Ташкент
logo
SavatKirish

Psoralen

Psoralen chiqarish shakllari

PSORALEN eritma 50ml 0,1%
PSORALEN eritma 50ml 0,1%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
UZXIMFARM, AO
PSORALEN tabletkalari 0,01g N6
PSORALEN tabletkalari 0,01g N6
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
UZXIMFARM, AO
- Psoralen qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Psoralenning tarkibi
- Psoralen ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Psoralen narxi Toshkent dorixonalarida

Psoralen qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PSORALEN

PSORALENUM

Preparatning savdo nomi: Psoralen

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): psoralen

Dori shakli: 0,1% eritma

Tarkibi:

faol modda: psoralen – 1 g;

yordamchi moddalar: 96% rektifikatlangan etil spirti, tozalangan suv.

Ta‘rifi: tiniq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Fotosensibilizasiya qiluvchi vosita.

ATX kodi: D05AX

Farmakologik xususiyatlari

Psoralen – dukkaklilar oilasiga kiruvchi danakli oqquray (psoraleya kostyankovaya) o‘simligining mevalari va ildizidan olinadigan furokumarinlarni ikki xil tabiiy izomeri: psoralen (I) va izopsoralen (II) larning kristall shaklidagi aralashmasi.

Furokumarin preparatlari ta‘siriga o‘xshash fotosensibilizasiyalovchi ta‘sirga ega. Terapevtik dozalarida ba‘zi ferment tizimlarini faollashtirib, teri pigmenti hosil bo‘lishi va soch o‘sishini rag‘batlantiradi.

Qo‘llanilishi

Vitiligo va sochning uya-uya bo‘lib to‘kilishini davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichish uchun va sirtga qo‘llanadi. Ichga kuniga 2-3 marta 0,01 g yoki 0,02 g dan ovqatlanishdan 30 minut oldin qabul qilinadi. Ichga qabul qilish bilan bir vaqtda har kuni yoki 2 kunda bir marta uyquga yotish yoki kvars lampasi bilan nurlanishdan 2 soat oldin soch tushib ketgan yoki depigmentlangan joyga preparatning 0,1%-li eritmasi surtiladi. Yoz vaqtida kvars lampasi o‘rniga quyosh insolyasiyasidan foydalanish mumkin. Ekspozisiya vaqti 1-2 minutdan boshlab, asta-sekin ultrabinafsha nurlariga shaxsiy sezuvchanlikka qarab 10-15 minutgacha yetkaziladi. O‘ta yuqori reaksiya (o‘tkir eritema) bo‘lganda vaqtincha nur bilan davolash to‘xtatiladi. Ko‘z atrofi yoki qovoqda depigmentlangan joy bo‘lganda psoralen eritmasini surtish mumkin emas. Vitiligoga uchragan joylarda terapevtik samara paydo bo‘lganligi 3-6 haftada, ba‘zan undan ham kechroq pigmentasiya paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. Davolash kursi 3-3,5 oy davom etadi. Kerak bo‘lganda 1-1,5 oylik oraliq bilan qayta davolash kurslari belgilanadi. Umumiy davolash kursi pigmentasiya va soch o‘sib chiqishi bilan belgilanib, 10-12 oyni tashkil etishi mumkin. Asosan kasallanganiga uzoq muddat bo‘lmagan yosh bolalar va o‘smirlar 2-3 davolash kursi o‘tkazilganda, soch to‘kilishidan xalos bo‘ladilar. 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga psoralen 0,005 g sutkalik dozada tavsiya etiladi; 5-10 yoshlilarga – 0,01 g; 10-13 yoshlilarga – 0,015 g; 13-16 yoshlilarga 0,02 g; kattalarga 0,04-0,06 g dan tavsiya etiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ayrim bemorlarda ko‘ngil aynishi, me‘da va yurakda og‘riq, shuningdek, nerv qo‘zg‘alishi (uyqusizlik, tajanglik) bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda preparatni og‘iz orqali qabul qilish to‘xtatiladi va 5-6 kundan so‘ng preparat kamaytirilgan dozalarda tavsiya etiladi yoki faqat mahalliy davolash o‘tkaziladi. Sezuvchan bemorlarda uzoq vaqt insolyasiya (kvars lampasi yordamida nurlanish) qilinganda, psoralen eritmasi surtilgan terida o‘tkir dermatit (II darajali kuyishgacha eritema) paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda preparatni mahalliy ishlatish to‘xtatiladi, psoralenni faqat og‘iz orqali qabul qilish tavsiya etiladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga shaxsiy yuqori sezuvchanlik, o‘tkir me‘da-ichak kasalliklari, diabet, kaxeksiya, homiladorlik.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Chiqarilish shakli

0,1% eritma 50 ml, 100 ml dan flakonlarda.

Saqlash sharoiti

Salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

 

 

 

 

 

Ulashish:

Psoralen narxlari

Psoralen barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Psoralen savollari

Psoralen fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil