ORLIPning aptekalardagi narxlari
ORLIP kapsulalar 120mg N30
|
|
269 ta dorixonada bor
|
195 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
241 900 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
225 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
ORLIP ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ORLIP
ORLIP
Preparatning savdo nomi: Orlip
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): orlistat
Dori shakli: kapsulalar
Tarkibi:
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda :120 mg orlistat;
yordamchi moddalar: natriy kraxmal glikolyati, mikrokristall sellyuloza, natriy laurilsulfati, eruvchan polivinilpirrolidon, talk.
Ta‘rifi: №2 o‘lchamli, qattiq jelatinli kapsulalar. Korpusi – sariq, qopqog‘i yashil rangli. Kapsula ichidagisi – oq yoki deyarli oq rangli kukun.
Farmakoterapevtik guruhi: semirishga qarshi preparat – gastro-intestinal lipazalar ingibitori
ATX kodi: A08AB01.
Farmakologik xususiyatlari
Semirishga qarshi preparat – gastro-intestinal lipazalar ingibitoridir. Ta‘sir mexanizmi me‘da va ingichka ichak ichida me‘da va pankreatik lipazalarning faol qismi bilan kovalent birikma hosil qilishi bilan bog‘lanadi. Natijada lipazalarning faolsizlantirilishi sodir bo‘ladi, ozuqa yog‘larining parchalanishi buziladi va ularning me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilishi kamayadi. Preparatni muntazam qabul qilinganida uning samarasi semizligi bo‘lgan bemorlarning tana vaznini kamayishiga olib keladi.
Ichga qabul qilinganida orlistat me‘da-ichak yo‘llaridan deyarli so‘rilmaydi.
Qabul qilingan orlistatning 97% ahlat bilan, bundan – 83% o‘zgarmagan holatda chiqariladi.
Orlistatning organizmdan to‘liq chiqarilish vaqti (ahlat va siydik bilan) 3-5 sutkani tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
– semirish va ortiqcha tana vaznida (o‘rtacha gipokaloriyali parhez bilan birga) qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
1 kapsuladan (120 mg) sutkada 3 marta asosiy ovqatlanishlar vaqtida buyuriladi. Preparatni ovqatlanish vaqtida yoki ovqatlanishdan so‘ng ko‘pi bilan 1 soatdan keyin qabul qilinadi. Agar ovqatlanishni o‘tkazib yuborilsa yoki agar ovqat yog‘ saqlamasa, preparatni qabul qilishni o‘tkazib yuborish mumkin.
Tavsiya etilgan dozadan oshirish uning terapevtik samarasini oshishiga olib kelmaydi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparatning nojo‘ya ta‘sirlari asosan me‘da-ichak yo‘llari tomonidan qayd etilgan va o‘tkinchi xarakterga ega.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez ich kelishi, ichni suyuq kelishi va ahlat tarkibida yog‘lar miqdorini oshishi, qorinda va to‘g‘ri ichakda og‘riqlar va diskomfort, meteorizm, ich kelishiga qistovlar (odatda bu belgilar o‘tib ketuvchi xarakterga ega va ko‘proq davolashning birinchi 3 oyida paydo bo‘ladi).
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, angionevrotik shish, anafilaktik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
– surunkali malabsorbsiya sindromi;
– xolestaz;
– orlistatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Orlistatni qabul qilish vaqtida me‘da-ichak yo‘llaridan yog‘da eruvchan vitaminlar va beta-karotinning so‘rilishi kamayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Orlistat bilan davolanish fonida pasient muvozanatlangan, yog‘lar ko‘rinishidagi 30% kaloriya saqlovchi, o‘rtacha gipokaloriyali parhez qabul qilishlari lozim. Pasientning ovqat rasionida yog‘lar miqdori yuqoriroq bo‘lganida, me‘da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lishini ehtimoli oshadi. Bir kunda iste‘mol qilinadigan yog‘larning miqdori kun davomidagi ovqatlanishga teng taqsimlanishi tavsiya etiladi.
Davolanish jarayonida tana vazni kamaygan sari ko‘proq semizlikka yondosh bo‘lgan patologik jarayonlarni kechishini shu jumladan, arterial gipertenziya, qandli diabet (diabetga qarshi peroral vositalarga talab kamayadi), lipidlar almashinuvining buzilishini yaxshilanishi mumkin.
Orlistatni qabul qilishda me‘da-ichak yo‘llaridan yog‘da eruvchan vitaminlar va beta-karotinning so‘rilishi kamayishi mumkin.
Jigar va/yoki buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda orlistatni qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.
Bolalarda preparatni qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan.
Orlistatni homiladorlikda buyurish mumkin emas, chunki ularda qo‘llashning xavfsizligini tasdiqlovchi, ishonchli klinik ma‘lumotlar mavjud emas.
Orlistatni ko‘krak sutiga o‘tishi aniqlanmagan, shuning uchun preparatni laktasiya davrida (emizish) qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Orlistatning dozasini oshirib yuborilishi holatlari aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar 120 mg dan, o‘ramda 30 dona kapsula.
Saqlash sharoiti
10-200S haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha
Chiqarish shakllari