Oksikortning aptekalardagi narxlari
OKSIKORT maz 10g
|
|
118 ta dorixonada bor
|
27 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
37 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Oksikort ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
OKSIKORT
OXYCORT
Preparatning savdo nomi: Oksikort
Dori shakli: surtma
Tarkibi:
1 g surtma quyidagilarni saqlaydi.
ta‘sir etuvchi modda: 30,0 mg oksitetrasiklin gidroxloridi, 10,0 mg gidrokortizon asetati,
yordamchi moddalar: oq vazelin 1,0 g gacha.
Ta‘rifi: bir xil, sariq rangli, yog‘li massa
Farmakoterapevtik guruhi: Antibiotiklar bilan majmuadagi glyukokortikosteroidlar. Antibiotiklar bilan majmuadagi gidrokortizon.
ATX kodi: D07CF01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Oksikort – ikkita ta‘sir etuvchi modda: oksitetrasiklin va gidrokortizon saqlaydigan majmuaviy preparatdir.
Oksitetrasiklin – tetrasiklinlar guruhiga mansub antibiotik. Ko‘pchilik grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga nisbatan bakteriostatik faollikni namoyon etadi.
Gidrokortizon – kortikosteroid hisoblanadi. Yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi ta‘siriga ega, qon tomirlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi.
Oksikort preparati terining yallig‘lanish joyidagi tetrasiklinga sezgir bakteriyalarga ta‘sir etadi, shuningdek mahalliy yallig‘lanish jarayonlarini cheklaydi, eritema va qichishishni kamaytiradi.
Tarkibida gidrokortizon bo‘lgani uchun, preparat hujayra, subhujayra, shu jumladan lizosomal membranalarni barqarorlashtiradi. Lizosomalardan proteolitik fermentlarni ajralib chiqishini kamaytiradi, eozinofillardan yallig‘lanish mediatorlarini ajralib chiqishini kamaytiradi, semiz hujayralar sonini kamaytiradi va membranalarini barqarorlashtiradi. Alterasiya fazasini tormozlaydi va hujayrada yallig‘lanish infiltratlarini kamaytiradi, leykositlar va limfasitlarning yallig‘lanish o‘chog‘iga migrasiyasini pasaytiradi. Immunoglobulinlarni hujayralar yuzasidagi reseptorlari bilan bog‘lanishini kamaytiradi va limfositlarda va makrofaglarda sitokinlar (interleykinlar va interferonlar) sintezi yoki ajralib chiqishini tormozlaydi. Araxidon kislotasini fosfolipidlardan ajralib chiqishini va uning metabolitlari (prostaglandinlar, leykotrinlar, trombaksan) sintezini kamaytiradi. Natijada shikastlanish o‘chog‘ida giperemiya va ekssudasiya kamayadi.
Ilk immunologik javob yaqqolligini kamaytiradi. Immunologik komplekslarni hujayra membranalari orqali kirib borishiga to‘sqinlik qiladi va komplement komponentlari va immunoglobulinlar konsentrasiyasini kamaytiradi. Steroid reseptorlarni rag‘batlantirib, shishga qarshi faollikka ega bo‘lgan gipokortinlarni hosil bo‘lishini induksiya qiladi.
Glikoneogenezni kuchaytiradi, to‘qimalarda glyukozaning utilizasiyasini pasaytiradi va katabolik jarayonlarni faollashtiradi. Davolovchi dozalarda deyarli tizimli ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
Oksikort surtmasi teriga surtilganidan keyin, faol komponentlar epidermisda (asosan donali qavatida) to‘planadi.
Oksitetrasiklin teriga mahalliy surtilganda amalda so‘rilmaydi va tizimli ta‘sir ko‘rsatmaydi, uning ozgina miqdori so‘rilgandan keyin jigarda biotransformasiyaga uchraydi va buyrak orqali chiqariladi.
Gidrokortizon epidermisiga o‘tadi, kam miqdorda so‘rilib, tizimli ta‘sir etishi mumkin. Gidrokortizonni teridan so‘rilishi tez-tez qo‘llanganida, terining katta yuzalarida ishlatilganda, yuz terisiga yoki teri burmalari sohalariga qo‘llanganida, shuningdek namlik va mahalliy haroratni oshiradigan okklyuzion bog‘lovlar qo‘llanganida ortadi.
Gidrokortizonni teridagi, qo‘llangan joydagi kumulyasiyasi preparat tez-tez qo‘llanganida oshadi. Gidrokortizon bevosita epidermisda metabolizmga uchraydi, keyinchalik esa, uning ozgina miqdori so‘rilgandan keyin umumiy qon oqimiga tushadi – jigarda biotransformasiyaga uchraydi. Qonda 80% transkortin bilan va 10% albumin bilan bog‘lanadi. Metabolit ko‘rinishida va oz miqdorda o‘zgarmagan holda siydik orqali va oz miqdorda safro bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- surunkali piodermiyalar (streptokokkli, stafilakokkli va aralash)
- teri allergik kasalliklarining yiringli asoratlari
- allergik dermatit
- ekzema, kontaktli dermatit
- oddiy va pufakchali impetigo
- bakterial infeksiya bilan asoratlangan bichilishlar
- furunkullar, furunkulyoz, ko‘p miqdordagi abssesslar
- eshakemi, hashoratlar chaqishi, strofulyusda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Oksikort preparatini shifokor tavsiyasiga muvofiq qo‘llash kerak. Surtma terining shikastlangan joylariga yupqa qavat qilib, sutka davomida 2-3 marta surtiladi. Surtmani okklyuzion bog‘lov ostida qo‘llash mumkin emas. Odatda davolash 1-2 hafta davom etadi. Yuz terisiga 1 haftadan ortiq qo‘llanmasin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
- preparat applikasiya qilingan joyda achishish, qichishish, ta‘sirlanish, terini haddan tashqari qurib ketishi, terining atrofik o‘zgarishlari, kontaktli dermatit, lab atrofidagi terini yallig‘lanishi, teri maserasiyasi, aknega o‘xshash toshmalar, dermektaziyalar, issiqlik toshishi, toshmalar, gipotrixoz, teri depigmentasiyasi, ikkilamchi teri infeksiyalari va follikulit.
- preparat uzoq vaqt qo‘llanganida va (yoki) terining katta sohalarida qo‘llanganida, gidrokortizon qonga o‘tishi mumkin va kortikosteroidlar uchun tipik simptomlarini, shu jumladan buyrak usti bezini faoliyatini susayishini chaqirishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).
- preparatni uzoq vaqt yuz terisiga qo‘llash teri atrofiyasiga va qon tomirlarini kengayishiga olib kelishi mumkin.
- preparat tarkibida saqlanuvchi oksitetrasiklin terini mahalliy ta‘sirlanishini, allergik reaksiyalar, yorug‘likka nisbatan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari va (yoki) achitqilar yoki bakteriyalarning chidamli shtammlarini o‘sishiga olib kelishi mumkin.
Oksikort preparatini qo‘llash vaqtida ayrim pasientlarda boshqa nojo‘ya ta‘sirlar namoyon bo‘lishi mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan yoki bu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lgan hollarda shifokorga xabar berish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- oksitetrasiklin, gidrokortizon yoki preparatning biron-bir yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik
- teri tuberkulyozi
- teri o‘smalari, terining rak oldi holatlari
- terining bakterial, zamburug‘li, virusli kasalliklari (gerpes, suvchechak)
- akne
- perioral (og‘iz atrofi) dermatit
- profilaktik emlashlar davri
- homiladorlik va laktasiya davrida
- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Glyukokortikosteroidlar sirtga qo‘llanganida o‘zaro ta‘sir holatlari ma‘lum emas.
Immunologik tanqisligi kelib chiqishi xavfi tufayli, preparat bilan davolash paytida chechakka qarshi emlash va immunizasiyaning boshqa turlarini o‘tkazish mumkin emas. Glyukokortikosteroidlar qatoriga mansub ikki va undan ortiq dori vositalarini ishlatish tavsiya etilmaydi. Preparat immunosupressiv dori vositalari ta‘sirini kuchaytirishi va immunrag‘batlantiruvchi dori vositalarining ta‘sirini kuchsizlantirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra, faqat terida qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Ta‘sirlanish simptomlari kelib chiqqanda davolash to‘xtatish kerak.
Preparatning yaralar, shilliq qavatlar bilan kontaktiga, shu jumladan ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘yilmasin, agar ko‘zga tushsa, xona haroratidagi suv bilan yaxshilab yuvib tashlash kerak.
Glaukoma yoki katarakta yuz berishi xavfi tufayli, ko‘z atrofiga qo‘llanilmasin.
Preparatni uzoq vaqt (to‘xtovsiz 2 haftadan ortiq) qo‘llanilishidan yoki uni terining katta yuzalarida qo‘llashdan saqlanish kerak.
Agar 7 kun qo‘llanilgandan keyin yaxshilanishi kuzatilmasa, davolashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Yuz terisiga, qo‘ltiq ostida, chovda, preparatni bu sohalarda kuchli so‘rilishi oqibatidagi dermatitlarni yuz berishidan saqlanish uchun, surtmani faqat o‘tkir zarurat tug‘ilgan hollardagina qo‘llash mumkin.
Preparat okklyuzion bog‘lovlar ostida qo‘llanilmasin. Okklyuziv bog‘lovni qo‘llash preparatning teridan qonga o‘tishini kuchaytiradi va natijada kortikosteroidlarning tizimli noxush ta‘siri rivojlanishi mumkin.
Gidrokortizon teri orqali qonga so‘rilishi va immunosupressiv ta‘sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun preparat qo‘llanilayotgan paytda pasient virus infeksiyalari (suvchechak, qizamiq) ni yuqishidan saqlanishi kerak.
Psoriazi bo‘lgan pasientlarda alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparatda oksitetrasiklin bo‘lgani uchun va quyoshga allergiya yuz berishi mumkinligini nazarda tutib, quyosh nuri va sun‘iy UB-nurlaridan (masalan solyariydan) saqlanish kerak.
Dori preparatini qo‘llash, ayniqsa uzoq vaqt davomida qo‘llash, oksitetrasiklinga chidamli bakteriyalarning shtammlarini yoki zamburug‘larni o‘sishiga olib kelishi mumkin. Oksikort dori vositasi qo‘llanganida yangi infeksiyalarning simptomlari paydo bo‘lgan hollarda, preparatni bekor qilish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Davolashdan oldin mavjud bo‘lgan teri osti to‘qimasidagi atrofik o‘zgarishlarda, ayniqsa keksalarda, preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dori vositasini transport vositalari va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Ta‘sir etmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Mahalliy qo‘llanganda dozani oshirib yuborilishi simptomlari kuzatilmagan.
Agar preparat terining katta sohalarida, katta dozalarda, okklyuzion bog‘lovlar ostida yoki shikastlangan teriga qo‘llanilganda, u qonga o‘tishi va kortikosteroid yoki oksitetrasiklinning tizimli ta‘sirini chaqirishi mumkin.
Chiqarilish shakli
10 g dan ichi laklangan alyumin tubalarda.
1 tubadan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalar berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari