Pankreazimning aptekalardagi narxlari
PANKREAZIM tabletkalari N50
|
|
50 ta dorixonada bor
|
25 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
25 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Pankreazim ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PANKREAZIM
PANCREAZIM
Preparatning savdo nomi: Pankreazim.
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): pankreatin;
Dori shakli: ichakda eruvchan tabletkalar.
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: kamida 8000 lipolitik TB Ph. Eur., 5600 amiolitik TB Ph. Eur., 370 proteolitik TB Ph. Eur., fermentativ faollikka ega bo‘lgan pankreatin;
Yordamchi moddalar: natriy xloridi, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, mikrokristallik sellyuloza, krospovidon, natriy kroskarmelloza, povidon 25, magniy stearati, dispres metakrilat sopolimeri, talk, propilenglikol, titan dioksidi (Ye 171), karmoizin (Ye122).
Ta‘siri: dumaloq shaklli, yuqori va pastki yuzalari qavariq, pushti rangli, kuchsiz o‘ziga xos xidli, ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Sindirilganda lupa ostida ko‘rilganida atrofi bir yaxlit qatlam bilan o‘ralgan yadro ko‘rinadi.
Farmakoterapevtik guruhi: ferment preparatlari
ATX kodi: A09AA02.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Ferment preparati. Preparatning tarkibiga kiruvchi pankreatin fermentlar (lipaza, amilaza va proteaza) yog‘lar, uglevodlar, oqsillarni hazm bo‘lishini yengillashtiradi, bu ingichka ichakda ularni to‘liq so‘rilishiga yordam beradi. Me‘da osti bezi kasalliklarida preparat uning tashqi sekretor faoliyatini yetishmovchiligini kompensasiya qiladi va ovqat hazm bo‘lish jarayonini yaxshilanishiga yordam beradi. Tabletkalar me‘da shirasining kislotali muxitida erimaydigan ximoya qobig‘iga ega, u ovqat hazm qiluvchi fermentlarni me‘da shirasining rN ta‘sirida parchalanishidan saqlaydi.
Farmakokinetikasi
Preparatning farmakokinetikasini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Qo‘llanilishi
Surunkali pankreatit, mukovissidoz kabi me‘da osti bezining ovqat hazm qiluvchi fermentlarini yetarli bo‘lmagan darajada ajralib chiqishi oqibatidagi ovqat hazm bo‘lish jarayonini buzilishi bilan kechadigan kasalliklari.
Me‘da va ingichka ichak bir vaqtda rezeksiya qilinganidan keyingi xolat, ichak orqali ovqatni o‘tishini funksional tezlashishi, qiyin hazm bo‘ladigan o‘simliklardan tayyorlangan, yog‘li va odatiy bo‘lmagan ovqatlarni bir vaqtda iste‘mol qilish.
Ichakni dam bo‘lishi va rentgenologik, yoki ultratovush diagnostik tekshirishlarga tayyorgarlikda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatning dozasi o‘n ikki barmoq ichakdagi pankreatik fermentlarning tanqisligiga bog‘liq va shaxsiy ravishda belgilanadi.
Agar boshqa tavsiyalar bo‘lmasa, shuningdek qiyin hazm bo‘ladigan, o‘simliklardan tayyorlangan yog‘li yoki odatiy bo‘lmagan ovqatlar iste‘mol qilingan hollarda 1-2 tabletkadan qabul qilinadi, yuqorida ko‘rsatilgan hollardan boshqa hollarda, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi rivojlanganida tavsiya etilgan doza 2-4 tabletkani tashkil etadi. Zarurat bo‘lganida preparatning dozasini oshirish mumkin.
Kasallikning simptomlari, masalan steatoriya yoki qorinda og‘riqni kamaytirish maqsadida dozasini oshirish faqat shifokorning nazoratida o‘tkazilishi kerak.
Lipazaning sutkalik dozasi 1 kg tana vazniga 15000-20000 TB Ph. Eur. dan oshmasligi kerak.
Tabletkalar ovqat vaqtida butun xolda va yetarli miqdordagi suyuqlik, masalan 1 stakan suv bilan qabul qilinadi.
Davolash davomiyligi kasallikni kechishiga bog‘liq va shifokor tomonidan shaxsiy ravishda belgilanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Immun tizimi tomonidan. Tez avj oluvchi allergik reaksiyalar (teri toshmasi, aksirish, ko‘z yoshini oqishi bronxospazm). Karmoizin (Ye 122) bo‘yovchisi allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: mukovissidozi bo‘lgan bemorlarda pankreatinni yuqori dozalarda qo‘llanganda ileosekal soxada va chambar ichakning yuqoriga ko‘tariluvchi qismida torayish paydo bo‘lishi mumkin, qorinda og‘riq ko‘ngil aynishi, qusish, axlatning xarakteri o‘zgarishi mumkin; ichak tutilishi rivojlanishi, qabziyat bo‘lishi mumkin.
Siydik jinsiy tizimi tomonidan: Mukovissidozi bo‘lgan bemorlarda siydik bilan siydik kislotasini ko‘p ajralib chiqishi, ayniqsa pankreatin yuqori dozalarda qo‘llanganida bo‘lishi mumkin. Bunday bemorlarda siydik kislotasining konkrementlarini hosil bo‘lishidan saqlanish uchun siydikda uning miqdorini nazorat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. O‘tkir pankreatit, surunkali pankreatitni zo‘rayishi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Pankreatin saqlovchi preparatlarni qo‘llash natijasida folat kislotasini so‘rilishi kamayishi mumkin, bu uni organizmga qo‘shimcha tushish zaruriyatiga sababli bo‘lishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ichak tutilishi – mukovissidozi bo‘lgan bemorlarda ko‘p kuzatiladigan asorat, shuning uchun ushbu xolatni eslatadigan simptomlar kuzatilganida, ichak strikturalari paydo bo‘lishi mumkinligini yodda tutish kerak.
Preparat og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatini shikastlashi mumkin bo‘lgan faol fermentlarni saqlaydi, shuning uchun tabletkalarni butun holda, chaynamasdan yutish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi. Homiladorlik va emizish davrida ona uchun kutilgan foyda homila/bola uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda, faqatgina shifokorning ko‘rsatmasiga ko‘ra qabul qilish kerak.
Bolalar. Preparatni bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q, shuning uchun bu yoshdagi pasientlar guruhiga uni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati. Ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, ichak tutilishi, giperurikemiya, urikozuriya, anal teshigi atrofidagi terini ta‘sirlanishi rivojlanishi mumkin; mukovissidozi bo‘lgan bemorlarda juda kam hollarda fibrozlanuvchi kolonopatiya bo‘lishi mumkin.
Davolash. Preparatni qabul qilishni to‘xtatish yetarli miqdorda gidratasiya va simptomatik davolash o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda; 2 yoki 5 blisterdan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramda 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi.
Shifokor resepti bo‘yicha.
Chiqarish shakllari