Ташкент
logo
SavatKirish

URSULA suspenziya 5 ml 250 mg/5 ml N40

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:

Safro toshlarini eritish uchun vosita

Ishlab chiqaruvchi:Jurabek Laboratories, SP OOO
ATX kodi:A05AA02
Barcha Ursula dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

URSULA suspenziya 5 ml 250 mg/5 ml N40 o'xshash dorilari

ODESTON tabletkalari 200mg N50
Retseptsiz
ODESTON tabletkalari 200mg N50
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed S.A.
•130 ta dorixonada bor
Narxi
139 000 so'm dan
ESSENSIALE N eritma 250mg/5ml 5ml N5
Retseptli
ESSENSIALE N eritma 250mg/5ml 5ml N5
Ispaniya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi Aventis Grup, Fransiya proizvedeno: Famar Xels Kea Servisiz Madrid, S.A.U.
Narxi
176 000 so'm dan
BONDJIGAR kapsulalar  N20
Retseptsiz
BONDJIGAR kapsulalar N20
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (Pvt) Ltd
Narxi
23 500 so'm dan
Narxi
23 000 so'm dan

URSULA suspenziya 5 ml 250 mg/5 ml N40 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:

Faol modda: Ursodezoksixolat kislotasi 250 mg

Yordamchi moddalar: natriy benzoati, ksilitol, neotam, simetikon, limon kislotasi, natriy tsitrati digidrati, natriy xloridi, glitserin, ksantan yelimi, banan aromatizatori, 5 ml gacha in'ektsiya uchun suv.

Сhiqarilish shakli 

5 ml dan polietilen yoki polipropilen yunidozlarda (ampulalar). 



Farmakodinamikasi

Safro toshlarini eritish uchun va gepatoprotektor vosita, safro haydovchi ta'sir ko'rsatadi. Jigarda xolesterin sintezini, uning ichakda so'rilishini va safroda kontsentratsiyasini kamaytiradi, safro haydovchi tizimda xolesterinning eruvchanligini oshiradi, safro hosil bo'lishi va ajralishini rag'batlantiradi. Safro litogenligini kamaytiradi, undagi o't kislotalari miqdorini oshiradi; me'da va me'da osti bezi sekretsiyasining oshishiga sabab bo'ladi, lipaza faolligini oshiradi, gipoglikemik ta'sir ko'rsatadi. Enteral qo'llaganda xolesterin toshlarni qisman yoki to'liq erishiga olib keladi, o'tning xolesterin bilan to'yinganligini kamaytiradi, bu esa o't toshlaridan xolesterinni ajralishiga yordam beradi. Immunomodulyator ta'sir ko'rsatadi, jigarda immunologik reaktsiyalarga ta'sir qiladi: gepatotsitlar membranasida ayrim antigenlarning ekspressiyasini kamaytiradi; T-limfotsitlar soniga, IL-2 hosil bo'lishiga ta'sir qiladi, eozinofillar sonini kamaytiradi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilgandan keyin UDXK ingichka ichakda va ko'tariluvchi ichakning proksimal qismida passiv diffuziya yo'li bilan, ko'tariluvchi ichakning distlab qismida esa – faol transport evaziga so'riladi. Qabul qilingan hajmning taxminan 60-80% so'riladi. So'rilgandan keyin UDXK jigarda glitsin va taurin bilan deyarli butunlay kon'yugatsiyaga uchraydi va safro bilan chiqariladi. Jigar orqali birinchi o'tish davrida 60% gacha metabolizmga uchraydi.

UDXK sutkalik doza, kasallik turi va jigar holatiga qarab, safroda ko'p yoki kam miqdorda to'planadi. Shu bilan birga boshqa, ko'proq lipofil o't kislotalari tarkibida nisbiy pasayish kuzatiladi.

Ichak bakteriyalari ta'sirida UDXK 7-keto-litoxol va litoxol kislotasi hosil bo'lishi bilan qisman parchalanadi. Litoxol kislotasi gepatotoksik; hayvonlarning ba'zi turlarida jigar parenximasiga zarar keltiradi. Inson organizmida u faqat oz miqdorda so'riladi. Moddalar almashinuvi jarayonida jigarda sulfatlanadi, shu tufayli u o'tga chiqarilishidan oldin zararsizlantiriladi va najas bilan organizmdan chiqariladi. UDXK ning yarim chiqarilish davri 3.5 dan 5.8 kungacha.


Farmakoterapevtik guruh

Safro toshlarini eritish uchun vosita

Dori shakli

Ichish uchun suspenziya

Nojo'ya samaralari

Mumkin: jigar transaminazalari faolligining vaqtinchalik ortishi, terining qichishi, allergik reaktsiyalar.

Kam hollarda: diareya, o't toshlarining kal'tsifikatsiyasi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Ursodezoksixolat kislotasi yordamida litolizisni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak: toshlar faqat xolesterinli bo'lishi kerak, ya'ni rentgen nuriga soya bermasligi kerak; toshlarning o'lchami 15-20 mm dan oshmasligi kerak; o't pufagi o'z vazifasini to'liq saqlab turishi kerak; o't pufagi yarmidan ko'p bo'lmagan holda toshlar bilan to'lgan bo'lishi kerak; pufak yo'lining o'tkazuvchanligi saqlanishi kerak; umumiy o't yo'li toshlardan holi bo'lish kerak.

Davolashning dastlabki 3 oyida o't toshlarini eritish uchun ursodezoksixolat kislotasidan foydalanilganda har 4 haftada jigar transaminazalari faoliyatini aniqlash kerak. Keyinchalik ushbu tekshiruvlar 3 oy intervalda amalga oshirilishi mumkin.

Davolash samaradorligini nazorat qilish uchun har 6 oyda o't yo'llarining rentgen va ul'tratovush tekshiruvini o'tkazish tavsiya etiladi.

Xolelitiyazning qaytalanishini oldini olish uchun, o't toshlari eritilganidan keyin davolanishni yana bir necha oy davomida davom ettirish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi

Ursodezoksixolat kislotasi homiladorlik davrida ishlatilmasligi kerak.

Ursodezoksixolat kislotasi bilan davolash paytida tug'ish yoshidagi ayollarga gormonal bo'lmagan kontratseptiv vositalar yoki kam miqdordagi estrogen tarkibli kontratseptivlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Ursodezoksixolat kislotasining ona sutiga chiqarilishi ma'lum emas.

Jigar funktsiyasi buzilgandaqo'llanishi

Qon tomir va parenximal dekompensatsiya va/yoki ifodalangan faollik bosqichidagi jigar tsirrozida tavsiya etilmaydi.

Buyrak funktsiyasi buzilganda qo'llanishi

Buyrak fukntsiyasining og'ir buzilishlarida tavsiya etilmaydi. 

Qo'llanilishi

O't pufagida xolesterin safro toshlarini eritish;

biliar reflyuks-gastrit;

dekompensatsiya belgilari bo'lmagandagi birlamchi biliar tsirroz (simptomatik davolash);

turli etiologiyali surunkali gepatit;

birlamchi sklerozlanuvchi  xolangit;

kistali fibroz (mukovitsidoz) - majmuaviy davolash tarkibida;

alkogolsiz steatogepatit;

jigarning alkogolli kasalligi;

o't haydovchi yo'llarning diskineziyasida qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

O't pufagi va o't yo'llarining o'tkir yallig'lanish kasalliklari, qon tomir va parenximal dekompensatsiya va /yoki ifodalangan faollik bosqichidagi jigar tsirrozi, NYaK, Kron kasalligi, buyrak funktsiyasining og'ir buzilishlari, ursodezoksixolat kislotasiga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Tsiklosporin bilan bir vaqtda qo'llanilganda so'rilish bevosita ortadi va tsiklosporinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi ortadi.

Ursodezoksixolat kislotasini qabul qilgan patsientning qon plazmasida tsiprofloksatsin kontsentratsiyasini kamayish holati tasvirlangan.

Ta'rifi

Bir xil tarqalgan zarrachalar bilan oq rangli suspenziya

Dozirovkasi

Dozalash tartibi alohida belgilanadi. Odatda 10 mg/kg/sutkagacha dozada ishlatiladi. Kundalik doz kechqurun bir marta ichiladi. Davolash muddati ko'rsatmalarga bog'liq.

Preparat ichga qabul qilinadi.

Preparatni qabul qilishdan oldin, suspenziya bir xil massada bo'lish uchun, flakon bir necha marta silkitilsin. Preparatni suv bilan ichish mumkin.

Preparatni har kuni kechqurun, uyqudan oldin, oz miqdorda suyuqlik bilan ichish kerak.

Davolash muddati - 6-24 oy. Agar 12 oylik davolanishdan keyin toshlarning o'lchami kamaymasa, davolashni to'xtatish kerak. Takroriy xolelitiazning oldini olish uchun preparatni toshlar erigandan keyin bir necha oy davomida ichish tavsiya etiladi.

Davolash samaradorligi har 6 oyda UTT yoki rentgenografiya orqali baholanishi kerak. Muvaqqat so'rov davomida o'tgan davr mobaynida toshlarni kalkulatsiya qilish yuz bergan-bermaganligini baholash zarur. Toshlarni kal'tsifikatsiyalash holatida davolanish to'xtatilishi kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: diareya. Odatda, dozani oshirib yuborilishning boshqa belgilari ehtimoli kam, chunki dozalar ortib borishi bilan UDXK ning so'rilishi kamayadi va muvofiq  uning katta miqdori axlat bilan  chiqariladi.

Davolash: suyuqlik hajmini to'ldirish va elektrolit muvozanatini tiklashga qaratilgan simptomatik. Doza oshirib yuborilagan taqdirda maxsus chora-tadbirlarni qo'llashga hojat yo'q.

URSULA suspenziya 5 ml 250 mg/5 ml N40 boshqa chiqarish shakllari

URSULA suspenziya 5 ml 250 mg/5 ml N20
URSULA suspenziya 5 ml 250 mg/5 ml N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories, SP OOO
URSULA suspenziya 5 ml 250 mg/5 ml N50
URSULA suspenziya 5 ml 250 mg/5 ml N50
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories, SP OOO
URSULA suspenziya 5 ml 250 mg/5 ml N10
URSULA suspenziya 5 ml 250 mg/5 ml N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories, SP OOO
URSULA suspenziya 5 ml 250 mg/5 ml N30
URSULA suspenziya 5 ml 250 mg/5 ml N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories, SP OOO
Analoglar URSULA suspenziya 5 ml 250 mg/5 ml N40
Analoglari yo'q

URSULA suspenziya 5 ml 250 mg/5 ml N40 savollari

URSULA suspenziya 5 ml 250 mg/5 ml N40 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil