Apteka.uz
SavatKirish

Permetrin

Permetrin chiqarilish shakllari

PERMETRIN LMP gel 50 mg/g 40 g
Retseptsiz
PERMETRIN LMP gel 50 mg/g 40 g
Latviya
Ishlab chiqaruvchi:
LMP, OOO
- Permetrin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Permetrinning tarkibi
- Permetrin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Permetrin narxi Toshkent dorixonalarida

Permetrin haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA PERMETRIN

PERMETRIN

 

Preparatning savdo nomi: Permetrin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Permetrin

Dori shakli: eritma

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: permetrin – 0,4 g;

yordamchi moddalar: kanakunjut moyi – 2,0 g, hushbo‘yi – 0,6 g, 96% etil spirti – 100 ml gacha.

Ta‘rifi: rangsiz yoki biroz sarg‘imtir rangli, tiniq, spesifik xidli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Pedikulyozga qarshi vosita.

ATX kodi: R03AS04

Farmakologik xususiyatlari

Bitga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi, hashoratlarning balog‘atga yetgan vakillari, sirka va tuxumlarini yo‘q qiladi.

Qo‘llanilishi

Bosh va qov qismidagi bitlashni davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozasi

Preparat soch ildizlariga surtiladi. Preparat miqdori sochning uzunligi va zichligiga bog‘liq. Ishlov berilgandan keyin boshni ro‘mol bilan bog‘lanadi. 40 minutdan so‘ng oqib turgan iliq suvda sovun yoki shampun bilan yuviladi. Yuvilgandan keyin sochdagi o‘lgan hashoratlarni tozalash uchun mayda taroq bilan taraladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda – teri toshmasi shaklida allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llanilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Ishlov berish yaxshi shamollatiladigan xonada yoki ochiq havoda olib boriladi. Preparat ko‘z, burun va og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatlariga tushishidan saqlanishi zarur. Preparat shilliq qavatlarga tushgan hollarda, uni oqib turgan suvda yuvish lozim. Preparat bilan ishlov berilgandan keyin qo‘llarni sovun bilan yuvib, og‘izni chayish lozim.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

 

Chiqarilish shakli

0,4% eritma 40, 50, 80 ml flakonlarda.

 

Saqlash sharoiti

Salqin  va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

reseptsiz.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Permetrin preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Permetrin haqida savollar

Permetrin haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil