Sitafor analoglari

Guruh analoglari
Sitafor
Qandli diabetning 2-tipi bo'lgan pasientlar uchun.
Sitafor-M maksimal o'zlashtiraolinadigan dozadagi metformin monoterapiyasi fonida mos nazoratga erishilmagan pasientlarda, shuningdek hozirda sitagliptin va metformin majmuasi bilan davolanayotgan pasientlarda glikemiya ustidan nazoratni yaxshilash uchun parxez va jismoniy yuklamalar tartibiga qo'shimcha sifatida qo'llaniladi.
Sitafor-M maksimal o'zlashtiraolinadigan dozadagi metformin va sulfonilmochevina bilan davolashda adekvat nazoratga erishilmagan pasientlarda sulfonilmochevina hosilalari bilan majmuada (uchta preparatning majmuasi) parxez va jismoniy yuklamalar tartibiga qo'shimcha sifatida qo'llaniladi.
Sitafor-M maksimal o'zlashtiraolinadigan dozadagi metformin va PPAR-ฮณ Agonisti bilan davolashda adekvat nazoratga erishilmagan pasientlarda gamma-reseptorlari agonistlari, faollashtirilgan peroksis proliferatori (PPAR-ฮณ) (masalan, tiazolidindion) bilan majmuada (uchta preparatning majmuasi) parxez va jismoniy yuklamalar tartibiga qo'shimcha sifatida qo'llaniladi.
Sitafor-M shuningdek barqaror dozadagi insulin va metformin glikemiya ustidan adekvat nazoratni ta'minlamaydigan pasientlarda insulin bilan majmuada (uchta preparatning majmuasi) glikemiya ustidan nazoratni yaxshilash uchun parxez va jismoniy yuklamalar tartibiga qo'shimcha sifatida qo'llaniladi.
Retseptli
- Tabletkalar
SITADIAB
Sitadiabยฎ preparati 2-toifa qandli diabet bilan og'rigan katallardagi patsientlarda glikemiya nazoratini yaxshilash uchun qo'llaniladi:
monoterapiya sifatida
- metforminni qo'llashga qarshi ko'rsatmalar yoki unga nisbatan o'zlashtiraolmaslik mavjud bo'lganda, parxez va jismoniy mashqlar bilan yetarli darajada glikemik nazoratga erishilmagan patsientlar;
majmuaviy (ikki komponentli) peroral terapiyasining tarkibida:
- metformin bilan, agar metforminni parhez va jismoniy mashqlar bilan birgalikda qo'llash yetarli glikemik nazoratga olib kelmasa;
- sulfonilsiydikchil hosilalari, agar sulfonilsiydikchil hosilalasining maksimal ruxsat etilgan dozasini parhez va jismoniy mashqlar bilan birgalikda qo'llash meforminni qo'llashga qarshi ko'rsatmalar yoki uning o'zlashtiraolmasligi mavjud bo'lganda yetarli glikemik nazoratga olib kelmasa;
- peroksisoma proliferatorlari tomonidan faollashtirilgan gamma-retseptorlari agonisti - PPAR-ฮณ (tiazolidindion), agar PPAR-ฮณ agonistini parhez va jismoniy mashqlar bilan birgalikda qo'llash yetarli glikemik nazoratga olib kelmasa;
majmualangan (uch komponentli) peroral terapiyasining tarkibida:
- sulfonilsiydikchil hosilalari va metformin bilan, agar sanab o'tilgan dorilarning ikkitasi bilan parhez va jismoniy mashqlar bilan majmualangan terapiya yetarli glikemik nazoratga olib kelmasa;
- PPAR-ฮณ agonisti va metformin, agar ushbu dorilarning ikkitasi bilan parhez va jismoniy mashqlar bilan majmualangan terapiya yetarli glikemik nazoratga olib kelmasa.
Sitadiabยฎ preparati, shuningdek, parhez, jismoniy mashqlar va insulinning barqaror dozasi adekvat glikemik nazoratga olib kelmasa, insulinga qo'shimcha sifatida (metformin bilan yoki u siz) qo'llaniladi.
Retseptli
- Tabletkalar










