Ташкент
logo
SavatKirish

Nosilin

Nosilin chiqarish shakllari

NOSILIN burun uchun tomchilar 10ml 0,1%
Retseptsiz
NOSILIN burun uchun tomchilar 10ml 0,1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Yunik Farmasyutikals Laboratoriez (Otdelnie firmi DjBKemikals end Farmasyutikals Ltd)
- Nosilin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Nosilinning tarkibi
- Nosilin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Nosilin narxi Toshkent dorixonalarida

Nosilin qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Hindiston
Kategoriya
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NOSILIN*

NOSILIN*

 

Preparatning savdo nomi: Nosilin

Ta‘sir etuvchi modda (XMN): ksilometazolin

Dori shakli: nazal tomchilar

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: Ksilometazolin gidroxloridi AQSH F. – 1,0 mg;

yordamchi moddalar: natriy xloridi, dinatriy edetati, natriy gidrofosfati (suvsiz), natriy digidrofosfati monogidrati, benzalkoniy xloridi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: rangsizdan och-sariq rangligacha bo‘lgan tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: burun kasalliklarini davolash uchun preparat; dekongestant.

ATX kodi: R01AA07

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

LOR-amaliyotida mahalliy qo‘llash uchun qon tomirlarni toraytiruvchi preparatdir. Imidazolin hosilalari guruhiga mansub alfa-adrenomimetik ta‘sirga ega mahalliy qon tomirlarni toraytiruvchi (dekongestantlar) vositalar guruhiga mansub. Preparat burun bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi qon tomirlarni toraytiradi, bu burun-halqum shilliq qavatidagi shish va giperemiyani bartaraf etishga va ajralmalar miqdorini kamayishiga olib keladi. Preparatni qo‘llash fonida burun yo‘llari, bo‘shliqlarning teshiklari va yevstaxiy naylarining o‘tkazuvchanligi tiklanadi. Preparatning ta‘siri bir necha minutdan keyin boshlanadi va 10-12 soat davom etadi.

Terapevtik konsentrasiyalarda burun shilliq qavatini ta‘sirlamaydi.

Farmakokinetikasi

Ksilometazolin terapevtik dozalarda mahalliy qo‘llanilganda deyarli so‘rilmaydi, plazmadagi konsentrasiyasi zamonaviy analitik usullar yordamida aniqlab bo‘lmaydigan darajada kam.

Qo‘llanilishi

  • O‘tkir rinit (virusli, bakterial, allergik);
  • O‘RK ko‘rinishlari bilan kechuvchi rinit;
  • Sinusit;
  • Pollinoz;
  • Yevstaxiit;
  • O‘rta otit (burun-halqum shilliq qavatining shishini kamaytirish uchun);
  • Bemorni burun yo‘llaridagi diagnostik muolajalarga tayyorlashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Har 8-10 soatda har bir burun yo‘liga 2-3 tomchi eritmadan intranazal qo‘llanadi. Davolash kursi 3-5 kunni tashkil qiladi.

Qo‘llashning maksimal yo‘l qo‘yiladigan davomiyligi – 2 xafta.

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Tez-tez va/yoki uzoq vaqt qo‘llanilganda – ta‘sirlanish, burun-halqum shilliq qavatini qurishi, burun-halqum shilliq qavati gipersekresiyasi, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.

Kam hollarda – burun shilliq qavatini shishi, yurak urib ketishi, taxikardiya, aritmiyalar, arterial bosimni oshishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, uyqusizlik, ko‘rishni buzilishi, depressiya (yuqori dozalarni uzoq vaqt qo‘llaganda).

Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralar birontasi og‘irlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, arterial gipertenziya, taxikardiya, yaqqol ateroskleroz, glaukoma, atrofik rinit, gipertireoz, bosh miya pardalaridagi jarroxlik aralashuvlari (anamnezida), transfenoidal gipofizektomiyadan keyingi holat, bolalarda (12 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.

MAO ingibitorlari va trisiklik antidepressantlar bilan (shu jumladan ular bekor qilingandan keyin 14 kun davr davomida) bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.

Qandli diabet, prostata bezi giperplaziyasi, yurak ishemik kasalligi (stenokardiya), feoxromositoma, gipertireoz, laktasiya davri, uyqusizlik, bosh aylanishi, aritmiya, tremor, arterial bosimni oshishi bilan kechuvchi adrenergik preparatlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparat arterial bosimni oshishi mumkinligi tufayli, MAO ingibitorlari va trisiklik antidepressantlar (shu jumladan ularni bekor qilgandan keyin 14 kun davrda) bilan nomutanosib.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni qo‘llashdan oldin burun yo‘llarini tozalash kerak. Uzoq vaqt (7 kundan ortiq) davomida, masalan surunkali rinitda qo‘llash mumkin emas.

Preparatni uzoq vaqt qo‘llash ta‘sirni susayishi, burun shilliq qavati atrofiyasi va medikamentoz rinit bilan kechuvchi reaktiv giperemiyaga olib kelishi mumkin. Preparat tarkibida korservant sifatida benzalkoniy xloridi saqlaganligi tufayli, ayniqsa uzoq vaqt (7 kundan ortiq) qo‘llanilganda burun bo‘shlig‘i shilliq qavatini shishi rivojlanishi mumkin. Bunday reaksiyaga gumon bo‘lganda (burunni bitishi), imkoni boricha konservantlarni saqlamaydigan dori vositalarini qo‘llash kerak. Agar bunday dori vositalari mavjud bo‘lmasa, boshqa dori shaklini qo‘llash kerak!

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Agar ona uchun kutilayotgan foyda bolada nojo‘ya samaralar rivojlanishi xavfidan ustun bo‘lgan hollardagina preparatni emizish davrida shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash mumkin.

Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Ksilometazolin transport vositalari va uskunalarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilishi mumkin.

Preparat bilan davolaganda transport vositalarini boshqarganda va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya samaralarni (doza bog‘liq) kuchayishi, tana haroratini pasayishi, ongni chalkashishi. Preparat to‘satdan ichga qabul qilinganda quyidagilarni chaqirishi mumkin: kuchli bosh aylanishi, ko‘p terlash, bosh og‘rig‘i, bradikardiya, arterial bosimni oshishi, nafasni susayishi, koma va tirishishlar. Arterial bosim oshganidan keyin uni to‘satdan pasayishi kuzatilishi mumkin.

Davolash: simptomatik.

 

Chiqarilish shakli

10 ml dan plastik flakonda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Nosilin barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Nosilin savollari

Nosilin fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil