Ташкент
logo
SavatKirish

Ornilateks

Ornilateks chiqarish shakllari

ORNILATEKS konsentrat 10ml 500mg/ml N10
Retseptli
ORNILATEKS konsentrat 10ml 500mg/ml N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Soteks Farmfirma, ZAO
- Ornilateks qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Ornilateksning tarkibi
- Ornilateks ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Ornilateks narxi Toshkent dorixonalarida

Ornilateks qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi
Nimaga qarshi
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ORNILATEKS

ORNILATEX

 

Preparatning savdo nomi: Ornilateks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ornitin

Dori shakli: infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat

Tarkibi:

1 ampula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ornitin aspartati (quruq moddaga qayta hisoblanganda) – 5,0 g;

yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv 10 ml gacha.

Ta‘rifi: rangsiz yoki och-sariq rangli tiniq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: gipoazotemik vosita.

ATX kodi: A05VA

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Organizmda ammiakning yuqori konsentrasiyasini, xususan jigar kasalliklarida kamaytiradi. Preparatning ta‘siri, uning Krebsning mochevinani hosil bo‘lishining (ammiakdan mochevina hosil bo‘lishi) ornitin siklida ishtirok etishi bilan bog‘liq. Ornitin karbamoilfosfatsintetaza va ornitin karbamoiltransferaza fermentlari uchun katalizator sifatida ishtirok etadi, shuningdek mochevinaning sintezi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, preparat mochevinani hosil bo‘lishining ornitin siklini faollashtiradi, bu shuningdek ammiak darajasini kamayishiga yordam beradi. Insulin va somatotrop gormonni ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Parenteral oziqlantirish talab qilinadigan kasalliklarda oqsil almashinuvini yaxshilaydi.

Farmakokinetikasi

In vivo sharoitlarda ikkita faol metabolit: 0,3-0,4 soatlik qisqa yarim chiqarilish davriga ega bo‘lgan aspartat va ornitinni hosil qiladi, mochevinani hosil bo‘lish sikli orqali buyrak orqali chiqariladi. Aspartatning juda oz qismi buyrak orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • giperammoniemiya bilan kechuvchi jigarning o‘tkir va surunkali kasalliklari;
  • jigar ensefalopatiyasi, shu jumladana ongni buzilishini (prekoma va koma) majmuaviy davolash tarkibida;
  • oqsil yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda parenteral oziqlantirish uchun qo‘llanadigan preparatlarga muvofiqlashtiruvchi qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga (v/i) tomchilab yuborish buyuriladi. Ampula ichidagi moddani infuzion eritmaning (0,9% li natriy xloridi eritmasi, 5% li dekstroza (glyukoza) eritmasi yoki Ringer eritmasi) 500 ml bilan aralashtiriladi.

Kattalar

O‘rtacha terapevtik doza sutkada 20 g ornitinni tashkil etadi.

Jigar ensefalopatiyasida (holatning og‘irlik darajasiga qarab) v/i sutkada 40 g gacha ornitin yuboriladi.

500 ml infuzion eritmada ko‘pi bilan 30 g ornitin eritish tavsiya qilinadi.

Infuziyaning maksimal tezligi soatiga 5 g ornitin.

Preparat bilan davolash davomiyligi har bir holatda patologiya va pasientning holatidan kelib chiqib, shaxsiy ravishda belgilanadi. Jigar faoliyatini og‘ir buzilishlarida pasientning holatini jiddiy monitoring qilish va ko‘ngil aynishi va qusishni rivojlanishini oldini olish uchun preparatni yuborish tezligini muvofiqlashtirish lozim.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Juda kam hollarda (0,01 % dan kam):

  • ko‘ngil aynishi, qusish;
  • allergik reaksiyalar.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • og‘ir buyrak yetishmovchiligi (zardobdagi kreatinin > 3 mg/1 dl);
  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • emizish davri;
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Aniqlanmagan.

ORNILATEKS ni boshqa dori preparatlari bilan aralashtirish mumkin emas. Suyultirish uchun faqat yo‘riqnomada ko‘rsatilgan eritmalarni ishlatish lozim.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni yuqori dozalarda yuborilganda qon plazmasida va siydikda mochevinaning konsentrasiyasini nazorat qilish kerak. Jigar faoliyatini og‘ir buzilishida pasientning holatiga muvofiq ravishda ko‘ngil aynishi yoki qusishni rivojlanishini oldini olish uchun preparatni yuborish tezligini kamaytirish lozim.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Homiladorlik davrida ORNILATEKS preparatini faqat ona va homila uchun foyda/xavf nisbatini hisobga olib, shifokorning qat‘iy kuzatuvi ostida qo‘llash mumkin.

Preparat bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.

Bolalar

Preparatni pediatriya amaliyotida qo‘llanishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

ORNILATEKS transport vositalari va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: dozaga bog‘liq nojo‘ya samaralarning yaqqolligi kuchayishi mumkin.

Davolash: preparatni qabul qilishni to‘xtatish va simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.

 

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat, 500 mg/ml.

10 ml dan rangli sindirish xalqasi yoki rangli nuqtasi va o‘yiqchasi bo‘lgan yorug‘likdan himoyalangan ampulalarda. Ampulalarga qo‘shimcha ravishda bir, ikki yoki uchta rangli xalqa va/yoki ikki o‘lchamli shtrix-kod va/yoki harf-raqam kodirovkasi tushiriladi yoki qo‘shimcha rangli xalqalarsiz ikki o‘lchamli shtrix-kod, harf-raqam kodirovkasiz ampulalar.

5 ampuladan polivinilxlorid plyonka va alyumin folga yoki polimer plyonka, yoki folga va plyonkasiz kontur uyali o‘ramda; yoki polivinilxlorid plyonkadan yoyilmaydigan qopqoqli kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Ornilateks barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Ornilateks savollari

Ornilateks fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil