Totema
Totema chiqarilish shakllari

Totema haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- — temir tanqisligi anemiyasini davolash; — yuqori xavf guruhidagi shaxslarda (homiladorlar, bolalar, o'smirlar, reproduktiv yoshdagi ayollar, keksalar) temir tanqisligi holatlarining oldini olish, agar ovqat bilan organizmga temirning yetarli miqdorda tushishini ta'minlash imkoni bo'lmasa
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- — temir tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiyalar; — temirning ortiqcha bo‘lishi (gemoxromatoz, gemosideroz); — zo‘rayish fazasidagi oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi; — qo‘rg‘oshin bilan zaharlanish — 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar; — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Tarkibi
- temir (temir glyukonati shaklida) 5 mg 50 mg marganets (marganets glyukonati shaklida) 133 mkg 1.33 mg mis (mis glyukonati shaklida) 70 mkg 700 mkg Yordamchi moddalar: glitserol, suyuq dekstroza, saxaroza (3 g/amp.), suvsiz limon kislotasi, natriy sitrat, natriy benzoat, polisorbat 80, karamel bo‘yoqchisi TPS (E150s), "tutti frutti" aromatizatori, tozalangan suv
Farmakodinamikasi
Temir ko’pchilik xujayrastrukturalari tarkibiga kirib va ko’pgina fermentativ tizimlar (sitoxromlar, katalazalar) faoliyatida ishtirok etib, kislorodnitashishda va oksidlanish metabolik jarayonlarda juda katta rol o’ynaydi, shuningdek odam organizmida ayniqsa gemoglobin xosil bo’lishi uchun zarur bo’lgan kerakli element xisoblanadi.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: axlatning qora rangga bo'yalishi, jig'ildon qaynashi, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat, epigastriy sohasida og'riqlar, tish emalining qorayishi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik
Preparatni homilador ayollarga, homilaga yoki yangi tug’ilgan chaqaloqqa biron-bir salbiy ta’siri aniqlanmagan, shuning uchun preparatni homiladorlik vaqtida qo’llash mumkin.
Laktaciya
Preparatni ko’krak sutiga o’tishi xaqida ma’lumotlar yo’q, laktatsiya davrida ayollarga preparatni qabul qilishda emizishdan saqlanish tavsiya etiladi.
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- Ichish uchun eritma to'q-jigarrang rangli, o'ziga xos hidli.
Maxsus ko‘rsatmalari
Ushbu dori vositasi yallig’lanish sindromida giposideremiyani (zardob temiri darajasini pasayishi) davolash uchun tavsiya etilmaydi. Temir preparatlarini qabul qilishni imkon boricha temir tanqisligini chaqirgan sabablarni bartaraf qilish bilan bir vaqtda o’tkazish kerak.
1 ampula preparatda 1/4 non birligi, maksimal sutkalik dozada esa (preparatning 4 ampulasida) – 1 non birligi saqlanadi.
Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Avtotransport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatni salbiy ta’siri xaqida ma’lumotlar yo’q.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Ovqatdan oldin ichga qabul qilinadi. Ampula ichidagisini oddiy yoki shirin suvda eritiladi. Qo’llashdan oldin chayqatiladi. Ampula uchini xavfsiz sindirish uchun qutidan punktir yo’li bo’yicha bir bo’lak kartonni yirtib oling va uni ikkiga buking. Ampulani ikki tomonidan sindiring va ichidagisini stakanga to’king.
Temir tanqisligini va temir tanqisligi anemiyasini davolash:
Kattalar: sutkada 100-200 mg elementar temir, ya’ni sutkada 2-4 ampula buyuriladi.
1 oylikdan katta bolalar: elementar temirni 1 kg tana vazniga sutkada 5-10 mg buyuriladi.
Temir tanqisligi profilaktikasi:
Homilador ayollar: elementar temirni sutkada 50 mg (1 amp.) homiladorlikning oxirgi 2 uchoyligi davomida (yoki 4 oyligidan boshlab) buyuriladi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)











