Sekrazolning aptekalardagi narxlari
SEKRAZOL tabletkalari 30mg N30
|
|
86 ta dorixonada bor
|
24 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
24 000 so'mdan
Bron qilish
|
SEKRAZOL sirop 100ml
|
|
1 ta dorixonada bor
|
28 100 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
SEKRAZOL sirop 150ml
|
|
12 ta dorixonada bor
|
35 800 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
SEKRAZOL sirop 15mg/5ml 100ml
|
|
15 ta dorixonada bor
|
23 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
35 800 so'mdan
Bron qilish
|
SEKRAZOL sirop 30mg/5ml 150ml
|
|
52 ta dorixonada bor
|
30 900 so'mdan
Dorixonadan topish
|
32 000 so'mdan
Bron qilish
|
SEKRAZOL PEDIATRICHESKIY sirop 15mg/5ml 100ml
|
|
8 ta dorixonada bor
|
22 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
23 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Sekrazol ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SEKRAZOL®
SECRAZOLUM
Preparatning savdo nomi: Sekrazol®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Ambroksol gidroxloridi
Dori shakli: Tabletkalar
Tarkibi:
Faol modda: Ambroksol gidroxloridi 30 mg.
Yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza, laktoza monogidrati, o‘ta jelatinlangan kraxmal, magniy stearati.
Ta‘rifi: Oq rangli, oval shaklli, ikki yoqlama qavariq, ikki tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Mukolitik vosita.
ATX kodi: R05CB06
Farmakologik xususiyatlari
Sekrazol tabletkalarining ta‘sir etuvchi moddasi – nafas yo‘llarining bezlarining sekresiyasini oshiruvchi ambroksol gidroxloridi hisoblanadi. Ambroksol o‘pka surfaktantini ishlab chiqarilishini kuchaytiradi va siliar faollikni rag‘batlantiradi, buning natijasida shilliqni ajralishi va uni chiqarilishi (mukosiliar klirens) osonlashadi. Mukosiliar klirensni yaxshilanishi klinik-farmakologik tadqiqotlari vaqtida isbotlangan. Suyuqlik sekresiyasini faollashuvi va mukosiliar klirensni oshishi shilliqni chiqarilishini osonlashtiradi va yo‘talni kamaytiradi.
Ambroksol gidroxloridining mahalliy og‘riqsizlantiruvchi samarasi quyon ko‘zi modelida kuzatilgan bo‘lib, uni natriy kanallarni bloklash xususiyati orqali tushuntirish mumkin. In vitro tadqiqotlar ambroksol gidroxloridi neyronlardagi natriy kanallarini bloklashini ko‘rsatgan; bloklovchi bog‘lanish qaytuvchan va konsentrasiyaga bog‘liq bo‘lgan. In vitro tadqiqotlarida ambroksol gidroxloridini qondan sitokinlarni ajralishini va mononuklear va polimorf nuklear hujayralarni to‘qimalar bilan bog‘lanishini ahamiyatli darajada kamaytirishi aniqlangan.
Faringit bilan xastalangan pasientlarni jalb qilish bilan o‘tkazilgan klinik sinovlar natijasida ambroksolni qo‘llanganda tomoqdagi og‘riq va qizarishni sezilarli darajada kamayishi isbotlagan. Og‘riqni tez kamayishiga olib keluvchi va burun bo‘shlig‘i quloq sohasi va nafas olishda traxeyadagi diskomfort og‘rig‘i bilan bog‘liq bu farmakologik xususiyatlarning yuqori nafas yo‘llarini davolashda ambroksolning samaradorligini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan klinik tadqiqotlardagi simptomlarni yordamchi kuzatilishda olingan ma‘lumotlarga mos keladi. Ambroksol gidroxloridni qo‘llangandan keyin bronx-o‘pka sekretida va balg‘amda antibiotiklar (amoksisillin, sefuroksim, eritromisin)ning konsentrasiyalari oshadi.
Ichga qabul qilingandan so‘ng terapevtik samara 30 minut davomida rivojlanadi va 6-12 soat davomida saqlanib qoladi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan so‘ng ambroksol me‘da-ichak yo‘llaridan deyarli to‘liq so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga – Smax peroral shakldagi preparat qabul qilingandan keyin 2 soatdan so‘ng erishiladi.
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 80% ni tashqil qiladi.
Ichga qabul qilingandan so‘ng preparat to‘qimalarga tez kirib boradi. Ambroksolning eng yuqori konsetrasiyasi o‘pkada aniqlanadi. Ambroksol gematoensefaliq va plasentar to‘siqlar orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi.
Ambroksol jigarda kon‘yugasiya yo‘li bilan metabolizmga uchraydi va farmakologik nofaol metabolitlarni hosil qiladi.
Buyrak orqali chiqariladi, 90% suvda eriydigan metabolitlar, o‘zgarmagan holda – 5% chiqariladi. Yarim chiqarilish davri – T1/2 – 1,3 soat, ta‘siri uzaygan shakllarida -10-12 soatni tashkil etadi.
T1/2 og‘ir surunkali buyrak yetishmovchilikda oshadi, ammo jigar faoliyati buzilganda o‘zgarmaydi.
Qo‘llanilishi
Qovushqoq balg‘am ajralishi bilan kechadigan nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklarida (o‘tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, balg‘amni ko‘chishi qiyin bo‘lgan bronxial astma, bronxoektatik kasalligida) qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar ambroksol gidroxloridini 1 tabletkadan sutkada 2 marta, zarurat tug‘ilganda 3 marta qabul qilishadi. Surunkali kasalliklar og‘irlashganida 1 martalik doza sutkada 60 mg dan 2 martagacha oshirish mumkin. 5 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga odatda 15 mg (tabletkani ½) sutkasiga 2-3 marta, 2 dan 5 yoshgacha –7,5 mg (¼ tabletka) sutkasiga 3 marta belgilanadi. Preparatni ovqat vaqtida yoki keyin ustidan suv ichib qabul qilinadi. Bolalar uchun terapevtik doza 2-3 marta qabul bilan sutkasiga 1,2–1,6 mg/kg tashkil qiladi. Davolanish kursi 4-14 kun.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: uzoq muddat davomida yuqori dozalarda qo‘llanilganda – jig‘ildon qaynash, gastralgiya, ko‘ngili aynish, kusish kuzatiladi.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish; aloxida xollarda – allergik kontaktli dermatit, juda kam hollarda – anafilaktik turdagi o‘tkir og‘ir reaksiyalari (anafilaktik shok, Stivens-Djonson sinromi, Layell sindromi).
Boshqalar: holsizlik, siyishni qiyinlashishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Xomiladorlik (I trimestr), xar qanday etiologiyali talvasalar va ambroksol va prepartning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Ambroksol gidroxloridni balhamni ajralishini susaytiradigan yo‘talga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda buyurish tavsiya qilinmaydi.
Preparat doksisiklin, eritromisin, sefuroksim va amoksisillinni nafas yullariga kirib ketishini xamda terapevtik samarasini ko‘paytiradi. Ambroksol gidroxloridi o‘pkadagi rifampisinning konsentrasiyasini oshiradi. Preparatni yurak glikozidlari, diuretiklar bilan qo‘llash mumkin, terapevtik jixatdan ambroksol gidroxloridining teofillin bilan majmuasi maqsadga muvofiqdir.
Ambroksolni tug‘ruq faoliyatini to‘xtatadigan preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tug‘ruq jarayonini to‘xtatadigan preparatlar bilan mutanosib. Balg‘amni ajralib chiqishini qiyinlashtiradigan yo‘talga qarshi vositalar bilan majmuada qo‘llanmasligi kerak.
Tabletka laktoza saqlaydi. Kam uchraydigan nasliy galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lappa laktaza tanqisligi yoki glyukoza va galaktozani so‘rilishini buzilishi bo‘lgan pasientlar bu preparatni qabul qilmasliklari kerak. Ambroksol shilliqni ajralishini sekresiyasini kuchaytirishi mumkinligi tufayli, preparatni bronxial motorikani buzilishida va shilliq sekresiyasini kuchayishida (masalan, birlamchi siliar diskineziya kabi kam uchraydigan kasalliklarda) ehtiyotkorlik bilan qabul qilish lozim. Buyrak faoliyatini buzilishlari yoki jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan pasientlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim (xususan qo‘llashlar o‘rtasidagi intervalni uzaytirish yoki dozani kamaytirish lozim). Jigarda hosil bo‘ladigan metabolitlarni to‘planib qolishi, og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda kuzatiladi.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi. Ambroksol gidroxloridi yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar preparatni homiladorlikni kechishiga, embrion/homilani rivojlanishiga, tug‘ruqqa yoki tug‘ruqdan keyingi rivojlanishga bevosita yoki bilvosita ta‘sirlarini aniqlamagan.
Ambroksol gidroxloridning klinik tadqiqoti natijasida preparatni homiladorlikning 28-haftasidan keyin qo‘llanganda homilaga biron-bir zararli ta‘siri borligi aniqlanmagan. Shunga qaramay, homiladorlik vaqtida dorilarni qabul qilish bo‘yicha odatiy choralarga rioya qilish kerak.
Ambroksol gidroxloridi ko‘krak sutiga kiradi, shuning uchun uni emizish vaqtida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Bolalar. Bolalarga 12 yoshdan boshlab qo‘llanadi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ambroksolni boshqa dori shaklida qo‘llash tavsiya qilinadi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri. Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya, gastralgiya.
Davolash: simptomatik terapiya.
Chiqarilish shakli
«Sekrazol®» tabletkalar, 30 mg dan, №10, №20 va №30.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari