Ташкент
logo
SavatKirish

Norvask

Norvask chiqarish shakllari

NORVASK 0,005 tabletkalari N14
NORVASK 0,005 tabletkalari N14
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
R-Farm Germaniya GmbX
NORVASK 0,01 tabletkalari 0,01g N30
NORVASK 0,01 tabletkalari 0,01g N30
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
R-Farm Germaniya GmbX
NORVASK 0,005 tabletkalari 0,005g N30
NORVASK 0,005 tabletkalari 0,005g N30
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
R-Farm Germaniya GmbX
- Norvask qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Norvaskning tarkibi
- Norvask ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Norvask narxi Toshkent dorixonalarida

Norvask qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Germaniya
Kategoriya
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

NORVASK®/NORVASC®

dori vositasini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

Preparatning savdo nomi: Norvask®/Norvasc®

Xalqaro patentlanmagan nomi: amlodipin

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi

5 mg dozali 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: amlodipin – 5 mg (amlodipin bezilati ko‘rinishida – 6,944 mg).

Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza – 124,056 mg, kalsiy gidrofosfati –
63 mg, natriy karboksimetilkraxmali – 4 mg, magniy stearati – 2 mg.

10 mg dan dozali 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: amlodipin – 10 mg (amlodipin bezilati ko‘rinishida – 13,889 mg).

Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza – 248,111 mg, kalsiy gidrofosfati –
126 mg, natriy karboksimetilkraxmali – 8 mg, magniy stearati – 4 mg.

Ta‘rifi:

5 mg li tabletkalar – oq yoki deyarli oq rangli, zumrad shaklidagi (sakkiz qirrali, tomonlari tekis bo‘lmagan) bir tomonida Pfizer aa boshqa tomonida AML-5 gravirovkasi bo‘lgan tabletkalar.

10 mg li tabletkalar – oq yoki deyarli oq rangli, zumrad shaklidagi (sakkiz qirrali, tomonlari tekis bo‘lmagan), bir tomonida Pfizer va boshqa tomonida AML-10 gravirovkasi bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: “sekin” kalsiy kanallari blokatori.

Kod ATX: S08SA01

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Farmakodinamikasi

Digidropiridin hosilasi – “sekin” kalsiy kanallari blokatori (SKKB), gipotenziv va antianginal ta‘sir ko‘rsatadi. “Sekin” kalsiy kanallarini bloklaydi, kalsiy ionlarini hujayraga (kardiomiositlarga qaraganda kshproq qon tomirlarining silliq mushak hujayralariga) transmembran o‘tishini kamaytiradi.

Antianginal ta‘siri koronar va periferik arteriyalar va arteriolalar kengayishi bilan bog‘liq:

  • stenokardiyada periferik arteriolalarni kengaytirib, miokard ishemiyasi darajasini, umumiy periferik qon tomir qarshiligini kamaytiradi, yurakka bo‘lgan yuklamani kamaytirib, miokardning kislorodga bo‘lgan extiyojini kamaytiradi;
  • koronar arteriyalar va arteriolalarni kengaytirib, miokardning o‘zgarmagan va ishemiyaga uchragan sohalarida miokardga kislorod kirishini oshiradi (ayniqsa vazospastik stenokardiya); koronar arteriyalar spazmini oldini oladi (shu jumladan, chekish keltirib chiqarganini).

Stabil stenokardiyasi bo‘lgan pasientlarda sutkalik bir martalik doza jismoniy yuklamaga bo‘lgan tolerantlikni oshiradi, stenokardiya xurujlarini rivojlanishi va ST segmentining “ishemik” depressiyasini sekinlashtiradi, stenokardiya xurujlari tez-tezligi, nitroglisirin va boshqa nitratlarga bo‘lgan ehtiyojini kamaytiradi.

Uzoq muddatli dozaga bog‘liq gipotenziv ta‘sir ko‘rsatadi.

Gipotenziv ta‘sir qon tomirlar silliq mushaklariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazodilyatator ta‘siri bilan bog‘liq. Arterial gipertenziyada bir martalik doza qon bosimining 24 soat davomida klinik ahamiyatli darajada pasayishini (bemorning “yotgan” va “turgan” holatida) ta‘minlaydi.

Amlodipin qo‘llanganda ortostatik gipotenziya ancha kam uchraydi. Amlodipin jismoniy yuklamaga tolerantlikni, chap qorinchaning qon otilib chiqarish fraksiyasini pasayishini chaqirmaydi. Chap qorincha miokardi gipertrofiyasi darajasini kamaytiradi. Miokardning qisqaruvchanligi va o‘tkazuvchanligiga ta‘sir etmaydi, yurak qisqarishlari sonini (YUQS) reflektor oshishini chaqirmaydi, trombositlar agregasiyasini tormozlaydi, buyrak kalavalari filtrasiyasi tezldigini oshiradi, kuchsiz natriy-uretik ta‘sirga ega. Diabetik nefropatiyada makroalbuminturiya darajasini kuchaytirmaydi. Modda almashinuvi va qon plazmasidagi lipidlar konsentrasiyasiga xech qanday noxush ta‘sir ko‘rsatmaydi va bronxial astma, qandli diabeti va podagrasi bo‘lgan pasientlarni davolashda qo‘llanishi mumkin. Arterial bosimni ahamiyatli pasayishi 6-10 soatdan keyin kuzatiladi, samarasini davomiyligi – 24 soat.

Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari (shu jumladan bir qon tomiri shikastlangan va 3 ta va undan ortiq arteriyalar stenozii bo‘lgan koronar arterokleroz, uyqu arteriyalari arterosklerozi), miokard infarkti, teri orqali translyuminal koronar angioplastik (TTKA) o‘tkazgan pasientlarda yoki stenokardiyasi bo‘lgan pasientlarda amlodipinni qo‘llash uyqu arteriyalari intima-mediasi qalinlashishini rivojlanishini oldini oladi, miokard infarkti, insult TTKA, aorto-koronar shuntlash oqibatidagi o‘limni kamaytiradi; nostabil stenokardiya va surunkali yurak yetishmovchiligi (SYUE) yuzasidan gospitalizasiyalar sonini kamaytiradi; koronar qon oqimini tiklash bo‘yicha aralashuvlar sonini kamaytiradi.

Digoksin, diuretiklar va angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari bilan davolash fonida SYUE (NYHA klassifikasiyasi bo‘yicha III-IV funksional sinf) bo‘lgan pasientlarda o‘lim ko‘rsatkichini yoki asoratlar rivojlanishi va o‘lim bilan yakunlanish holatlarini oshirmaydi.

Noishemik etiologiyali SYUE (NYHA klassifikasiyasi bo‘yicha III-IV funksional sinf) bo‘lgan pasientlarda amlodipin qo‘llanilganda o‘pka shishini yuz berishi ehtimoli bor.

Farmakokinetikasi

Amlodipin ichga qaul qilingandan keyin, me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. O‘rtacha mutloq biokiraolishligi 64-80% ni tashkil etadi, qon zardobidagi maksimal konsentrasiyasi 6-12 soatdan keyin aniqlanadi. Muvozanat konsentrasiya davolashning 7-8 kunida yuzaga keladi.

Ovqatni bir vaqtda qabul qilish amlodipinni so‘rilishiga ta‘sir etmaydi. O‘rtacha taqsimlanish hajmi 1 kg tana vazniniga 21 l ni tashkil etib, bu preparatning katta qismi to‘qimalarda, kamrog‘i – qonda bo‘lishini ko‘rsatadi. Qonda mavjud bo‘lgan preparatning katta qismi (97,6%) qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Amlodipin jigardan “birlamchi o‘tish” samarasi axamiyatsiz bo‘lib, jigarda sekin, lekin, faol metabolizmga uchraydi. Metabolitlari sezilarli darajadagi faollikka ega emas.

Bir marta qabul qilingandan keyin yarim chiqarilish davri (T1/2) 35 soatdan 50 soatgacha o‘zgarib turadi, qaytadan buyurilganda T1/2 taxminan 45 soatni tashkil etadi. Ichga qabul qilingan dozaning taxminan 60% asosan metabolitlar ko‘rinishida buyrak orqali, 10% – o‘zgarmagan holda, 20-25% safro bilan ichak orqali chiqariladi. Amlodipinning umumiy klirensi soatiga 0,116 ml/kg (minutiga 7 ml/kg, soatiga 0,42 l/kg) ni tashkil etadi.

