Ursula
Ursula chiqarilish shakllari
Ursula haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
O't pufagi va o't yo'llarining o'tkir yallig'lanish kasalliklari, qon tomir va parenximal dekompensatsiya va /yoki ifodalangan faollik bosqichidagi jigar tsirrozi, NYaK, Kron kasalligi, buyrak funktsiyasining og'ir buzilishlari, ursodezoksixolat kislotasiga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas
Farmakodinamikasi
Safro toshlarini eritish uchun va gepatoprotektor vosita, safro haydovchi ta'sir ko'rsatadi. Jigarda xolesterin sintezini, uning ichakda so'rilishini va safroda kontsentratsiyasini kamaytiradi, safro haydovchi tizimda xolesterinning eruvchanligini oshiradi, safro hosil bo'lishi va ajralishini rag'batlantiradi. Safro litogenligini kamaytiradi, undagi o't kislotalari miqdorini oshiradi; me'da va me'da osti bezi sekretsiyasining oshishiga sabab bo'ladi, lipaza faolligini oshiradi, gipoglikemik ta'sir ko'rsatadi. Enteral qo'llaganda xolesterin toshlarni qisman yoki to'liq erishiga olib keladi, o'tning xolesterin bilan to'yinganligini kamaytiradi, bu esa o't toshlaridan xolesterinni ajralishiga yordam beradi. Immunomodulyator ta'sir ko'rsatadi, jigarda immunologik reaktsiyalarga ta'sir qiladi: gepatotsitlar membranasida ayrim antigenlarning ekspressiyasini kamaytiradi; T-limfotsitlar soniga, IL-2 hosil bo'lishiga ta'sir qiladi, eozinofillar sonini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilgandan keyin UDXK ingichka ichakda va ko'tariluvchi ichakning proksimal qismida passiv diffuziya yo'li bilan, ko'tariluvchi ichakning distlab qismida esa – faol transport evaziga so'riladi. Qabul qilingan hajmning taxminan 60-80% so'riladi. So'rilgandan keyin UDXK jigarda glitsin va taurin bilan deyarli butunlay kon'yugatsiyaga uchraydi va safro bilan chiqariladi. Jigar orqali birinchi o'tish davrida 60% gacha metabolizmga uchraydi.
UDXK sutkalik doza, kasallik turi va jigar holatiga qarab, safroda ko'p yoki kam miqdorda to'planadi. Shu bilan birga boshqa, ko'proq lipofil o't kislotalari tarkibida nisbiy pasayish kuzatiladi.
Ichak bakteriyalari ta'sirida UDXK 7-keto-litoxol va litoxol kislotasi hosil bo'lishi bilan qisman parchalanadi. Litoxol kislotasi gepatotoksik; hayvonlarning ba'zi turlarida jigar parenximasiga zarar keltiradi. Inson organizmida u faqat oz miqdorda so'riladi. Moddalar almashinuvi jarayonida jigarda sulfatlanadi, shu tufayli u o'tga chiqarilishidan oldin zararsizlantiriladi va najas bilan organizmdan chiqariladi. UDXK ning yarim chiqarilish davri 3.5 dan 5.8 kungacha.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: diareya. Odatda, dozani oshirib yuborilishning boshqa belgilari ehtimoli kam, chunki dozalar ortib borishi bilan UDXK ning so'rilishi kamayadi va muvofiq uning katta miqdori axlat bilan chiqariladi.
Davolash: suyuqlik hajmini to'ldirish va elektrolit muvozanatini tiklashga qaratilgan simptomatik. Doza oshirib yuborilagan taqdirda maxsus chora-tadbirlarni qo'llashga hojat yo'q.
Maxsus ko‘rsatmalari
Ursodezoksixolat kislotasi yordamida litolizisni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak: toshlar faqat xolesterinli bo'lishi kerak, ya'ni rentgen nuriga soya bermasligi kerak; toshlarning o'lchami 15-20 mm dan oshmasligi kerak; o't pufagi o'z vazifasini to'liq saqlab turishi kerak; o't pufagi yarmidan ko'p bo'lmagan holda toshlar bilan to'lgan bo'lishi kerak; pufak yo'lining o'tkazuvchanligi saqlanishi kerak; umumiy o't yo'li toshlardan holi bo'lish kerak.
Davolashning dastlabki 3 oyida o't toshlarini eritish uchun ursodezoksixolat kislotasidan foydalanilganda har 4 haftada jigar transaminazalari faoliyatini aniqlash kerak. Keyinchalik ushbu tekshiruvlar 3 oy intervalda amalga oshirilishi mumkin.
Davolash samaradorligini nazorat qilish uchun har 6 oyda o't yo'llarining rentgen va ul'tratovush tekshiruvini o'tkazish tavsiya etiladi.
Xolelitiyazning qaytalanishini oldini olish uchun, o't toshlari eritilganidan keyin davolanishni yana bir necha oy davomida davom ettirish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi
Ursodezoksixolat kislotasi homiladorlik davrida ishlatilmasligi kerak.
Ursodezoksixolat kislotasi bilan davolash paytida tug'ish yoshidagi ayollarga gormonal bo'lmagan kontratseptiv vositalar yoki kam miqdordagi estrogen tarkibli kontratseptivlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Ursodezoksixolat kislotasining ona sutiga chiqarilishi ma'lum emas.
Jigar funktsiyasi buzilgandaqo'llanishi
Qon tomir va parenximal dekompensatsiya va/yoki ifodalangan faollik bosqichidagi jigar tsirrozida tavsiya etilmaydi.
Buyrak funktsiyasi buzilganda qo'llanishi
Buyrak fukntsiyasining og'ir buzilishlarida tavsiya etilmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Tsiklosporin bilan bir vaqtda qo'llanilganda so'rilish bevosita ortadi va tsiklosporinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi ortadi.
Ursodezoksixolat kislotasini qabul qilgan patsientning qon plazmasida tsiprofloksatsin kontsentratsiyasini kamayish holati tasvirlangan.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Dozalash tartibi alohida belgilanadi. Odatda 10 mg/kg/sutkagacha dozada ishlatiladi. Kundalik doz kechqurun bir marta ichiladi. Davolash muddati ko'rsatmalarga bog'liq.
Preparat ichga qabul qilinadi.
Preparatni qabul qilishdan oldin, suspenziya bir xil massada bo'lish uchun, flakon bir necha marta silkitilsin. Preparatni suv bilan ichish mumkin.
Preparatni har kuni kechqurun, uyqudan oldin, oz miqdorda suyuqlik bilan ichish kerak.
Davolash muddati - 6-24 oy. Agar 12 oylik davolanishdan keyin toshlarning o'lchami kamaymasa, davolashni to'xtatish kerak. Takroriy xolelitiazning oldini olish uchun preparatni toshlar erigandan keyin bir necha oy davomida ichish tavsiya etiladi.
Davolash samaradorligi har 6 oyda UTT yoki rentgenografiya orqali baholanishi kerak. Muvaqqat so'rov davomida o'tgan davr mobaynida toshlarni kalkulatsiya qilish yuz bergan-bermaganligini baholash zarur. Toshlarni kal'tsifikatsiyalash holatida davolanish to'xtatilishi kerak.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)

















