Ташкент
logo
SavatKirish

Otirelaks

Otirelaks chiqarish shakllari

OTIRELAKS quloq uchun tomchilar 15 ml 40 mg/g + 10 mg/g N1
Retseptsiz
OTIRELAKS quloq uchun tomchilar 15 ml 40 mg/g + 10 mg/g N1
Ruminiya
Ishlab chiqaruvchi:
S.C. Rompharm Company S.R.L.
•3 ta dorixonada bor
Narxi
69 000 so'm dan
- Otirelaks qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Otirelaksning tarkibi
- Otirelaks ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Otirelaks narxi Toshkent dorixonalarida

Otirelaks qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Ruminiya
Kategoriya
Nimaga qarshi
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

OTIRELAKS

OTIRELAX

 

Preparatning savdo nomi: Otirelaks

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): fenazol, lidokain gidroxloridi

Dori shakli: quloq tomchilari 40 mg/g + 10 mg/g.

Tarkibi:

1 g preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 40 mg fenazon, 10 mg lidokain gidroxloridi,

yordamchi moddalar: natriy tiosulfati, etil spirti, tozalangan suv, natriy gidroksidi (1M eritma), gliserin.

Ta‘rifi: ko‘rinadigan zarrachalarsiz tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Otologiya kasalliklarini davolash uchun boshqa vositalar. Analgetiklar va anestetiklar majmuada.

ATX kodi: S02DA30

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Fenazon (pirazol xosilasi) yallig‘lanishga qarshi va og‘riqni qoldiruvchi ta‘sirga ega. Lidokain (amid guruhi anestetigi) mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta‘sirga ega.

Farmakokinetikasi

Dori vositasi organizmga nog‘ora pardasi shikastlanmaganda o‘tmaydi.

Qo‘llanilishi

O‘rta quloqning og‘riqli xolatlarini nog‘ora pardaning butunligi saqlangan xolatda quyidagilarni mahalliy simptomatik davolashda:

  • dimlanish ko‘rinishi bilan o‘tkir o‘rta otitda;
  • grippdan keyingi asorat sifatidagi otitda;
  • barotravmatik otitda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Otirelaks mahalliy tashqi eshitish yo‘liga 4 tomchidan kuniga 2-3 marta tomizish yo‘li bilan qo‘llanadi. Sovuq eritmani quloq suprasiga tegishidan saqlanish maqsadida flakonni ishlatishdan oldin kaftlarda isitish kerak.

Otirelaksni qo‘llash davomiyligi 10 kundan ko‘p emas, shundan keyin buyurilgan davoni qayta ko‘rib chiqish kerak.

Bolalarda qo‘llanishi

Otirelaks bolalarda tug‘ilgandan boshlab kuniga 3-4 tomchidan 2-3 marta qo‘llash mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Mahalliy allergik reaksiyalar, ta‘sirlanish va eshitish yo‘lining giperemiyasi paydo bo‘lishini xavfi bor.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • nog‘ora parda butunligini buzilishi;
  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Hozirgi vaqtda boshqa dorilar bilan o‘zaro ta‘siri xaqida ma‘lumotlar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni qo‘llashdan oldin nog‘ora pardani butunligiga ishonch hosil qilish kerak. Teshilgan nog‘ora pardada preparatni qo‘llash xolida, preparat tizimli qon oqimiga o‘tishi va asoratlarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Tomizgandan keyin qalpoqchani zich burash va preparatni yorug‘likdan himoyalash uchun flakonni o‘ramga berkitib qo‘yish kerak.

Sportchilar uchun ma‘lumot: dori vositasi doping nazoratda ijobiy reaksiya berish qobiliyatiga ega faol modda saqlaydi.

Otirelaks bolalarda qo‘llash uchun ko‘rsatilgan.

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik va emizish davrida Otirelaks preparatini qo‘llash xavfsizligi xaqida ma‘lumotlar yo‘q. Preparat homiladorlarga buyurilmaydi, mutlaqo zarur vaziyatlardan tashqari va faqat ona uchun foyda va homila uchun mumkin bo‘lgan xavf baxolagandan keyin.

Shuningdek, ona sutiga preparatning komponentlarini o‘tishi xaqida hech qanday ma‘lumotlar mavjud emas. Emizikli ayollarda ushbu dori vositasini qo‘llashdan saqlanish tavsiya etiladi.

Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat mashina haydash yoki yuqori diqqatni talab qiluvchi murakkab texnika, uskuna yoki har qanday boshqa murakkab jihozlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Sirtga qo‘llanganda dozani oshirib yuborilishiga oid ma‘lumotlar yo‘q.

 

Chiqarilish shakli

Plastik flakon–tomizgich 15 ml.

Flakon–tomizgich qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

15-25°S haroratda, original o‘ramida saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

Yopiq original o‘ramida saqlanganda 3 yil.

Flakon ochilganidan keyin tomchilarni 4 hafta davomida ishlatish kerak.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Otirelaks narxlari

Otirelaks barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Otirelaks savollari

Otirelaks fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil