SILARSILning aptekalardagi narxlari
SILARSIL kapsulalar 140mg N30
|
|
87 ta dorixonada bor
|
57 900 so'mdan
Dorixonadan topish
|
66 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
SILARSIL ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SILARSIL
SILARSIL
Preparatning savdo nomi: Silarsil
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): silimarin
Dori shakli: qattiq jelatin kapsulalar.
Tarkibi:
Silarsil 70 mg
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: silimarin 70 mg,
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, magniy stearati,
qobig‘ini tarkibi: titan dioksidi, sariq sanset, xinolin, jelatin.
Silarsil 140 mg
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: silimarin 140 mg,
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, magniy stearati,
qobig‘ini tarkibi: titan dioksidi, sariq sanset, brilliant ko‘ki, karmoizin, ponso, jelatin.
Ta‘rifi:
Silarsil 70 mg: qopqoqchasi va korpusi xira to‘q-sariq rangli, tarkibida och jigarrang rangli kukun saqlovchi qattiq jelatin kapsula.
Silarsil 140 mg: qopqoqchasi xira zarg‘aldoq rangdan qizil ranggacha bo‘lgan, korpusi xira zangori rangli, tarkibida och jigarrang rangli kukun saqlovchi qattiq jelatin kapsula.
Farmakoterapevtik guruhi: gepatoprotektor.
ATX kodi: A05VA03.
Farmakologik xususiyatlari
Silarsil – o‘simliklardan olingan gepatoprotektor bo‘lib, uning xususiyati dog‘li rastoropsha mevalaridan ajratib olingan ekstrakti moddalarning aralashmasidan, xususan: silibinin, silidianin, silikristin va flavonolning boshqa hosilalaridan iborat bo‘lgan silimarin bilan bog‘liq.
Silarsil jigarda erkin radikallar bilan o‘zaro ta‘sirlashadi va lipidlarning perekisli oksidlanish jarayonini to‘xtatib, ularni kamroq zaharli birikmalarga aylantiradi, xujayra tuzilmalarini keyingi buzilishlarini oldini oladi, toksinlarni jigar xujayralariga kirishiga to‘sqinlik qiladi.
Preparatni ta‘siri ostida shikastlangan gepasitlarda struktur va funksional oqsillar va fosfolipidlar sintezini rag‘batlanishi (A RNK-polimerazaning spesifik rag‘batlanishi hisobiga), xujayra membranasini barqarorlashishi, xujayralardagi ferment komponentlarini (transaminazalar) yo‘qotilishini oldini olinishi yuz beradi, jigar xujayrasini regenerasiyasi tezlashadi.
Qo‘llanilishi
- alkogolizmda jigarni shikastlanishi;
- galogenlangan uglevodorodlar, og‘ir metall birikmalari bilan jigarni surunkali intoksikasiyalari (shu jumladan, professional) va ularni oldini olish;
- jigarni dorilar (xususan, ayrim psixotrop vositalar, tuberkulostatiklar, peroral kontraseptivlar, parasetamol, ayrim antibiotiklar va immunodepressantlar, narkoz uchun vositalar) bilan shikastlanishi va ularni oldini olish;
- virusli bo‘lmagan etiologiyali surunkali gepatit;
- jigar sirrozi (majmuaviy davolash tarkibida);
- jigarni surunkali yallig‘lanish kasalliklarida va sirrozida tutib turuvchi davolash;
- infeksion va toksik gepatitlardan keyingi holat;
- jigar distrofiyasi va yog‘li infiltrasiyasi;
- buzilgan lipid almashinuvini to‘g‘rilash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga, chaynamasdan ovqatdan keyin ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan birga qabul qilinadi.
Kasallikni og‘irligiga, kasallikni turi va bosqichiga qarab, kattalar uchun sutkalik doza 70-140 mg ni tashkil etadi, 3 marta qabul qilishga bo‘linadi. Sutkalik dozasi sutkada 420 mg gacha oshirilishi mumkin. Samarasini bir maromda saqlab turuvchi davolash uchun 70-140 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi.
12 yoshdan boshlab bolalarga sutkalik dozasi tana vazniga 5 mg/kg ni tashkil etadi, 2-3 marta qabul qilishga bo‘linadi.
Davolash kursi kamida 3 oyni tashkil etadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda – dispepsiya, diareya.
Dermatologik reaksiyalar: ayrim hollarda – allergik reaksiyalarni teridagi ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi.
Boshqalar: ayrim hollarda – mavjud bo‘lgan vestibulyar buzilishlarni zo‘rayishi bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Dorilar bilan o‘zaro ta‘siri yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi
Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni faqat qat‘iy ko‘rsatmalar bo‘yicha va foyda/xavf nisbati sinchiklab baholangandan keyin buyuriladi.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparatni, reaksiyalar tezligiga salbiy ta‘siri yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: dozani oshirib yuborilish hollari kuzatilmagan. Nojo‘ya samaralarning yaqqolligi kuchayishi mumkin.
Davolash: preparat katta miqdorda qabul qilinganida qusishni suniy ravishda chaqirish, me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir buyurish, simptomatik davolash o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
Qattiq jelatin kapsulalar 70 mg
10 kapsula blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Qattiq jelatin kapsulalar 140 mg
10 kapsula blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari