Veno-ritz ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
VENO-Ritz
VENO-Ritz
Preparatning savdo nomi: VENO-Ritz
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): diosmin. gesperidin.
Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
Preparatning qobiq bilan qoplangan bir tabletkasi quyidagilarni saqlaydi:
aaol moddalar: 450 mg diosmin, 50 mg gesperidon;
yordamchi moddalar: gidroksipropilsellyuloza, kollidon 30, natriy kraxmal glikolyati, magniy stearati.
Ta‘rifi: dumaloq, ikki yoqlama qavariq, pushti rangli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: venalar tonusini oshiruvchi va angioprotektor vosita
ATX kodi: S05SA53.
Farmakologik xususiyatlari
VENO-Ritz o‘simlikdan olinadigan majmuaviy preparat.
VENO-Ritz komponentlari bo‘lgan bioflavonoidlar venalarni tonuslovchi va angioprotektor ta‘sir ko‘rsatadi.
Diosmin va gesperidinning kombinasiyasi venalarning cho‘ziluvchanligini kamaytiradi, ularning tonusini oshiradi va venoz dimlanishni kamaytiradi. Kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini pasaytiradi va ularning rezistentligini oshiradi, mikrosirkulyasiya va limfatik drenajni yaxshilaydi.
Qo‘llanilishi
– oyoqlarda og‘irlik va charchoqlik hissi, shish, og‘riqlar, trofik buzilishlar, tungi tirishishlar bilan birga kechuvchi oyoqlarning funksional va organik tabiatli surunkali venoz yetishmovchiligini davolash;
– venalarning varikoz kengayishidagi og‘riq va shish sindromlarini yengillashtirish;
– surunkali gemorroy va o‘tkir gemorroidal xudujlarining funksional simptomlarini yengillashtirish.
Gemorroy zo‘rayganida VENO-Ritz ni qo‘llash anorektal sohaning kasalliklarini spesifik davolash o‘rnini bosmaydi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Venoz yetishmovchiligida tavsiya qilinadigan doza – kuniga 2 tabletka; 1 tabletka peshinda va 1 tabletka kechqurun ovqatlanish vaqtida.
2 hafta davolash kursidan keyin oyoqlarning organik va funksional tabiatli surunkali venoz yetishmovchiligining klinik simptomalarini kamayishi aniqlanadi. Shishlar va boshqa simptomlar butunlay yo‘qolgunicha preparat qabul qilishni davom ettirish tavsiya qilinadi. VENO-Ritz muntazam qabul qilinganida surunkali venoz yetishmovchiligida trofik buzilishlar va varikoz yaralarni rivojlanish xavfini kamaytiradi. Gemorroyning o‘tkir xurujini majmuaviy davolashda kuniga 6 tabletkadan 4 kun davomida, so‘ngra kuniga 4 tabletkadan keyingi 3 kun davomida buyuriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar va neyro-vegetativ buzilishlar bo‘lishi mumkin, ular davolashni bekor qilishni talab qilmaydi va preparat bilan davolash kursi tamom bo‘lganidan keyin tez yo‘qoladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
– preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
VENO-Ritz preparatining dorilar bilan o‘zaro ta‘siri ta‘riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat buyurilganida, venoz qon aylanishini buzilishlari bo‘lgan pasientlarga, uzoq muddat quyoshda bo‘lmaslik, tana vaznini pasaytirish va qon aylanishini yaxshilovchi maxsus paypoq kiyish kerakligi haqida ko‘rsatma berish kerak.
Homiladorlik va laktasiya
Homiladorlik vaqtida preparatning xavfsizligi aniqlanmagan. Laktasiya davrida preparatni buyurish tavsiya qilinmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparat avtotransportni haydash va psixomotor reaksiyalarning yuqori tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishining simptomlari ta‘riflanmagan.
Chiqarilish shakli
O‘ramda 30 tabletka
Saqlash sharoiti
15-250S haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz
Chiqarish shakllari