URSOPROTEK kapsulalar 250mg N30

URSOPROTEK kapsulalar 250mg N30 qo'llanmasi
Faol moddalar:
Rastoropsha ekstrakti - 150 mg
Ursodezoksaxolat kislotasi – 80 mg
Yordamchi moddalar:
makajo'xori kraxmali
magniy stearat
kremniy dioksid
Ishlab chiqarilish shakli:
Kapsula
Rastoropsha flavonoidlari, fenol birikmalari, yog' va efir moylari, slizlar, saponinlar, vitaminlar (A, V, C, D, Ye, F, K guruh), makro - va mikroelementlar (selen, kaliy, bor, yod, kaltsiy, magniy, xrom, marganets, rux, temir, mis), organik kislotalar saqlaydi va ular birgalikda hujayralar va jigar to'qimalarining membranalarini regeniratsiyasida, erkin radikallar va zararli moddalarni zararsizlantirish jarayonida xamda xolesterinning ortiqchasini safro bilan chiqib ketishida ishtirok etadi. Ular gormonlar, fermentlar va antitelalar sintezida qatnashadilar, yallig'lanish omillari va allergiyani kamaytiradi, organizmning himoya potentsialini oshiradilar.
Ursodedezoksixol kislotasi jigar xujayralari tomonidan ishlab chiqariladi va uning noyob - xolesterin bilan eruvchan komplekslarni hosil qilish qobiliyati tufayli safro miqdori kamayadi va toshlar hosil bo'lishining oldi olinadi. Ichakda xolesterinning so'rilishini sezilarli darajada kamaytiradi. Jigar hujayralari membranalariga qo'shilish qobiliyati tufayli ursodedezoksixol kislotasi zararli moddalar ta'siriga chidamlilikni oshiradi.
Rastoropshaning biologik faol birikmalari bilan ursodedezoksixol kislotasi birgalikda antioksidant ta'sir ko'rinishida biokimyoviy jarayonlarga qo'shiladi, oqsillar va lipidlar almashinuvini, safroni hosil bo'lishini yaxshilaydi, jigar hujayralari membranasi va immunitet tizimini mustahkamlaydi, kapillyar devorlarining elastikligi va mustahkamligini oshiradi.
Ichakdagi foydali bakteriyalarning rivojlanishi rag'batlantiradi va shu bilan oshqozon-ichak traktining normal fiziologik vazifasini ta'minlaydi.
Bugungi kungacha preparatning nojo'ya ta'siri aniqlanmagan. Agar odatiy bo'lmagan hislar paydo bo'lsa, foydalanishni to'xtatib, shifokor bilan maslahatlash lozim.
Dori vositasi emas!
Preparat qo'llanishdan avval mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Ursoprotek organizmdagi metabolik jarayonlarga, va birinchi navbatda jigar, safro yo'llari va peshob qovug'ida murakkab ijobiy ta'sirni ta'minlash uchun zarur bo'lgan mikro-va makro-elementlar va vitaminlar manbai.
Ishtaxa va ovqat xazmini yaxshilash, ichakning foydali mikroflorasini rivojlantirish va o't yo'llari, ichakda hosil bo'lishi mumkin bo'lgan og'riqli spastik xolatlarning oldini olish uchun foydalaniladi.
Ichakni toksinlardan tozalashga yordam beradi, organizmning kuchi va qarshiligini noqulay omillar ta'siriga chidamliligini oshiradi. Bundan tashqari, charchoqni kamaytirish va ishlash samaradorlikni oshirish va tananing umumiy chidamliligini oshirish uchun tavsiya etiladi.
Mahsulotning tarkibiy qismlariga individual yuqori sezgirlik, 12 yoshgacha bo'lgan bolalar, xomilador va yemizikli ayollar.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun ovqat bilan birga kuniga 1 kapsuladan. Qabul qilish muddati -1 oy. 3 oygacha foydalanishga ruxsat berilgan.



