Pertussin
Pertussin chiqarilish shakllari
Pertussin qo'llanmasi
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- bronxitlar va yuqori nafas yo'llarining boshqa kasalliklarida balg'am ko'chiruvchi va yo'talni yumshatuvchi vosita sifatida qo'llaniladi. Shuningdek bolalarda ko'kyo'talda buyuriladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- — yuqori sezuvchanlik; — dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi; — homiladorlik; — laktatsiya davri.
Tarkibi
- 100 g tog‘jambil suyuq ekstrakti 12 g kaliy bromidi 1 g Yordamchi moddalar: saxaroza 64% eritma - 82 g, etanol 95% 4.06 g, tozalangan suv 0.94 g. 100 g emaklovchi timyan o‘ti ekstrakti 12 g kaliy bromidi 1 g 100 g da: Ta'sir etuvchi moddalar: Tog‘jambil suyuq ekstrakti - 12g Kaliy bromidi - 1g Yordamchi moddalar: Saxaroza 64% eritma - 82g Etanol (etil spirti 95 %) - 3,975g Tozalangan suv - 1,025g Tog‘jambil suyuq ekstrakti 12,0 g Kaliy bromidi 1,0 g Qandli sirop (saxaroza, suv) 82,0 g Etanol (etil spirti) 95 % 4,06 g Tozalangan suv 0,94 g tog‘jambil suyuq ekstrakti yoki timyan suyuq ekstrakti - 12 g, kaliy bromidi - 1 g, qandli sirop - 82 g, etil spirti 80% - 5 g.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Allergik reaktsiyalar, jig'ildon qaynashi bo'lishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- jigarrang rangli xushbo'y hidli quyuq suyuqlik Jigarrang rangli xushbo'y hidli quyuq suyuqlik. och-jigarrangdan to'q-jigarrang ranggacha bo'lgan, xushbo'y hidli quyuq suyuqlik sirop Quyuq, jigarrang rangli, xushbo'y hidli sirop Quyuq, jigarrang rangli, xushbo'y hidli sirop.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PERTUSSIN PERTUSSINUM
Preparatning savdo nomi: Pertussin
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Timyan, kaliy bromidi.
Dori shakli: Sirop
Tarkibi:
Tog‘rayxonning suyuq ekstrakti yoki bog‘ gulrayxonining suyuq ekstrakti – 120 g;
kaliy bromidi – 10 g;
shakar siropi- 820 g;
etil spirti 80%- 50 g.
Farmakoterapevtik guruhi: Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Tog‘rayhonning preparatlari yaqqol balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavatlaridan ajralib chiqadigan sekret miqdorini oshiradi, balg‘amni suyuqlashishiga va uni chiqarib tashlanishini tezlashishiga yordam beradi. Kaliy bromidi markaziy nerv tizimini qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi.
Qo‘llanilishi
Preparat o‘tkir respirator kasalliklarda, traxeit, bronxit, hamda bolalarda ko‘kyo‘talda buyuriladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichga; bolalarga yoshiga qarab, 1/2 choy qoshiqdan to 1 desert qoshiqqacha kuniga 3 marta buyuriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar, jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, qusish bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- homiladorlik, laktasiya davri.
- yurak faoliyati dekompensasiyasi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri xaqida ma‘lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni dozasini oshirib yuborish hollarida – ko‘ngil aynishi.
Chiqarilish shakli
Sirop 40, 50, 90 va 100 ml da flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Pertussin narxlari
Pertussin barcha rasmlari
















