Apteka.uz
SavatKirish

NEVRALON

NEVRALON chiqarilish shakllari

NEVRALON eritma 2ml N5
Retseptli
NEVRALON eritma 2ml N5
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Tursiya proizvedeno: World Medicine Ilas San. Ve Tic. A.S.
•100 ta dorixonada bor
Narxi
53 800 so'm dan
NEVRALON tabletkalari N20
Retseptli
NEVRALON tabletkalari N20
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Tursiya proizvedeno: World Medicine Ilas San. Ve Tic. A.S.
•91 ta dorixonada bor
Narxi
56 000 so'm dan
- NEVRALON qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- NEVRALONning tarkibi
- NEVRALON ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- NEVRALON narxi Toshkent dorixonalarida

NEVRALON qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Turkiya
Kategoriya

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NEVRALON

NEVRALON

Preparatning savdo nomi: Nevralon

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): tiamin gidroxloridi, piridoksin gidroxloridi, sianokobalamin.

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

V1 vitamini (tiamin gidroxloridi)                   250 mg,

V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi)          250 mg,

V12 vitamini (sianokobalamin)                           1 mg;

yordamchi moddalar: mannitol, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, o‘ta jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali, polivinilpirrolidon, magniy stearati;

qobig‘ining tarkibi: pushti akril-EZE® 93O34305 (metakril kislotasining sopolimeri, titan dioksidi, talk, trietilsitrat, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, natriy bikarbonati, karmin, natriy laurilsulfati, indigokarmin alyumin laki).

Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomoni qavariq, pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: vitaminlar.

ATX kodi: A11DB.

Farmakologik hususiyatlari

Nevralon – V guruhi vitaminlaridan tarkib topgan majmuaviy preparat.

Neyrotrop V guruhi vitaminlari nerv tizimi va harakat apparatining yallig‘lanish va degenerativ kasalliklarida ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, yuqori dozalarda og‘riq qoldiruvchi ta‘sirga ega, qon oqimini kuchayishiga yordam beradi va nerv tizimi faoliyatini va qon yaratish jarayonini normallashtiradi.

Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) muhim faol modda hisoblanadi. Organizmda fosforlanish jarayonlari natijasida ko‘pchilik fermentativ reaksiyalarning kofermenti hisoblangan kokarboksilazaga aylanadi. Uglevodlar, oqsillar va yog‘lar almashinuvida, shuningdek sinapslar orqali nerv qo‘zg‘aluvchanligini o‘tish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Xujayralarning membranalarini perekisli oksidlanish mahsulotlarini zaharli ta‘siridan himoya qiladi.

Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) fosforlangan shaklda aminokislotalarning dekarboksillanish va qayta aminlanish jarayonlarida va lipidlar almashinuvida ishtirok etuvchi enzimlarning tarkibiga kiradi. Periferik nerv tizimi va markaziy nerv tizimining (MNT) normal faoliyati uchun zarur.

Ikkala vitaminning fiziologik faoliyati nerv-mushak va yurak-qon tomir tizimlariga ijobiy ta‘siri bilan namoyon bo‘luvchi bir-birining ta‘sirini kuchaytirishidir. V6 vitaminining tanqisligida, tanqislikni keng tarqalgan holatlari bu vitaminlar yuborilganidan keyin tez bartaraf qilinadi.

Sianokobalamin (V12 vitamini) xujayra metabolizmi jarayonlari uchun zarur. Qon yaratish faoliyatiga ta‘sir qiladi (tashqi anemiyaga qarshi omil), xolin, metionin, kreatinin, nuklein kislotalarini hosil bo‘lishida ishtirok etadi, og‘riqni qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) og‘iz orqali qabul qilinganidan so‘ng o‘n ikki barmoqli ichak va ingichka ichakda so‘riladi. Jigarda ahamiyatli darajada metabolizmga uchraydi va uning asosiy metabolitlari bo‘lib, tiaminkarbon kislotasi va piramin (2,5-dimetil-4-aminopiridimin) hisoblanadi. Metabolitlari katta miqdordagi o‘zgarmagan tiamin bilan birga ichak va buyraklar orqali chiqariladi.

Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) ichakdan tez so‘riladi. Jigarda farmakologik faol metabolitlar piridoksalfosfat va piridoksaminfosfat hosil qilib metabolizmga uchraydi. SN2ON-guruhi 5-holatida fosforlanganidan so‘ng, ya‘ni piridoksal-5-fosfati (PALP) hosil bo‘lganidan so‘ng, V6 vitamini koenzim sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Taxminan 80% PALP plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Piridoksin asosan mushaklar, jigar va MNT da to‘planadi. Piridoksin metabolizmini yakuniy mahsuloti organizmdan buyraklar orqali chiqariladigan 4-piridoksil kislotasidir.

Sianokobalamin (V12 vitamini) sianokobalaminning asosiy miqdori “Kaslning ichki omili” bilan bog‘langandan so‘ng o‘zlashtiriladi. V12vitamini asosan jigarda to‘planadi. Qon zardobidan yarim chiqarilish davri taxminan 5 kunni, jigardan esa – taxminan 1 yilni tashkil etadi. Organizmdan asosan safro va siydik bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Nerv tizimini quyidagi kasalliklarini simptomatik davolash, majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi:

  • nevrit, nevralgiya (shu jumladan uch shoxli nerv nevralgiyasi), polinevrit, polinevropatiya (shu jumladan diabetik va alkogolli polinevropatiya), o‘rab oluvchi temiratki, mialgiyalar, ildizcha sindromi (umurtqa pog‘onasini degenerativ o‘zgarishlari keltirib chiqargan), retrobulbar nevritlar, yuz nervining falaji;
  • V1 V6 V12 vitaminlarining tanqisligi isbotlangan tizimli nevrologik kasalliklar.

Bundan tashqari, preparat quyidagi holatlarda qo‘llanadi:

  • kardiomiopatiya (V1 vitaminini tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan);
  • operasiyadan keyingi qusish;
  • nur kasalligi;
  • alkogolizm vaqtida kuzatiladigan surunkali intoksikasiya.

Qo‘llash usuli va dozalari

Nevralon tabletkalari ichga, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.

Profilaktika uchun Nevralon preparati kuniga 1 tabletkadan buyuriladi.

Kasallikni davolash uchun – kuniga 2-4 tabletkadan buyuriladi. Kasallikning simptomlari kamayganida dozani kuniga 1 tabletkagacha kamaytirish mumkin.

Davolash kursi kamida bir oy muddatni tashkil etadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Juda kam hollarda – ko‘p terlash, husnbuzar toshmasi, teri reaksiyalari (eshakemi). Kam hollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (teri toshmasi, nafas jarayonini buzilishi, anafilaktik shok, Kvinke shishi) rivojlanishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

V6 vitamini levodopaning terapevtik samaradorligini pasaytiradi.

Tiosemikarbazon va 5-fluourasil V1 vitaminining antagonisti bo‘lib, uning samaradorligini kamaytiradilar. Antasidlar V1 vitaminining so‘rilishini sekinlashtiradi.

Alkogol yoki aminosalisilatlar yoki kolxisinni (ayniqsa aminoglikozidlar bilan birga) haddan tashqari uzoq vaqt 2 haftadan ortiq iste‘mol qilish V12 vitaminini me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini kamaytiradi.

Folat kislotasining yuqori dozalarini uzoq vaqt davomida qabul qilish V12 vitaminining konsentrasiyasini pasaytirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

O‘tkir va og‘ir darajadagi dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda Nevralon preparatini qo‘llash xaqidagi masala bemorning holatini hisobga olib individual ravishda hal qilinadi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Zarurat bo‘lganida homiladorlik va laktasiya davrida preparatni qo‘llash mumkin.

Pediatriyada qo‘llanishi

Bolalar va o‘smirlarda Nevralon preparatini qo‘llash samaradorligi va havfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Transport vositalarining xaydovchilari va potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlovchi shaxslarda preparatni qo‘llash bo‘yicha hech qanday ogohlantirishlar yo‘q.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: sensor neyropatiya, preparatning nojo‘ya ta‘sirlari yaqqolligini kuchayishi kuzatiladi.

Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletkadan blisterda. 2 yoki 5 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Namlikdan himoyalangan joyda 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. NEVRALON preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

NEVRALON narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
59 400 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
59 400 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
59 400 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
59 400 so'm
Bron qilish

NEVRALON barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

NEVRALON haqida savollar

NEVRALON haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil