Novokain analoglari
To‘g‘ridan-to‘g‘ri analoglar
Analog dorilar
Narxi
3 000 so'm dan
Guruh analoglari
Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish
Novokain
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Infiltratsion, o'tkazuvchan, epidural va orqa miya anesteziyasi, suyak ichi anesteziyasi, shilliq qavatlar anesteziyasi (LOR-amaliyotda); vagosimpatik va paranefral blokada. Ekzemalar, neyrodermit, ishalgiyada tsirkulyar va paravertebral blokadalar. V/i: narkoz uchun asosiy vositalar ta'sirini potentsiyalash uchun; turli genezli og'riq sindromini bartaraf etish uchun. M/i: penitsillin ta'sir muddatini uzaytirish maqsadida uni eritish uchun; asosan keksa yoshda uchraydigan ba'zi kasalliklarda yordamchi vosita sifatida, sh.j. endarteriit, ateroskleroz, arterial gipertenziya, koronar tomirlar va miya tomirlari spazmlari, revmatik va infektsion genezli bo'g'im kasalliklari. Rektal: gemorroy, ichak silliq mushaklari spazmlari, anal yoriqlar.
Nojo'ya ta'sirlar
- Markaziy va periferik asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyquchanlik, holsizlik, harakat bezovtaligi, hushdan ketish, tirishishlar, trizm, tremor, ko'rish va eshitish buzilishlari, nistagm, ot dumi sindromi (oyoqlar falaji, paresteziyalar), nafas mushaklari falaji, motor va sezgi bloki, respirator falaj ko'proq subaraxnoidal anesteziyada rivojlanadi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: AB oshishi yoki pasayishi, periferik vazodilatatsiya, kollaps, bradikardiya, aritmiyalar, ko'krak qafasida og'riq. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: ixtiyorsiz siyish. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, ixtiyorsiz defekatsiya. Qon tomonidan: metgemoglobinemiya. Allergik reaktsiyalar: teri qichishishi, teri toshmasi, boshqa anafilaktik reaktsiyalar (sh.j. anafilaktik shok), eshakemi (teri va shilliq qavatlarda). Boshqalar: og'riqning qaytishi, turg'un anesteziya, gipotermiya, impotentsiya; anesteziyada lab va tilning sezuvchanligini yo'qotishi va paresteziyalar, anesteziyaning uzayishi
Retseptli / Retsepsiz
Kategoriya
Anestetik vositalarMavjud chiqarilish shakllari
- Eritma
- Suppozitorlar
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Ma'lumot topilmadi





