Ташкент
logo
SavatKirish

Niklozamid

Niklozamid chiqarish shakllari

NIKLOZAMID tabletkalari 0,25g N10
NIKLOZAMID tabletkalari 0,25g N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dentafill Plyus, OOO
- Niklozamid qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Niklozamidning tarkibi
- Niklozamid ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Niklozamid narxi Toshkent dorixonalarida

Niklozamid qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NIKLOZAMID

NICLOSAMID

 

Preparatning savdo nomi: Niklozamid

Ta‘sir etuvchi modda: Fenasal

Dori shakli: Tabletkalar

Faol modda: Fenasal (100% faol moddaga qayta hisoblanganda).

Yordamchi moddalar: sut qandi, kartoshka kraxmali, kalsiy stearati, aerosil).

Ta‘rifi: Och kulrangdan sariq rangligacha bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Antigelmint vosita.

ATX kodi: R02DA01

 

Farmakologik xususiyatlari

Yuqtirilgan tasmasimon chuvalchanglar (sestodalar): keng tasmasimon, qoramol zanjirsimon va mitti zanjirsimon chuvalchanglarga preparat antigelmint ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizmida, preparatni oksidlanuvchi fosforlanishni susaytirishi, tasmasimon gijjalarni falaj qilishi, shuningdek ularni parchalovchi me‘da-ichak proteolitik fermentlarga chidamliligini kamaytirishi, asosiy rol o‘ynaydi.

Qo‘llanilishi

Ichak sestodozlarni: difillobotrioz (keng tasmasimon), teniarinxoz (qoramollarni zanjirsimon) va gimenolepidoz (mitti zanjirsimon) chuvalchanglar invaziyasini davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Og‘iz orqali qabul qilinadi, sutkalik dozasi bemorning yoshiga qarab belgilanadi (jadvalga qarang).

A. Teniarinxoz va difillobotrioz.

Davolashni boshlash kunidan, yengil hazm bo‘ladigan suyuq ovqatlar tavsiya qilinadi (qaynatma, suyuq bo‘tqalar, pyure, sut, kisel, meva sharbatlari, shirin choy va b.) Preparat nahorga yoki kechqurun kechki yengil ovqatdan so‘ng 3-4 soat o‘tgach sutkalik dozada bir marta qabul qilinadi. Preparatni qo‘llashdan oldin 2 g oziqa sodasi buyuriladi. Tabletkalar yaxshilab chaynaladi yoki uni 1/4 stakan iliq suvda eritib suspenziya tayyorlab qabul qilinadi Ikki soatdan so‘ng pechene yoki quritilgan non bilan bir stakan shirin choy icte‘mol qilinadi. Surgi dori berilmaydi.

B. Gimenolepidoz.

Preparatning sutkalik dozasi 4 bir martalik dozalarga bo‘linadi va har 2 soatda (10, 12 14 va 16 soatda) qabul qilinadi, ovqatni qabul qilish 8,13, va 18 soatlarda amalga oshiriladi. Shu ko‘rsatilgan dozada va soatlarda 4 kun davomida buyuriladi. 4 kundan so‘ng davolash kursi takrorlanadi. Davolash tugaganidan so‘ng 15 kun o‘tgach, va keyingi har oyda nazorat tekshiruvlari o‘tkaziladi. Kasallik qaytalanganida davolash yuqorida ko‘rsatilgan tarzda takrorlanadi. Nazorat tekshiruvlarining davomiyligi o‘tkazilgan davolashdan keyin -6 oy, kasallikni uzoq kechishi hollarida-12 oy.

Jadval

Bemorning yoshi Sutkalik dozasi
2 yoshgacha 2 tabletka (0,5 g)
2 yoshdan 5 yoshgacha 4 tabletka (1,0 g)
5 yoshdan 12 yoshgacha 6 tabletka (1,5 g)
12 yosh va undan katta 8-12 tabletka (2,0-3,0 g)

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Me‘daning yarasi kasalligida, jigar yoki buyraklar faoliyatini yaqqol buzilishlarida, anemiyada, homiladorlikda, keksalik yoshda va sistiserkozning rivojlanishini havfi tufayli teniozda (cho‘chqa zanjirsimon chuvalchangi invaziyasi) qo‘llanmaydi.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 0,25 g dan.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan hiomyalangan joyda 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Niklozamid barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Niklozamid savollari

Niklozamid fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil