Apteka.uz
SavatKirish

URSOPROTEK

URSOPROTEK chiqarilish shakllari

URSOPROTEK kapsulalar  250mg N30
URSOPROTEK kapsulalar 250mg N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
OOO IMUNEKS
•1 ta dorixonada bor
Narxi
50 000 so'm dan
- URSOPROTEK qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- URSOPROTEKning tarkibi
- URSOPROTEK ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- URSOPROTEK narxi Toshkent dorixonalarida

URSOPROTEK haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Mahsulotning tarkibiy  qismlariga individual yuqori sezgirlik, 12 yoshgacha bo'lgan  bolalar, xomilador va yemizikli ayollar.

Farmakodinamikasi

Rastoropsha flavonoidlari, fenol birikmalari, yog' va efir moylari, slizlar, saponinlar, vitaminlar (A, V, C, D, Ye, F, K guruh), makro - va mikroelementlar (selen, kaliy, bor, yod, kaltsiy, magniy, xrom, marganets, rux, temir, mis), organik kislotalar saqlaydi va ular birgalikda hujayralar va jigar to'qimalarining membranalarini  regeniratsiyasida, erkin radikallar va zararli moddalarni zararsizlantirish jarayonida xamda xolesterinning ortiqchasini safro bilan  chiqib ketishida ishtirok etadi. Ular gormonlar, fermentlar va antitelalar sintezida qatnashadilar, yallig'lanish omillari va allergiyani kamaytiradi, organizmning himoya potentsialini oshiradilar.

Ursodedezoksixol kislotasi jigar xujayralari tomonidan ishlab chiqariladi va uning noyob - xolesterin bilan eruvchan komplekslarni hosil qilish qobiliyati tufayli safro miqdori  kamayadi va toshlar hosil bo'lishining oldi olinadi. Ichakda xolesterinning so'rilishini sezilarli darajada kamaytiradi. Jigar hujayralari membranalariga qo'shilish qobiliyati tufayli ursodedezoksixol kislotasi zararli moddalar ta'siriga chidamlilikni oshiradi.

Rastoropshaning biologik faol birikmalari bilan ursodedezoksixol kislotasi  birgalikda antioksidant ta'sir ko'rinishida biokimyoviy jarayonlarga qo'shiladi,  oqsillar va lipidlar almashinuvini, safroni hosil bo'lishini yaxshilaydi, jigar hujayralari membranasi va immunitet tizimini mustahkamlaydi, kapillyar devorlarining elastikligi va mustahkamligini oshiradi.

Ichakdagi foydali bakteriyalarning rivojlanishi rag'batlantiradi va shu bilan oshqozon-ichak traktining normal fiziologik vazifasini  ta'minlaydi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Dori vositasi emas!

Preparat qo'llanishdan avval mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun ovqat bilan birga kuniga 1 kapsuladan. Qabul qilish muddati -1 oy. 3 oygacha foydalanishga ruxsat berilgan.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. URSOPROTEK preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

URSOPROTEK haqida savollar

URSOPROTEK haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil