Stopgripan ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
STOPGRIPAN
STOPGRIPAN
Preparatning savdo nomi: Stopgripan
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun.
Tarkibi:
Har bir sashe-paket quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: parasetamol – 325 mg, feniramin maleati – 20 mg, fenilefrin gidroxloridi – 10 mg; askorbin kislotasi – 60 mg;
yordamchi moddalar: limon kislotasi, maltodekstrin, olma kislotasi, natriy sitrat digidrati, uch asosli kalsiy fosfati, saxaroza, etil maltol FCC (ozuqaviy), limon ta‘mi, titan dioksidi, sariq D va C bo‘yovchisi 6 (sariq shafaq), sariq D va C bo‘yovchisi 10 (xinolin sarig‘i).
Ta‘rifi: och sariq rangli kristall kukun.
Eritilganida limon hidli, och sariq rangli, tiniq bo‘lmagan eritma hosil bo‘ladi.
Farmakoterapevtik guruhi: o‘tkir respirator kasalliklar (O‘RK) simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita.
ATX kodi: N02BE51
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparatdir. Parasetamol – nonarkotik analgetik bo‘lib, og‘riq va termoregulyasiya markazlariga ta‘sir qiladi. Og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Bosh va mushaklardagi og‘riqlarni, isitmalash ko‘rinishlarini kamaytiradi, tomoqdagi og‘riqni bartaraf qiladi.
Feniramin – N1-gistamin reseptorlarining blokatori, allergiyaga qarshi vosita, rinoreya va ko‘z yoshi oqishini kamaytiradi, spastik belgilarni bartaraf qiladi.
Fenilefrin – qon tomirlarni o‘rtacha darajada toraytiruvchi ta‘sirga ega adrenomimetik, burun bitishini kamaytiradi va burun orqali nafas olishni yengillashtiradi.
Askorbin kislotasi – oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, uglevodlar almashinuvini boshqarishda, qon ivishida ishtirok etadi, organizmni infeksiyalarga nisbatan chidamliligini oshiradi, qon tomirlar o‘tkazuvchanligini kamaytiradi. Parasetamolning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi va uning ta‘sirini uzaytiradi.
Qo‘llanilishi
Yuqori harorat, et uvishishi va isitma, bosh og‘rig‘i, tumov, burunni bitishi, aksirish va mushaklardagi og‘riqlar bilan birga kechuvchi infeksion-yallig‘lanish kasalliklari (O‘RVI, gripp) ni davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Bitta paket ichidagisi 1 stakan qaynatilgan issiq suvda eritiladi; issiq holatda iste‘mol qilinadi. Ta‘miga qarab qand qo‘shish mumkin. Takroriy dozalarni har 4 soatdan keyin qabul qilish mumkin, ammo 24 soat davomida 3 dozadan oshmasligi kerak. Isitma tushiruvchi vosita sifatida qabul qilish davomiyligi 3 kundan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish), ko‘ngil aynishi, epigastriyda og‘riqlar, anemiya, trombositopeniya, agranulositoz. Yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, bosh aylanishi, arterial bosimni oshishi, yurakni urib ketish hissi, uyquga ketishni buzilishi. Ko‘z ichki bosimini oshishi, og‘izni qurishi, siydikni tutilishi bo‘lishi mumkin. Yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida gepatotoksik va nefrotoksik ta‘sirlari (buyrak sanchig‘i, glyukozuriya, interstisial nefrit, papillyar nekroz), gemolitik anemiya, aplastik anemiya, metgemoglobinemiya, pansitopeniya bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Arterial gipertoniya, qandli diabet, yopiq burchakli glaukoma, jigar, buyrak, yurak, qalqonsimon bezi, o‘pka (shu jumladan bronxial astma), qovuqning og‘ir kasalliklari, me‘da va o‘n ikki barmoq ichakni yara kasalligi, me‘da osti bezining kasalliklari, prostata bezi adenomasida siyishni qiyinlashuvi, qon tizimi kasalliklari, glyukozo-6-fosfat degidrogenaza fermentining tanqisligi, preparatning ayrim komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik va laktasiya davri. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Tug‘ma giperbilirubinemiya (Jilber, Dubin-Djonson va Rotor sindromlari), yopiq burchakli glaukoma, prostata bezi giperplaziyasida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Monoaminooksidaza ingibitorlari, sedativ dori vositalari, etanolning samarasini kuchaytiradi. Etanol antigistamin dori vositalarining sedativ ta‘sirini kuchaytiradi. Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi va antipsixotik dori vositalari, fenotiazin hosilalari siydikni tutilishi, og‘izni qurishi, qabziyatlar rivojlanishi xavfini oshiradi. Glyukokortikosteroidlar ko‘z ichki bosimini rivojlanishi xavfini oshiradi. Parasetamol urikozurik dori vositalarining samaradorligini kamaytiradi va bilvosita antikoagulyantlarning samaradorligini oshiradi. Trisiklik antidepressantlar simpatomimetik ta‘sirini kuchaytiradi, galotanni bir vaqtda buyurish qorinchalar aritmiyasi rivojlanishi xavfini oshiradi. Guanetidinning gipotenziv ta‘sirini kamaytiradi, u o‘z navbatida fenilefrinning alfa-adrenoreseptorlarni rag‘batlantiruvchi faolligini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Shifokor ko‘rsatmasisiz preparatni homilador ayollarga va emizikli onalarga, shuningdek boshqa dori vositalarini, xususan monoaminooksidaza ingibitorlarini qo‘llash bilan davolash kursini o‘tayotgan bemorlarda qo‘llash mumkin emas.
Preparat 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurilmaydi.
Preparatni qabul qilganda avtomobilni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish, spirtli ichimliklarni, markaziy nerv tizimining faoliyatini susaytiruvchi vositalarni (uxlatuvchi vositalari, trankvilizatorlar va shunga o‘xshashlar) iste‘mol qilish tavsiya etilmaydi.
Preparatning yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llash mumkin emas va preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari (parasetamol bilan bog‘liq): teri qoplamalarini oqarishi, ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, gepatonekroz. Kattalarda parasetamol 10-15 g dan ortiq dozada ichga qabul qilinganidan keyin kuzatiladigan toksik ta‘sirlari: «jigar» transaminazalari faolligini oshishi, protrombin vaqtini oshishi (qabul qilinganidan 12-48 soatdan keyin); jigarni shikastlanishini to‘liq klinik manzarasi 1-6 kundan keyin namoyon bo‘ladi. Kam hollarda jigar yetishmovchiligi yashin tezligida rivojlanadi va buyrak yetishmovchiligi (tubulyar nekroz) bilan asoratlanishi mumkin.
Davolash: SH-guruhi donatorlarini va glutation-metionin sintezi o‘tmishdoshlarini doza oshirib yuborilganidan so‘ng 8-9 soatdan keyin va N-asetilsisteinni esa 12 soatdan keyin yuborish mumkin. Qo‘shimcha terapevtik tadbirlarni o‘tkazish zarurati parasetamolning qondagi konsentrasiyasiga, shuningdek uni qabul qilgandan so‘ng o‘tgan vaqtga qarab aniqlanadi.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun 21,5 g dan sasheda. 10 sashe qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari