Askojel
Askojel chiqarilish shakllari
Askojel haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibidagi moddalarga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik.
Farmakodinamikasi
Na’matak ekstrakti S, R, K vitaminlar, katexin, karatinoidlari, flavanoidlar, efir moylari, qand, makro- va mikroelementlarga boy.
Vitamin S bilan kompleksda organizm uchun kerak bo‘lgan keng spektrli fiziologik funktsiyalar, nospesifik immunitetning shakllanishi va hujayralarning antioksidant himoyasi va organizmning ko‘nikma hosil qilishida ishtirok etadi. Muhim oksidlanish-qaytarilish jarayonida ishtirok etadi, garmonlar sintezida, regenerasiyani stimullaydi, kollagen sintezi va boshqa hujayralararo organik kompanentlarni tish moddalarini, suyak va endoteliy kapilyarlarini, temir moddasi so‘rilishini nazorat qiladi.
Temir organizm uchun eng muhim moddalardan bo‘lib to‘qimalarni kislorod bilan ta’minlaydi, gemoglabinning, mioglobinning va bir qancha fermentlarning tarkibiga kiradi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Dori vositasi emas!
Qo‘llashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish lozim.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Ovqat vaqti yoki ovqatdan keyin qo‘llaniladi. Mevali yoki sabzavotli sharbatlar yoki bolalar ozuqasi bilan aralashtirib iste‘mol qilish mumkin. 1 ml (20 tomchi) 40,0 g elementar temir saqlaydi, 1 tomchida – 2,0 mg elementar temir mavjud.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 5 tomchidan sutkada 1 maxal; 12 yoshdan katta bo‘lgan bolalar va kattalar: 6 tomchidan sutkada 1 maxal.
Qabul qilish davomiyligi 3-5 oyni tashkil etadi. Zarur bo‘lganida kurs qaytarilishi mumkin.
Homiladorlar uchun dozalash rejimi va kurs davomiyligi mutaxassis tomonidan belgilanadi
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