Keksa pasientlarda qo‘llanishi

Keksa pasientlarda (65 yoshdan kattalar) amlodipinni chiqarilishi yosh pasientlarga qaraganda sekinlashgan (T1/2 – 65 soat), lekin bu farq klinik ahamiyatga ega emas.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda T1/2 ni uzayishi uzoq vaqt qo‘llanilganda organizmda preparatning kumulyasiyasi yuqori (T1/2 – 60 soat) bo‘lishligini ko‘rsatadi.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi

Buyrak yetishmovchiligi amlodipinning kinetikasiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Amlodipin gematoensefalik to‘siq orqali o‘tadi. Gemodializda chiqarilmaydi.

QO‘LLANILISHI

  • Arterial gipertenziya (ham monoterapiyada, ham boshqa gipotenziv vositalar bilan birgalikda).
  • Stabil stenokardiya va vazospatik stenokardiya (Prinmetal stenokardiyasi) (ham monoterapiyada, ham boshqa antianginal vositalar bilan birgalikda) qo‘llaniladi.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

  • Amlodipin va digidropiridinning boshqa hosilalariga, shuningdek preparatning tarkibiga yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik.
  • Og‘ir arterial gipotenziya (sistolik arterial bosim – AB 90% sim. ust. dan past).
  • Chap qorinchadan chiqish yo‘lining obstruksiyasi (shu jumladan og‘ir aortal stenoz).
  • Shok (shu jumladan kardiogen).
  • Miokard infarktidan keyingi gemodinamik nostabil yurak yetishmovchiligi.
  • 18 yoshgacha bo‘lganlarda qo‘llash mumkin emas (samaradorligi va xavfsizligi o‘rnatilmagan).

Ehtiyotkorlik bilan jigar yetishmovchiligi, NYHA tasnifi bo‘yicha III-IV funksional sinfiga mansub noishemik etiologiyali SYUE, nostabil stenokardiyasi, aortal stenozi, mitral stenozi, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya, o‘tkir miokard infarkti (va undan keyin 1 oy davomida), sinus tuguni zaifligi sindromi (yaqqol taxikardiya, bradikardiya), arterial gipotenziyasi bo‘lgan pasientlarda, CYP3A4 izofermenti ingibitorlari yoki induktorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

HOMILADORLIK VA EMIZISH DAVRIDA QO‘LLANILISHI

Norvask® preparatini homiladorlikda qo‘llash xavfsizligi o‘rnatilmagan, shuning uchun homiladorlik vaqtida preparat faqat ona uchun foyda homila yoki yangi tug‘ilganlar uchun bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llanishi mumkin.

Amlodipinning ko‘krak suti tarkibiga o‘tishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Lekin boshqa SSKB lar – digidropiridin hosilalarini, ko‘krak sutiga ajralib chiqishi ma‘lum. Shu boisdan Norvask® preparatini qo‘llash zarurati tug‘ilganida, emizishni to‘xtatish to‘g‘risidagi masalani hal qilish kerak.

Kalamushlardagi tadqiqotlarda amlodipinning fertillikka ta‘siri aniqlanmagan.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Ichga, sutkada bir marta kerak miqdordagi (100 ml) suv bilan ichiladi.

Arterial gipertenziya, stenokardiyada odatda boshlang‘ich doza 5 mg ni tashkil etadi, davolashga bo‘lgan terapevtik javobga qarab, maksimal sutkalik dozagacha – 10 mg gacha oshirish mumkin.

Keksa yoshdagi pasientlarda uchun qo‘llanishi

Norvask® ni o‘rta terapevtik dozada qo‘llash tavsiya etiladi, dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi

Hamma SKKB lar kabi, jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda, Norvask® ning T1/2 ni oshishiga qaramay) dozaga tuzatish kiritish odatda talab qilinmaydi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi

Norvask® ni odatdagi dozalarda qo‘llash tavsiya qilinadi, lekin T1/2 ni bir oz oshishini hisobga olish kerak.

Tiazidli diuretiklar, beta-adrenoblokatorlar va angiotenzinatlantiruvchi ferment bilan bir vaqtda qo‘llanganida dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

NOJO‘YA TA‘SIRI

Keltirilgan nojo‘ya reaksiyalar tez-tezligi quyidagi (Butun sog‘liqni saqlash tashkiloti tasnifi bo‘yicha aniqlangan):

juda tez-tez – 1/10 dan ortiq,

tez-tez – 1/100 dan ortiqdan 1/100 dan kamgacha,

tez-tez emas – 1/1000 dan ortiqdan 1/100 dan kamgacha,

kam hollarda – 1/10000 ortiqdan 1/1000 dan kamgacha,

juda kam hollarda – 1/10000 dan kamdan alohida xabarlargacha,

noma‘lum – mavjud ma‘lumotlarga asoslanib, baholash mumkin emas.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez – yurakni urib ketish hissi, periferik shishlar (oyoq kafti va to‘piqlar shishi), yuz terisini qizib ketishi; tez-tez emas – AB ni haddan tashqari pasayib ketishi; juda kam hollarda – xushdan ketish, hansirash, vaskulit, ortostatik gipotenziya, SYUE ni rivojlanishi yoki kechishini og‘irlashishi, yurak ritmini buzilishlari (shu jumladan bradikardiya, qorinchalar taxikardiyasi, bo‘lmachalar hilpillashi) miokard infarkti, ko‘krak qafasida og‘riq.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: tez-tez emas – artralgiya, mushaklar tirishishi, mialgiya, belda og‘riq, artroz; kam hollarda – miasteniya.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘riqlari, bosh aylanishi, kuchli toliqish, uyquchanlik; tez-tez emas – asteniya, umumiy loxaslik, gipotenziya, paresteziya, periferik neyropatiya, tremor, uyqusizlik, kayfiyat labilligi (tez-tez o‘zgarishi), g‘alati tush ko‘rishlar, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, despressiya, xavotir, quloq shang‘illashi, ta‘mini o‘zgarib ketishi; juda kam hollarda – migren, ko‘p terlash, apatiya, ajitasiya, ataksiya, amneziya; noma‘lum – ekstrapiramid buzilishlar.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq; tez-tez emas – qusish, qabziyat yoki diareya, meteorizm, dispepsiya, anoreksiya, og‘iz shilliq qavatini qurishi, chanqoqlik; kam hollarda – milklar giperplaziyasi, ishtahani kuchayishi; juda kam hollarda – pankreatit, gastrit, sariqlik (xolestaz bilan bog‘liq), giperbilirubinemiya, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, gepatit.

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: juda kam hollarda – trombositopenik purpura, leykopeniya, trombositopeniya.

Nafas tizimi tomonidan: tez-tez emas – hansirash, rinit, burundan qon ketishlari; juda kam hollarda – yo‘tal.

Sezish a‘zolari tomonidan: tez-tez emas – diplopiya, akkomodasiyani buzilishlari, kseroftalmiya, kon‘yunktivit, ko‘zda og‘riq, ko‘rishni buzilishlari.

Siydik-tanosil tizimi tomonidan: tez-tez emas – tez-tez siyish, og‘riqli siyish, nikturiya, erektil faoliyatni buzilishi; juda kam hollarda – dizuriya, poliuriya.

Teri qoplamalari tomonidan: kam hollarda – dermatit; juda kam hollarda – alopesiya, kserodermiya, sovuq ter, teri pigmentasiyasini buzilishi.

Metabolik buzilishlar : juda kam hollarda – giperglikemiya; tez-tez emas – tana vaznini oshishi/kamayishi.

Allergik reaksiyalar: tez-tez emas – terini qichishishi, toshmalari (shu jumladan eritematoz, makulopapulez toshmalar, eshakemi); juda kam hollarda – angionevrotik shish, ko‘p shaklli eritema.

Laborator ko‘rsatkichlar: juda kam hollarda – giperglikemiya.

Boshqalar: tez-tez emas – qaltirash, ginekomastiya, noaniq sohadagi og‘riq; juda kam hollarda – parosmiya.

DOZANI OSHIRIB YUBORILISHI

Simptomlari: reflektor taxikardiya va xaddan tashqari periferik vazodilyatasiya (yaqqol va turg‘un arterial gipotenziya, shu jumladan shok rivojlanishi va o‘lim) rivojlanishi bilan kechuvchi arterial qon bosimini yaqqol pasayishi.

Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish (ayniqsa doza oshirib yuborilganidan keyin birinchi 2 soatda), yurak-qon tomir tizimi faoliyatini tutib turuvchi davolash, oyoqlarni biroz ko‘tarilgan holat keltirishi, yurak va o‘pka ishi ko‘rsatkichlarining monitoringi, aylanayotgan qon hajmi (AQX) va diurezni nazorat qilish. Qon tomirlari tonusini tiklash uchun – qon tomirlarini toraytiruvchi vositalarni qo‘llash (ularni qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmaganda); kalsiy kanallari blokadasi asoratlarini yo‘qotish uchun – kalsiy glyukonatini vena ichiga yuborish. Gemodializ samara bermaydi.

BOSHQA DORI VOSITALARI BILAN O‘ZARO TA‘SIRI

Amlopidin arterial gipertenziyani davolashda tiazidli diuretiklar, alfa-adrenoblokatorlar, beta-adrenoblokatorlar yoki AAF ingibitorlari bilan birga xavfsiz qo‘llanishi mumkin. Stabil stenokardiyasi bo‘lgan pasientlarda amlodipinni boshqa antianginal vositalar, masalan, uzoq vaqt ta‘sir etuvchi yoki qisqa ta‘sir etuvchi nitratlar, beta-adrenoblokatorlar bilan majmuada qo‘llash mumkin.

Boshqa SKKB dan farqli ravishda, amlodipin (SKKB ning III avlodi) nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP), shu jumladan indometasin bilan birga qo‘llanilganda, klinik ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zaro ta‘sir aniqlanmagan.

Tiazidli va “xalqali” diuretiklar, AAF ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlar va nitratlar bilan birga qo‘llanilganda SKKB ning antioanginal va gipotenziv ta‘siri kuchayishi, shuningdek ular alfa1-adrenoblokatorlar, neyroleptiklar bilan birga qo‘llanilganda gipotenziv ta‘siri kuchayishi mumkin.

Garchi amlodipinning hossalari o‘rganilayotgan paytda manfiy inotrop ta‘siri odatda kuzatilmagan bo‘lsada, shunga qaramay, SSKBlari QT intervalini uzaytiradigan antiaritmik vositalari (masalan, amiodaron va xinidin) ning manfiy inotrop ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.

Amlodipin shuningdek antibiotiklar va ichga qabul qilinadigan gipoglikemik vositalar bilan bir vaqtda xavfsiz qo‘llanilishi mumkin.

Essensial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda 100 mg sildenafilni qabul qilish amlodipinning farmakokinetikasi parametrlarga ta‘sir etmaydi.

Amlodipinni 10 mg dozada va atorvastatinni 80 mg dozada takroriy qabul qilinishi, atorvastatinning farmakokinetikasi ko‘rsatkichlarini sezilarli o‘zgarishlari bilan kechmaydi.

Simvastatin: amlodipinni 10 mg dozada ko‘p marta va simvastatinni 80 mg dozada bir vaqtda qo‘llanishi simvastatinning ekspozisiyasini 77% ga oshishiga olib keladi. Bunday holatlarda simvastatinning dozasini 20 mg gacha cheklash kerak.

Etanol (alkogol saqlovchi ichimliklar): amlodipin 10 mg dozada bir marta yoki takroran qo‘llanganda etanolning farmakokinetikasiga ta‘sir etmaydi.

Viruslarga qarshi vositalar (ritonavir): SKKB, shu jumladan amlodipinning plazmadagi konsentrasiyasini oshiradi.

Neyroleptiklar va izofluran: digidropiridin hosilalarining gipotenziv ta‘sirini kuchaytiradi.

Kalsiy preparatlar SKKB ning samarasini susaytirishi mumkin.

SKKB ni litiy preparatlari bilan birga qo‘llanganda (amlodipin uchun ma‘lumotlar yo‘q) ularning neyrotoksikligi (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, ataksiya, tremor, quloq shang‘illashi) ko‘rinishlari kuchayishi mumkin.

Amlodipin va siklosporinni sog‘lom ko‘ngillilar va buyrak transplantasiyasidan keyingi pasientlardan tashqari pasientlarning hamma guruxlarida, bir vaqtda qo‘llash yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Pasientlarda buyrak transplantasiyasidan keyin amlodipin va siklosporinning o‘zaro ta‘siri yuzasidan turli tadqiqotlar, ushbu majmuani qo‘llash qandaydir samaraga olib kelmasligi yoki siklosporin minimal konsentrasiyasini 40% gacha oshirishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ushbu natijalarni hisobga olish, amlodipin va siklosporinni shu guruh pasientlarda bir vaqtda qo‘llanganda siklosporinning konsentrasiyasini nazorat qilish kerak. Amlodipin qon zardobida digoksinning konsentrasiyasiga va uning buyrak klirensiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Varfarinning ta‘siri (protrombin vaqti) ga sezilarli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Simetidin amlodipinning farmakokinetikasiga ta‘sir etmaydi.

In vitro sharoitidagi tadqiqotlarda digoksin, fenitoin, varfarin va indometasinni qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishiga ta‘sir etmaydi.

Greypfrut sharbati: 240 ml greypfrut sharbati va 10 mg amlodipinni ichga bir vaqtda qabul qilish, amlodipinning farmakokinetikasini ahamiyatli o‘zgarishi bilan kechmaydi. Shunga qaramay, greypfrut sharbati va amlodipinni bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki CYP3A4 izofermentining genetik poliforizmi sababli, amlodipinning biokiraolishligini oshishi va buning natijasida, gipotenziv samara kuchayishi mumkin.

Alyuminiy– yoki magniy saqlovchi antasidlar: ularni bir marta qabul qilish amlodipinning farmakokinetikasiga sezilarli ta‘sir etmaydi.

CYP3A4 fermenti ingibitorlari: diltiazemni 180 mg dozada va amlodipinni 5 mg dozada arterial gipertenziyasi bo‘lgan 69 yoshdan 87 yoshgacha bo‘lgan pasientlarda bir vaqtda qo‘llanganda amlodipinning tizimli ekspozisiyasini 57% ga oshishi aniqlangan. Amlodipin va eritromisinni sog‘lom ko‘ngillilar (18 yoshdan 43 yoshgacha) da qo‘llash amlodipinning ekspozisiyasini sezilarli o‘zgarishlariga olib kelmaydi (“konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i maydoni (AUC) 22% ga oshadi). Bu samaralarning klinik ahamiyatli oxirgacha aniq  bo‘lmasada, ular keksa yoshdagi pasientlarda yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin.

CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlari (masalan, ketokonazol, itrakonazol) diltiazemga nisbatan amlodipinning konsentrasiyasini ko‘proq oshishiga olib kelishi mumkin. Amlodipin va CYP3A4 inzofermenti ingibitorlarini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Klaritromisin: CYP3A4 izofermenti ingibitori. Amlodipin va klaritromisinni bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda arterial bosimni pasayish xavfi yuqori bo‘ladi. Bunday majmuani qabul qilayotgan pasientlarga sinchkov tibbiy kuzatuv ostida bo‘lish tavsiya etiladi.

CYP3A4 izofermenti induktorlari: CYP3A4 izofermenti induktorlarining amlodipinning farmakokinetikasiga ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Amlodipin va CYP3A4 izofermenti induktorlarini bir vaqtda qo‘llaganda, arterial bosimni sinchiklab nazorat qilib turish kerak.

Takrolimus: amlodipin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda qon plazmasida takrolimusning konsentrasiyasini oshish xavfi bo‘lgan amlodipin bilan birga qo‘llanilganda takrolimusning toksikligiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, takrolimusning konsentrasiyasini qon plazmasida nazorat qilish va kerak bo‘lgan hollarda, takrolimusning dozasiga kuzatish kiritish kerak.

MAXSUS KO‘RSATMALAR

Tish gigienasini ta‘minlash, stomotolog kuzatuvida bo‘lishi lozim (milklar og‘riqlanishi, qon ketishi va giperplaziyasini oldini olish uchun).

Keksa yoshdagi pasientlarda preparatning T1/2 oshishi va klirensi pasayishi mumkin. Dozani o‘zgartirish talab etilmaydi, lekin bu toifa pasientlarni sinchiklab kuzatish kerak.

Norvask® preparatining gipertonik krizdagi samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.

SKKB preparatlarida “bekor qilish” sindromi bo‘lmaganiga qaramay, Norvask® preparati bilan davolashni, dozani sekin-asta kamaytirib borib, to‘xtatish maqsadga muvofiqdir.

NYHA tasnifi bo‘yicha III va IV funksional sinfi noishemik genezli surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda Norvask® qo‘llash fonida yurak yetishmovchiligi belgilari yomonlashmaganligiga qaramay o‘pka shishi rivojlanishi tez-tezligini oshgani kuzatilgan.

Avtotransportni va boshqa murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri: garchi Norvask® preparatini qo‘llash fonida avtotransportni yoki boshqa murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga qandaydir salbiy ta‘sir kuzatilmagan bo‘lsada, biroq AB ning haddan tashqari pasayib ketishi, bosh aylanishini rivojlanishi, uyquchanlik va boshqa nojo‘ya reaksiyalar bo‘lishi mumkinligi tufayli, sanab ko‘rsatilgan holatlarda, ayniqsa davolash boshlanishida va doza oshirilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

CHIQARILISH SHAKLI

5 va 10 mg li tabletkalar.

10 tabletkadan PVX/A1-folga blisterlarda. 10 tabletkadan 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga yuz tomoni birinchi ochish nazorati maqsadida perforasiya qilingan chiziqli karton qutida.

SAQLASH SHAROITI

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

YAROQLILIK MUDDATI

4 yil.

Yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin:

BERISH TARTIBI

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Norvask barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Norvask savollari

Norvask fikr-mulohazalari

Reyting 4.0, 8 ta sharh asosida
Нумонжан
25.09.2020 09:57
4
Гипертония у меня наследственная. Давно. Врач, у которого я наблюдаюсь, посоветовала постепенно переходить на немецкий Норваск. Сейчас я принимаю дозировку 10 мг (есть еще 5 мг). Режим приема: одна таблетка утром. Давление стабильно сутки. У препарата конечно же есть побочные эффекты и противопоказания. Но меня эта чаша обошла стороной. Хорошее лекарство, оно действительно работает, но цена не просто кусается, а пытается отхватить кусок побольше. Если бы не это, поставил бы пять. Рекомендовал бы, но вы лучше со своим доктором поговорите, вдруг вам его нельзя. Самолечение тоже не вариант, это для здоровья опасно. Будьте здоровы!
Сайиджалол
09.02.2021 20:06
5
Я принимаю норваск уже целый год. Повышенное давление сопровождало меня тоже всегда. Моя “норма” – это 140/80. Если начинает ползти вверх, то я обязательно это чувствую. И это “чувствую” первый звоночек, что пора идти в аптечку. Норваск мне выписал врач от гипертонии, хотя средство еще применяют при стенокардии. Препарат германский, я ему доверяю. Повторюсь, пью год. Побочных эффектов особых не заметил. Отеков ног тоже вроде нет. Делаю ставку на пол, говорят, что у женщин ноги более склонны к отекам. Но это не значит, что Норваск безобиден. В его инструкции указано довольно много противопоказаний и побочных эффектов. Мы обговорили это с врачом, он дал добро. Пульс, кстати, не частил, что частенько бывает при приеме лекарств от гипертонии. В общем, мне препарат подошел.
Надежда
25.02.2021 17:04
4
В 2014 году моя тетушка перенесла инфаркт. Естественно из больнички мы вышли со списком лекарств. В числе прочих был как раз Норваск. Вот уже 5 лет прошло, а она все продолжает его пить. Норваск у нее “пожизненно” теперь. И знаете, все хорошо. Отеки не такие большие, как рассказывают. Если что она спасается мочегонными травяными сборами. Пьет Норваск один раз в сутки, утром, чтобы давление держалось стабильное целый день. Пульс хороший. В покое где-то 63 удара. Единственный минус, который мы нашли, это цена. Можно было бы заменить на Амлодипин, ведь в составе одно и то же вещество. Но мы стараемся не рисковать. Врач сказала, что есть стабильное состояние достигнуто и держится несколько лет, то менять препарат не имеет смысла, можно сделать хуже. Ведь у них разная очистка и технология производства. Препарат хороший.
Ширмоной
22.04.2021 12:04
3
Выбор лекарства дело непростое. Нам это препарат не подошел. Жалко потраченных денег, но с другой стороны, по-другому не узнать, что подходит, а что нет. Думаю, что надо было сначала взять дозировку поменьше, 5 мг, но мы доверились врачу, купили 10 мг и упаковку 30 штук. Норваск прописывался для нормализации давления и его стабилизации. И все было нормально, пока не полезла побочка по списку из инструкции. Чего только мы не натерпелись. Половину пачки не пропили, бросили. Просто тупо стало страшно за здоровье. Таблетки должны лечить, а не калечить. В общем, нам не зашли. Но для вас могут оказаться самыми лучшими. Сходите к врачу, спросите у него. Хотя мы же тоже ходили… Думаем перейти на дешевые аналоги, благо их довольно много. Но пробовать опять на себе. Спасибо за внимание и всем крепкого здоровья.
Алиоша
24.04.2020 21:37
1
Я засомневался в компетентности своего кардиолога после того как он мне начал втюхивать Норваск. Так расхваливал, уговаривал купить его. Я почитал в интернете отзывы, большинство было положительной направленности. Да и производитель – Германия, что внушало мне доверие. Решил начать прием с маленькой упаковки, там цена более приятная, а потом уже ориентироваться по самочувствию. Принимал 10 дней, потом прекратил прием, так как мне не понравились побочки. Я стал сонным как муха, стал быстро уставать на работе и заметил что значительно снизилась концентрация внимания. Начал допускать ошибки во время рабочего процесса по невнимательности. Мой вывод – норваск мне понравился , цена высокая, качество оставляет желать лучшего, много побочек. Не покупайте!
Севара
06.02.2021 15:10
5
Существует масса более дешевых аналогов норваска, пробовала купить парочку из них, но не то пальто Аналоги слабо на меня действуют, либо не действуют вообще. Норваск утихомиривал гипертонию на сутки, а аналоги – на час-два, не более того. Так это при том что дозировка была идентичной (10 мг)! Тут выходит что скупой платит дважды. После всех моих экспериментов, все равно вернулась к старому и проверенному норваску. Правда цена у него самая высокая из всех препаратов с действующим веществом “амлодипин”, но выбора нет, только он меня и выручает.
Мирзакомил
24.09.2020 06:21
5
Если купить норваск , то можно подлечить стенокардию и гипертонию одновременно. А это весьма удобно! Качество этого амлодипина отличное, но и цена не всем по карману. Принимала таблетки строго в одно и тоже время. Первые 2 месяца по 5 мг, а после положительных результатов доктор сказал принимать по ? таблетки. В инструкции указано много возможных побочных эффектов, ну это как и во всех лекарствах и тут все сугубо индивидуально. Мне повезло, самочувствие не ухудшилось, все ок. На концентрацию внимания и управление автомобилем норваск никак не повлиял.
Дурхон
18.03.2020 04:51
5
Если купить норваск , то можно подлечить стенокардию и гипертонию одновременно. А это весьма удобно! Качество этого амлодипина отличное, но и цена не всем по карману. Принимала таблетки строго в одно и тоже время. Первые 2 месяца по 5 мг, а после положительных результатов доктор сказал принимать по ½ таблетки. В инструкции указано много возможных побочных эффектов, ну это как и во всех лекарствах и тут все сугубо индивидуально. Мне повезло, самочувствие не ухудшилось, все ок. На концентрацию внимания и управление автомобилем норваск никак не повлиял.

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil