan sezivchanlikni kamaytiradi (epinefrin, norepinifrin, dofamin, angiotenzin, vazopressin, serotonin). Tomirlarni kengaytiruvchi ta‘sirga ega bo‘lib (xususan bosh miyasining tomirlariga nisbatan, pirasetamning gipoksiyaga qarshi ta‘sirini kuchaytiradi), arterial bosimni ko‘tarmaydi. Gistaminga qarshi faollikni me‘yorida namoyon etib, vestibulyar apparatning ko‘zg‘alish darajasini pasaytiradi, asab tizimining simpatik tonusini kamaytiradi. Perifik qon aylanishida buzilishlar bo‘lgan bemorlarda ichki a‘zolarning va to‘qimalarning (miokardda ham) qon aylanishini yaxshilaydi, ishemik xolidan keyingi xolatlarda tomir kengayishini kuchaytiradi. Eritrositlar qobig‘ining qayishqoqligini va deformasiyaga qobiliyatini oshiradi, qonning yopishqoqligini pasaytiradi.
Farmakokinetikasi
Preparat me‘da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi. Terapevtik samarasi 1-6 soatdan keyin namoyon bo‘ladi.
Pirasetam – qon plazmasida maksimal konsentrasiyaga (Smax) 2-4 soatdan keyin, orqa miya suyuqligida – 2-8 soatdan keyin erishiladi. Biokirishaolishligi 100%. Organizmning barcha a‘zo va to‘qimalarida taqsimlanadi, yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Bosh miya po‘stlog‘ida tanlab to‘planadi, asosan peshona, chakka va ensa sohalarida, miyacha va bazal gangliylarda to‘planadi. Metabolizmga uchramaydi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) plazmadan 4-5 soatni, orqa miya suyuqligidan 6-8 soatni tashkil qiladi. Yuborilganidan so‘ng 30 minutdan keyin 90% buyraklar orqali chiqariladi.
Sinnarizin – qon plazmasida Smax 1-4 soatdan keyin jigarda to‘liq metabolizmga uchraydi. T1/2 – 4 soat. Siydik bilan (1/3) va ahlat bilan (2/3) chiqariladi.
Qo‘llanilishi
-bosh miyada qon aylanishining buzilishi; bosh miya tomirlarining aterosklerozida, ishemik insultda, gemorragik insultdan keyingi tuzalish davrida; bosh miya jarohatlaridan keyin;
– turli genezli ensefalopatiyalarda;
-bosh miya jaroxatlaridan va intoksikasiyalaridan keyingi komatoz va subkamatoz xolatlarida;
– markaziy asab tizimining kasalliklarida kuzatiladigan intellektual-mnestichestik vazifalarining sustlashishi;
– turli genezli labirintopatiyalarda (bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, nistagm, ko‘ngil aynishi va qusish);
– Mener sindromi;
– depressiya, psiorganik sindromi asteniya asoratlari bilan va adinamiya, psixogen kelib chiqqan asteniyada;
– migrenni va kinetozlarni oldini olish;
– xotirani, fikrlash faoliyatini va diqqatni jamlashni buzilishi;
– bolalarda akliy rivojlanishning buzilishi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi. Kattalarga 1-2 kapsuladan sutkada 3 marta 1-3 oy davomida kasallikning og‘irligiga qarab buyuriladi.
5 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 kapsuladan sutkada 1-2 marta buyuriladi.
Davolash davriyligi 1 yilda 2-3 marta. Surunkali buyrak yetishmovchilikda (KK 60 ml/dak kamida) dorining miqdorini (dozasini) kamaytirish yoki dori vositasini qabul qilish oralig‘ini oshirish zarur.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ta‘sirchanlik, uyquni buzilishi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, epigastriyda og‘riqlar, dispepsiya, og‘izni qurishi, tana vaznini oshishi, juda kam hollarda – yorug‘likka sezuvchanlik, teri toshmasi ko‘rinishidagi allergik reaksiyalar, oyoq-qo‘llar tremori, yuqori mushak tonusi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik, jigar va/yoki buyrak faoliyatining og‘ir darajali buzilishlari, Parkinsonizm, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik, laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Alkogol va markaziy nerv tizimini faoliyatini susaytiruvchi vositalar, shuningdek nootrop va gipotenziv vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda sedativ ta‘sirni potensiyalanishi mumkin. Tomirlarni kengaytiruvchi vositalar preparatning ta‘sirini kuchaytiradi, gipotenziv vositalar esa – kamaytiradi. Antipsixotik dori vositalarini (neyroleptiklar) va trisiklik antidepressantlarni o‘zlashtiraolishligini yaxshilaydi. Preparat peroral antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatda tarkibida sinnarizin mavjudligi tufayli, sportchilarda doping – sinamasi o‘tkazilganida musbat reaksiyani chaqirishi mumkin. Shuningdek radiofaol yodni aniqlash (kapsula qobig‘idagi bo‘yovchilar yod saqlaydi) natijalarini ham o‘zgartirishi mumkin. Transport vositalarini boshqarish va mashina, qurilmalar bilan ishlashda preparatni terapevtik dozalarda (agar asosiy kasallik imkon bersa) qo‘llash mumkin. Biroq agar markaziy nerv tizimining qo‘zg‘alishi yoki uyquchanlik va tremorni paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladigan nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lsa, u holda transport vositalarini boshqarish mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: dozani oshirib yuborilishida nojo‘ya samaralar kuchayishi mumkin.
Davolash: preparatni bekor qilish, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda.
3 yoki 6 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 150S dan 250S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari